4. Baholash.
O’quvchilar darsda qatnashishlariga qarab baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarga qo’yiladi.
5. Uyga vazifa:
Mavzu yuzasidan 10 tadan test tuzib kelish.
Dars yakunlanadi.
2.2. Kondensatorlarni parallel va ketma-ket ulash mavzusini zamonaviy pedagogik va innivatsion texnologiyalar asosida o’qitish metodikasi
Umumiy o’rta ta’lim maktablari fizika kursida „Kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash“ mavzusida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan bir soatlik dars ishlanmasi
Darsning maqsadi:
a) o’quvchilarga kondensatorlar haqida tushuncha berish,
b) aqliy tarbiya berish;
d) ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi: o’zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o’zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o’z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: yangi bilim berish
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Muammoli vaziyatni o’rganish» interfaol metodi
Dars jihozlari: slayd, electron darslik, kodoskop
Tayanch so’zlar: kondensator, kondensator qoplamalari, elektr sig’imi
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (3 minut).
2. O’tilganlarni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5.O’quvchilarni baholash(4 minut)
6.Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism.
2. O’tilgan mavzuni eslash.
1. Elektr zaryadlarining o’zaro ta’sirlashish qonunini kim va qachon kashf etgan?
2.Buralma tarozi yordamida elektr zaryadlarining o’zaro ta’sir kuchi qanday aniqlanadi?
3.Elektr zaryadlarining o’zaro ta’sir kuchi formulasi qanday ifodalanadi?
4.Kulon qonunini ta’riflab bering.
5.15- rasmda tasvirlangan zaryadlarning o’zaro ta’sirini tahlil qiling.
6.Elektr zaryadi birligini aytib bering. Elementar zaryad nimaga teng?
3. Yangi mavzuning bayoni.
Kondensator va uning elektr sig’imi
Elektrotexnikada ko’p miqdordagi elektr zaryadlarini bir joyda to’plash muliim ahamiyatga ega.
Elektr zaryadlarini to’plash uchun mo’ljallangan asbob kondensator deb ataladi. Kondensator radio, televizor, magnitofon, kompyuter kabi elektrotexnik jihozlarning muhim elementi hisoblanadi. Amalda o’tkazgichlari yassi shaklda bo’lgan kondensatorlar ko’p qo’llaniladi. Bunday kondensatorlar yassi kondensatorlar deyiladi. Yassi kondensator o’zaro parallel bo’lgan ikkita yassi o’tkazgichdan iborat. Bu yassi o’tkaz-gichlar kondensator qoplamalari deyiladi. Qoplamalar qarama-qarslii ishorali zaryadlar bilan zaryadlanadi (darslikda 20- rasm). Kondensatorning ikki qoplamasida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to’planadi.
Kondensatorni tavsiflaydigan asosiy fizik kattalik uning elektr sig’imidir. Xalqaro birliklar sistemasida elektr sig’imining birligi qilib, ingliz fizigi Maykl Faradey sharafiga farad (F) qabul qilingan. 1 farad juda katta birlik bo’lgani uchun amalda uning ulushlari bo’lgan mikrofarad (|aF) va pikofarad (pF) ko’proq qo’llaniladi.
Yassi kondensator qoplamasining yuzasi S qancha katta bo’lsa, unda shuncha ko’p zaryadlarni to’plash imkoniyati bo’ladi. Qoplamalari orasidagi masofa d qancha kicliik bo’lsa, kondensatorda shuncha ko’p zaryadlarni to’plash mumkin. Bu demakki, yassi kondensatorning sig’imi qoplamalari yuzasiga to’g’ri proporsional, qoplamalari orasidagi masofaga teskari proporsionaldir, ya’ni:
С=EE0S/d
bunda: E0= 8,85-10 12 C2/N*m2 - elektr doimiysi, s-qoplamalar orasidagi moddaning dielektrik singdiruvchanligi, masalan, havo uchun E= 1, slyuda uchun E = 6, shisha uchun E = 7.
21- rasmda eng sodda yassi kondensator tasvirlangan.
Elektrotexnikada qo’llaniladigan kondensatorlar katta miqdorda zaryadlarni to’plashga mo’ljallangan. 22- rasmda shunday kondensatorlardan bin tasvirlangan. Bunda ikkita o’tkazuvchi o’zakning har biriga elektr o’tkazuvchi yupqa aluminiy material (staniol)ning bir uclii birik- tiriladi. Staniol qavatlari orasiga parafmlangan qog’oz qo’yib ustma-ust o’raladi. Parafmlangan qog’oz dielektrik vazifasini o’taydi.
Staniol qavatlariga biriktirilgan o’zaklardan biriga musbat, ikkinchisiga manfiy zaryad beriladi. Natijada staniolning birinchi, uchinchi, beshinchi va hokazo toq sonli qavatlarida musbat zaryadli, ikkinclii, to’rtinchi, oltinchi va hokazo juft sonli qavatlarida manfiy zaryadli zarrachalar to’planadi.
Elektrotexnikada turli xil kondensatorlar qo’llaniladi. Ulardan ayrimlari darslikdagi 23- a rasmda tasvirlangan. Elektr zanjirga ulangan kondensator sxemada 23- b rasmda ko’rsatilgandek belgilanadi.
Elektrotexnik jihozlarda o’zgaruvchan sig’imli kondensatorlardan ham foydalaniladi. Bunday kondensator- larning islilash prinsipi qoplamalar bir-biriga nisbatan siljishiga asoslangan. Kondensator navbatma-navbat oralatib joylashtirilgan qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan metall qoplamalardan iborat bo’lib, qo’zg’aluvchan qoplamalar muruvvatga biriktirilgan. Muruvvat buralganda kondensatorning qo’zg’aluvchan qoplamalari qo’zg’almas qoplamalariga nisbatan siljiydi va qoplamalarning ustma-ust tushgan yuzalari o’zgaradi. Natijada kondensatorning sig’imi o’zgarib boradi.
Radioni tegishli to’lqinga sozlashda muruvvati buralib, o’zgaruvchan kondensatorining sig’imi o’zgar- tirib boriladi.
Kondensatorlarni parallel va ketma-ket ulash
Elektr zanjirlarda kondensatorlar sig’imini oshirish yoki kamaytirish zarurati bo’ladi. Buning uchun kondensatorlarni parallel yoki ketma-ket ulash mumkin. Kondensatorlar parallel ulanganda umumiy elektr sig’imi alohida kondensatorlar sig’imlarining yig’indisiga teng.
Ya’ni:
(2) C = C, + C, + C,
Kondensatorlarni o’zaro parallel ulash uchun ularning musbat zaryadli qoplamalari musbat zaryadli qoplamalari bilan, manfiy zaryadli qoplamalari manfiy zaryadli qoplamalari bilan ulanadi (24- rasm). Kondensatorlar ketma-ket ulanganda umumiy elektr sig’imining teskari miqdori har bir kondensator sig’imining teskari miqdorlari yig’indisiga teng.
Kondensatorlarni ketma-ket ulashda bir-biriga ulangan qoplamalari qarama-qarshi ishorali bo’lishi kerak.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash
1. Kondensatorning vazifasi nimadan iborat?
2. Kondensatorning elektr sig’imini qanday ifodalash mumkin?
3. Yassi kondensatorning sig’imi o’lchamlari orqali qanday ifodalanadi?
3. 21- va 22- rasmlarda tasvirlangan kondensatorlarning tuzilishini tushuntirib bering.
4. Kondensatorlarning qanday xillarini bilasiz?
5. O’zgaruvchan sig’imli kondensatorning ishlash prinsipini tushuntirib bering.
6. Kondensatorlar parallel ulanganda umumiy sig’im qanday aniqlanadi? Ular qay tarzda parallel ulanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |