Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


-rasm. Radiomanbalar soni bilan radionurlanish oqimi orasidagi bog‘lanish



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/51
Sana13.05.2020
Hajmi1,84 Mb.
#51052
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Bog'liq
Коинотнинг катта улчамли тузилиши

1.3-rasm. Radiomanbalar soni bilan radionurlanish oqimi orasidagi bog‘lanish. 


 

22 


d) Kritik zichlik  va  kosmologik  doimiy muammosi. 

 

Koinot  modelining  xususiyatlarini  bilish  uchun  metagalaktikada  o‘rtacha 

modda,  modda zichligi qiymatini bilish yetarliga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, agar 

>



kr

  k>0  va  Koinot  berk  bo‘ladi  va  hozirgi  paytda  kuzatilayotgan  kengayish 



jarayoni  to‘xtash  va  undan  keyin  esa  siqilish  jarayoni  boshlanishi  kerak. 

Haqiqatdan  olingan  barcha  natijalar  shunday  bo‘lsa  kerak  degan  xulosa  qilishga 

undamoqda.  Biroq  bunday  qarash  qo‘yilgan  savollarga  hali  aniq  javob  bera 

olmayapti.   Agar  metagalaktikada  kuzatiladigan  barcha  galaktikalar  va  ular 

orasidagi  gaz-chang  modda  massalari  yig‘indisini  Metagalaktika  hajmiga  bo‘lsak 

o‘rtacha zichlikni topamiz.  U 10



10 g/sm   oraliqda bo‘lish kerakligi aniqlanadi. 

2001  yilgacha  Xabbl  doimiysining  eski  qiymatiga  (N



50)  asosan  hisoblangan 

kritik  zichlik        ham  shu  oraliqqa  to‘g‘ri  kelar  edi.  Bu  zichliklar  bir-biriga  teng 

emasmikan  degan  shubha  mavjud  edi.  Xabbl  Kosmik  teleskopi  yordamida 

bajarilgan tekshirishlar Xabbl doimiysining yangi, aniq qiymatini  N=74 km/s



Mps 

topishga  imkon  beradi.  Bu  yangi  qiymatga  asosan  hisoblangan  kritik  zichlik  (



10 g/sm) o‘rta zichlikdan ishonarli darajada farq qilishni  ko‘rsatdi. 



  

Biroq yaqinda osmonning barcha tomonidan bir xil intensivlikka ega rentgen 

nurlanish qayd qilindi. Bu nurlanishni galaktikalararo fazodagi, temperaturasi 450 

mln. gradus bo‘lgan, vodorod sochmoqda degan faraz qilindi.   

  

Agar  shunday  bo‘lsa,  u  holda,  koinot  moddasining  asosiy  qismi  tarqoq 



holatda degan xulosa kelib chiqadi. Ikkinchidan, agar neytrinoning tinch holatdagi 

massasi noldan farq qilishi to‘g‘ri bo‘lib chiqsa u holda koinotda neytrino massasi 

oddiy  modda  massasidan  30  marta  ko‘p  chiqadi.  Bular  hisobga  olinsa  o‘tacha 

zichlik kritik zichlikni yana «quvib» o‘tadi, ya’ni 

>



 kr bo‘lib chiqadi. 

 

Bularning  hammasi  yuqorida  ko‘rib  chiqilgan  modellarning  birinchisi 



Koinot xususiyatlarini qoniqarli tushuntira oladi degan xulosaga olib keladi. Biroq 

pulsatsiyalanuvchi koinot modelida oddiy «siqilish va kengayish» bo‘lishi mumkin 

emas.  Termodinamikaning  ikkinchi  qonuniga  asosan  entropiya  kengayish  paytida 

ham 


siqilish 

paytida 


ham 

ortib 


borishi 

kerak. 


Demak 

ketma-ket 




 

23 


pulsatsiyalanishlarda  amplituda  va  davr  ortib  borishi  zarur.  Bitta  zarra  uchun 

hisoblangan  entropiya  qiymati  chegaralangan,  demak  Koinot  cheklangan  marta 

pulsatsiyalangan.  Bu  holda  vaqt  bo‘yicha  cheksiz  Koinot  nazariyasini  yaratib 

bo‘lmaydi.  

 

Agar 




  kr  bo‘lishiga  qaramasdan  koinotni  cheksiz  kengayishi  o‘rinli 

bo‘lsa, u holda kengayishni tezlatuvchi kuch bo‘lishi kerak. Bu kuch itarish kuchi 

bo‘lib  u  Kosmologik  doimiylik  orqali  (16)  tenglamada  o‘z  ifodasini    topgan. 

Kosmologik doimiylikni kiritishning zarurligi yana bir jihati mavjud.         

  

Kosmologik doimiylik Koinot materiyasining tabiati va tarkibi bilan bog‘liq. 



Agar  Koinot  materiya  atomlardan,  yulduzlardan,  sayyoralardan  iborat  deb 

hisoblansa u holda Xabbl doimiysining yangi qiymatiga ko‘ra koinotning «yoshi» 

7  mld.  yil  bo‘lib  chiqadi.  Holbuki  yuqorida  ko‘rganimizdek  sharsimon  to‘dalar 

yoshi bundan 1,5 marta katta. Bunday bo‘lishi mumkin emas.  

  

Oxirgi  yillarda  olingan  natijalarga  ko‘ra  Koinotda  materiyaning  uchdan 



birigina modda, ya’ni tortish maydoni hosil qiladigan materiya qolgan qismi esa, 

aksincha itarish kuchi xususiyatiga ega va Koinotni tezlashgan holda kengayishini 

ta’minlaydi.  Materiyaning  bu  ko‘rinishi  «qora  energiya»  nomini  oldi.  Shu 

munosabat  bilan  Kosmologik  doimiylik  koinotda  modda  miqdori  nega  aynan 

shunday munosabatda degan savol ko‘ndalang turibdi. Bu yo‘nalishda tekshirishlar 

olib borilmoqda va yaqin yillar ichida yaxshi natijalar kutilmoqda. 




Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish