Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti


 Bitiruv malakaviy   ishining taxminiy tuzilishi va bo‘limlarning



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana12.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#335813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
BT

3. Bitiruv malakaviy   ishining taxminiy tuzilishi va bo‘limlarning

 

mazmuni 

 

1.  Bitiruv  malakaviy  ishi  quyidagilardan  tashkil  topadi:  kirish  -umumiy 



hajmning  10%;  nazariy  qism  -  nazariy  masalalarni  qo‘yishdan  ko‘zlangan 

maqsad,  ularni  o‘rganishning  belgilangan  darajasidan  kelib  chiqqan  holda 

umumiy  hajmning  25-30%;  tahlil  qismi  -  15-20%;  tajriba-sinov  ishlari 

haqidagi qism - 30-35%; xulosalar - 5%; adabiyotlar ro‘yxati. 

2.  Bitiruv  malakaviy  ishining  tuzilishi,  undagi  boblar  mutanosibligi  har 

bir  ishning  mavzusi,  ob’ekti,  predmeti,  maqsadiga  bog‘lik  holda  alohida 

belgilanadi.  Bitiruv  malakaviy  ishining  hajmi  matn,  jadvallar,  illyustratsiya 

materiallari bilan birga 40-60 sahifani tashkil etishi lozim. 

3.  Kirish  qismida  mavzuning  ijtimoiy  va  pedagogik  jixatdan  dolzarbligi 

asoslanadi,  muammo  belgilanadi,  Tadqiqot  ob’ekti,  predmeti,  maqsadi 

ko‘rsatiladi,  tadqiqotning  farazi,  vazifalari,  metodologik  asosi  kiritiladi, 

tanlangan  mavzuning  ishlanganlik  darajasi  aniqlanadi,  tadqiqot  olib  borish 




 

metodlari,  manbalar,  dastlabki  ma’lumot  qisqacha  tavsiflanadi.  Kirish 



qismining  so‘nggi  varianti  ishning  boshqa  qismlari  tayyor  bo‘lganidan  keyin 

yoziladi. 

4. Bitiruv  malakaviy  ishining  bosh qismida  mavzuning  asosiy  masalalari 

bo‘yicha  nazariy  ma’lumotlar  bayon  etiladi,  ilmiy  maktablar  mualliflarining 

qarashlari tahlil qilinadi va umumlashtiriladi, ko‘rib chiqilayotgan soxada olib 

borilgan  tadqiqotlar  guruhlashtiriladi,  turli  metodik  yondashuvlar  baholanadi. 

Bitiruvchining  o‘z  qarashlari,  kontseptsiyasi  belgilanadi,  bular  asosida 

ta’kidlovchi  va  shakllantiruvchi  tajribaga  tayyorgarlik  ko‘rish  uchun  metodik 

yondashuv tanlanadi. Mazkur qism mazmunini bayon etish jarayonida muallif 

nazariy  bilimlardan  pedagogik  amaliyot  tahliliga,  xususiy  hodisalar  tahlilidan 

nazariy umumlashtirishga o‘tipshi zarur. 

5.  Tahliliy  qismda  o‘quvchilarga  maktabgacha  ta’lim  muassasasida, 

o‘quvchilarga  maktab,  pedagogik  kollejda  ta’lim-tarbiya  berishning,  ularni 

rivojlantirish,  maktabgacha  ta’limni  tashkil  etishni  boshqarishning  ahvoli, 

bunda  qo‘llanayotgan  metodlar  va  b.  tahlil  qilinadi.  Tadqiqotning 

metodologiyasi  asosida  maktabgacha  yoki  o‘rta  maxsus  ta’limda  vujudga 

kelgan  vaziyat  tahlil  qilinadi,  ishning  maqsad  va  vazifalariga  muvofiq  tanlab 

olingan  hamda  shakllantiruvchi  tajriba-sinovni  o‘tkazish  metodikasini  va 

mazmunini ishlab chiqish uchun  zarur bo‘lgan  ma’lumotlar  tadqiq  qilinadi va 

qayta ishlanadi. 

6.  Tajriba  qismi  quyidagilarni  o‘z  ichiga  oladi:    o‘quvchilarning  ta’lim-

tarbiyasini takomillashtirish metodlari, mazmuni bo‘yicha ishlanmalar, ishlarni 

olib  borish  metodikasi;  qo‘yilgan  masala  va  vazifalarni  xal  etish  yo‘llari; 

olingan  natijalarni  ta’lim  muassasalariga  joriy  etish  bo‘yicha  metodik 

tavsiyalar.  Shu  maqsadda  ilmiy  qarashlar  negizida,  shaxsiy  tajriba  va 

pedagoglar  tajribasining  tahlili  asosida  mazkur  ta’lim  muassasasida 

o‘rganilayotgan  hodisaning  dinamikasi  va  hozirgi  axvoli  yoritilishi  kerak 

(avval  axvol  qanday  edi,  muayyan  vaqt  ichida  nima  o‘zgardi,  nimaning 

natijasida  yutuqqa  erishildi,  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlari  nimalarda  namoyon 

bo‘ldi,  qanday  qiyinchiliklar  duch  kelindi  va  ular  qanday  bartaraf  etildi  va 

x.z.). 

7.  Xulosa  qismida  talabalarning  tadqiqot  ishini  olib  borishdagi 

pozitsiyasini  ko‘rsatuvchi  bajarilgan  ish  natijalari  bo‘yicha  xulosalar  beriladi. 

Shuningdek,  tahlil  natijalari  o‘quvchilar  bilan  boshlang`ich  sinf  o‘qituvchilari 

bilan  ishlash  samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  tavsiyalar,  ushbu  tavsiyalarni 

joriy etish yo‘llari ko‘rsatiladi. 




Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish