izchilligiga rioya qilgan holda, o‘zbek adabiy tilida, tartibli, aniq va bexato yozish
talab etiladi. Magistrlik dissertatsiyasini yozishda o‘zbek adabiy tilining orfografik
me’yoriga muvofiq kelmaydigan turli qisqartmalardan, noadabiy qatlamga oid har xil
qo'llanishlardan foydalanish man etiladi.
buzilishiga (plagiatlik qilish, ma’lumotlami soxtalashtirish hamda yolg‘on sitata
(jumladan, 0 ‘zbek tili bo‘yicha yoziladigan dissertatsiyalaming ham) umumiy
hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashqari 80 betdan
Magistrlik dissertatsiyasi standart varaqda 1,5 qator oralig‘ida yozilishi lozim,
har bir bet hoshiyasi: yuqoridan, pastdan va o ‘ngdan 2 sm, chapdan 3 sm bo‘lishi,
xatboshi besh yoki olti belgiga teng va bir xilda boiishi lozim.
Dissertatsiya matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New
Roman» 14 o‘lchamli shriftida yoki shunga o‘xshash shrifitni qo‘llagan holda
14
Magistrlik dissertatsiyasining har bir beti sahifalanadi. Dissertatsiyaning titul
varag‘idan boshqa barcha varaqlari birma-bir sahifalanadi. Tartib raqami dissertatsiya
varag‘ining o‘ng tomoni yuqori burchagiga yoziladi.
Magistrlik dissertatsiyasining foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida adabiyotlar
soni kamida 50-60 ta atrofida boiishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasining birinchi va ikkinchi titul varag‘i 1-, 2-ilovalarda
berilgan tartibda rasmiylashtiriladi. Keyingi varag‘ida magistrlik dissertatsiyasi
annotatsiyasi, so'ngra mundarija beriladi.
Dissertatsiyada boblar nomi sarlavha tarzida yozilishi lozim. Boblar nomlari
bosh harflar bilan, uning bandlari kichik harflar bilan yoziladi. Boblar nomlarini
yozishda bo‘g‘in ko‘chirishga ruxsat berilmaydi, shunga ko‘ra bob nomlari qisqa va
aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim. Sarlavhalar oxirida nuqta qo'yilmaydi. Ishning har
bir bobi yangi sahifadan yoziladi.
0 ‘zbek tili bo‘yicha yoziladigan magistrlik dissertatsiyasida talaba mavzuga
doir o‘z ilmiy qarashlarini asoslash maqsadida boshqa ilmiy manbalardan sitatalar
keltirilishi mumkin. Bunday sitatalar dissertatsiyada aynan berilsa, qo‘shtimoqqa
olinadi. Agar sitatalar boshqa tillarda yozilgan bo‘lsa, ularning taijimasi beriladi.
Ishda keltirilgan bunday sitatalaming muallifi, uning qaysi ilmiy manbadan
olinganligi, manba chop etilgan nashriyot, sana, ishning sahifasi belgilangan tartibda
satr ostidagi havolalar orqali yoki “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati”dagi ilmiy
manbaning tartib raqami bo‘yicha qavs ichida qayd etiladi.
0 ‘zbek tili
bo'yicha
yoziladigan magistrlik
dissertatsiyasining muhim
tarkibiy qismlaridan bin ilmiy havolalardir.
Ilmiy havolalar talabaning dissertatsiyani yozishda qanday manbalarga tayanib
ish olib borganligini ko‘rsatadi.
O'zbek tili bo'yicha yoziladigan magistrlik dissertatsiyasida ikki xil turdagi
havolalardan doydalanish mumkin:
a) faktik materiallar, tajriba-sinov ishlariga beriladigan havolalar;
b) ilmiy tadqiqotlarga, tadqiqotchilaming fikrlariga beriladigan havolalar.
0 ‘zbek tili bo‘yicha yoziladigan magistrlik dissertatsiyasida talaba nazariy
xulosasini faktik materiallar orqali asoslab berishi lozim bo‘ladi. Faktik materiallar
ko'pincha badiiy nutq ko‘rinishlaridan tanlab olinadi. Magistrlik dissertatsiyasida
keltirilgan har bir faktik materialning manbasi aniq ko'rsatilgan bo‘lishi kerak.
Odatda, faktik material keltirilgach, uning manbasi qavs ichida to‘liq, ba’zan
shartli qisqartmalar bilan beriladi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: