MUNDARIJA
1.
|
Bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yiladigan talablar.
|
4
|
2.
|
Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishining o‘xshash hamda farqli
jihatlari
|
7
|
3.
|
Bitiruv malakaviy ishining taxminiy tuzilishi va bo‘limlarning
mazmuni.
|
7
|
4.
|
Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar.
|
8
|
5.
|
Bitiruv malakaviy ishini baholash mezonlari
|
13
|
6.
|
«Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» kafedrasining «Ona tili
o‘qitish metodikasi», «Matematika o‘qitish metodikasi» fanlaridan bitiruv malakaviy ishlari mavzulari banki
|
15
|
7.
|
“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasining boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlar banki
|
34
|
8.
|
Bitiruv malakaviy ishini yozish uchun foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
|
47
|
1. Bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yiladigan talablar
Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari kafedra tomonidan belgilanadi. Talabaga bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash imkoniyati 3-kursda beriladi. Bunda talaba o‘zini qiziqtirgan mavzuni bitiruv malakaviy ishi mavzusi sifatida olishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida talabaga ilmiy rahbar va maslahatchilar tayinlanadi.
Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida alohida soatlar, ya’ni vaqt ajratilishi lozim. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda talabalarga quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:
bir kurs doirasida referat, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarining ketma-ketligi;
bir-biriga yaqin fanlar: pedagogika, psixologiya, xususiy fanlar metodikasi kabi fanlardan talabalar tomonidan bajarilgan kurs ishlari va turli vazifalarni muvofiqlashtirish;
v) pedagogik amaliyotning barcha ko‘rinishlaridan foydalanish va b. q.
Talabaning bitiruv malakaviy ishi ustidagi izlanishlari nazariyani chuqurroq o‘rganish, ilgari olingan bilimlarni sistemalashtirish va ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, eruditsiyaning o‘sishi uchun xizmat qiladi.
Odatda bitiruv malakaviy ishining mavzusi talabaga uning so‘nggi pedagogik amaliyotga ketishidan avval beriladi va tasdiqlanadi. Shu paytning o‘zida unga bitiruv malakaviy ishiga oid bo‘lgan, ilmiy rahbar tomonidan tuzilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan topshiriqlar beriladi. Bunda ishni yakunlash muddatlari ham ko‘rsatiladi. Topshiriqda talabaning ismi, familiyasi, otasining ismi, o‘qiyotgan fakulteti va mavzusi yoziladi. Agar bitiruv malakaviy ishi kurs ishining davomi bo‘lsa, nimalar qilingani, dastlabki ma’lumotlar qanday ekanini ko‘rsatish lozim.
Tasdiqlayman Fakultet dekani ........... ............
..................... ........... 2015- yil
.................................................................. fakulteti
............................................................. ta’lim yo‘nalishi
............................. guruhi talabasi ..............................................
.................. tomonidan bajariladigan BITIRUV MALAKAVIY ISH BO‘YICHA TOPSHIRIQ
Do'stlaringiz bilan baham: |