Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/51
Sana13.05.2020
Hajmi1,84 Mb.
#51052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Коинотнинг катта улчамли тузилиши

 

 

 

 

 


 



KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  O‘zbekiston  Respublikasida  shakllangan  uzluksiz 

ta’lim  tizimi    barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxassisni  tayyorlash  jarayonining 

samarali  tashkil  etilishini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.    Uzluksiz  ta’lim  tizimi 

doirasida  faoliyat  olib  boruvchi  ta’lim  muassasalari  ilg‘or,  demokratik  hamda 

insonparvar  g‘oyalarga  tayangan  hamda    yangicha  mazmunga  ega  bo‘lgan  ta’lim 

jarayonini tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. 

Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida oliy 

ta’lim  tizimida  ham  izlanishlarning  tashkil  etilayotganligi  alohida  e’tiborga 

molikdir.  Zero, oliy  ta’lim  tizimi  ijtimoiy  zaruriyat  sifatida  namoyon  bo‘layotgan 

malakali  mutaxassisni  tarbiyalash  jarayonida  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Oliy  o‘quv 

yurtlarida turli yo‘nalishlarda  malakali kadrlarni tayyorlash davrning o‘ta muhim 

talabi bo‘lib, bu borada barcha imkoniyatlarni  ishga solish alohida dolzarblik kasb 

etadi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonuni  va  «Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi»  mazmunida  barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxassisni 

tarbiyalab  voyaga  yetkazish  jarayonining  mohiyati  to‘la  ochib  berilgan.  Malakali 

kadrlarni tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali 

tashkil  etish,  uni  yuqori  bosqichlarga  ko‘tarish,  shu  bilan  birga  jahon  ta’limi 

darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. 

O‘zbekiston  Respublikasida  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun  va  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”  ning  qabul  qilinishi  ta’lim  va  tarbiya  tizimida  tub 

o‘zgarishlar yasashni taqozo qiladi. 

Respublikamiz  prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek,  “Aslida  ta’lim-

tarbiya  sohasidagi  islohotning  chegarasi  va  poyoni  yo‘q.  Toki  hayot  davom  etar 

ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga 

ko‘ra muttasil ravishda o‘zgarib-yangilanib boraveradi”[1.16. b].   

Yuqoridagi  mulohazalarga  asoslanib,  astronomiya  kursining  mazmuni  va 

tuzilishini  ilmiy  jihatdan  aniqlab  berish,  o‘rta  maxsus  ta’lim  bosqichida 




 

astronomiyaning yakunlovchi mavzusi bo‘lgan koinot va uning katta masshtabdagi 



tuzilishini  mazmunini  o‘qitishni  takomillashtirish  lozimligi  muammoning 

dolzarbligini ko‘rsatadi. 

Muammoning muhim jihati bugungi kunga qadar erishilgan ilmiy pedagogik 

salohiyatni, pedagogika fani olamida erishilgan yutuqlarni yangi sharoitlarda ijodiy 

qo‘llash  imkonini  yaratish  hisoblanadi.  Demak,  ilmiy  va  texnikaviy  rivojlanish 

bosqichida  barcha  fanlarni,  jumladan  astronomiyadan  erishilayotgan  yutuqlarni 

inobatga olgan holda ta’lim tizimida  astronomiya o‘qitish samaradorligini oshirish 

yo‘llarini  izlash,  uni  amalda  joriy  etish,  astronomiya  o‘qitish  nazariyasi  va 

uslubiyatining  dolzarb  muammosi.  O’rta  maxsus  ta’lim  muassasasi  hamda  

uzviylikni  ta’minlagan  holda    oliy  ta’limda  astronomiya  ta’limi  samaradorligini 

tadqiq  etish  jarayonida  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  «Ta’lim  to‘g‘risidagi»gi 

qonun  va  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  e’lon  qilingan  bir  qator  qaror  va 

ko‘rsatmalar,  shuningdek,  astronomiya    o‘qitish  uslubiyatining  bugungi  kunda 

erishgan  yutuqlari  mavzuning  yoritilishi  uchun  asos  qilib  olindi  va  ulardan  keng 

foydalanildi. 


Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish