3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz
ta’lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining
samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi
doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg‘or, demokratik hamda
insonparvar g‘oyalarga tayangan hamda yangicha mazmunga ega bo‘lgan ta’lim
jarayonini tashkil etishda muhim o‘rin tutadi.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida oliy
ta’lim tizimida ham izlanishlarning tashkil etilayotganligi alohida e’tiborga
molikdir. Zero, oliy ta’lim tizimi ijtimoiy zaruriyat sifatida namoyon bo‘layotgan
malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Oliy o‘quv
yurtlarida turli yo‘nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlash davrning o‘ta muhim
talabi bo‘lib, bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish alohida dolzarblik kasb
etadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni
tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to‘la ochib berilgan. Malakali
kadrlarni tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali
tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi
darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi ta’lim va tarbiya tizimida tub
o‘zgarishlar yasashni taqozo qiladi.
Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Aslida ta’lim-
tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi va poyoni yo‘q. Toki hayot davom etar
ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga
ko‘ra muttasil ravishda o‘zgarib-yangilanib boraveradi”[1.16. b].
Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib, astronomiya kursining mazmuni va
tuzilishini ilmiy jihatdan aniqlab berish, o‘rta maxsus ta’lim bosqichida
4
astronomiyaning yakunlovchi mavzusi bo‘lgan koinot va uning katta masshtabdagi
tuzilishini mazmunini o‘qitishni takomillashtirish lozimligi muammoning
dolzarbligini ko‘rsatadi.
Muammoning muhim jihati bugungi kunga qadar erishilgan ilmiy pedagogik
salohiyatni, pedagogika fani olamida erishilgan yutuqlarni yangi sharoitlarda ijodiy
qo‘llash imkonini yaratish hisoblanadi. Demak, ilmiy va texnikaviy rivojlanish
bosqichida barcha fanlarni, jumladan astronomiyadan erishilayotgan yutuqlarni
inobatga olgan holda ta’lim tizimida astronomiya o‘qitish samaradorligini oshirish
yo‘llarini izlash, uni amalda joriy etish, astronomiya o‘qitish nazariyasi va
uslubiyatining dolzarb muammosi. O’rta maxsus ta’lim muassasasi hamda
uzviylikni ta’minlagan holda oliy ta’limda astronomiya ta’limi samaradorligini
tadqiq etish jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Ta’lim to‘g‘risidagi»gi
qonun va Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’lon qilingan bir qator qaror va
ko‘rsatmalar, shuningdek, astronomiya o‘qitish uslubiyatining bugungi kunda
erishgan yutuqlari mavzuning yoritilishi uchun asos qilib olindi va ulardan keng
foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: