Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Biologiya” yo’nalishi



Download 1,66 Mb.
Sana20.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#826949
Bog'liq
Abduvali 1


Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Biologiya” yo’nalishi
102- guruh talabasi Sheraliyev Abduvalining “Botanika” fanidan
mustaqil talimi
Jinssiz ko’payish turlari
Ko‘payish tirik organizmlarning genetik axborotdan foydalangan holda o‘ziga o‘xshaganlarni yarata olish xususiyatidir. Tirik organizmlarning ko‘payish xususiyati tufayli tur doirasida avlodlar almashinuvi uzluksizligi ta’minlanadi. Ko‘payish jarayonida genetik materialning xilma-xil kombinatsiyalarihosil bo‘lishi tufayli yangi irsiy belgilarga ega organizmlar paydobo‘ladi. Bu esa tur ichida xilma-xillikni ta’minlovchi omildir.
Tabiatda ko‘payishning ikki xil turi: jinssiz va jinsiy ko‘payish farqlanadi.
Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlarda kuzatiladi. 
Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda faqat bitta ona organism ishtirok etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga asoslangan, hosil bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdan aynan nusxasi bo‘ladi.
Jinssiz ko‘payishning evolutsiyadagi ahamiyati. Qulay sharoitda individlarningtez va ko‘p nasl qoldirishini ta’minlashdir. Lekin jinssiz ko‘payishda organizmning yangi muhit sharoitiga moslanishni ta’minlovchi genetik axborotning o‘zgarishi, almashinishi va xilma-xillikning ortishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik organizmlar nafaqat jinssiz balki jinsiy usulda ham ko‘payadi. Oddiy binar bo‘linish prokariot organizmlarda kuzatiladi. Prokariot hujayraning halqasimon DNKsi replikatsiyalanadi, hujayra o‘rtasida to‘siq hosil bo‘lib, hujayra ikkiga bo‘linadi.
Bir hujayrali sodda hayvonlardan amyoba, evglena, infuzoriya kabi hayvonlarning binar bo‘linishi mitoz jarayoniga asoslangan.
Bezgak paraziti hayot siklida shizogoniya – ko‘p bo‘linish sodir bo‘ladi. Hujayra yadrosi bir necha marta mitoz bo‘linib, yosh hujayralarni hosil qiladi. Xlorella, xlamidomonada kabi suvo‘tlari, zamburug‘lar sporalar orqali ko‘payadi. Sporalar mitoz usulida hosil bo‘ladigan gaploid hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi.
Infuzoriya tufelkaning binar bo‘linishi Achitqi zamburug‘ining kurtaklanib ko‘payishi Xlamidomonadaning sporalar orqali ko‘payishi Bezgak parazitining eritrotsit hujayrasidako‘payishi.
Kurtaklanib ko‘payish mitoz asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, achitqi zamburug‘larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo‘rtma paydo bo‘lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi. Ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish quyidagicha amalga oshadi.
Fragmentatsiya – tana bo‘laklari orqali ko‘payish usuli bo‘lib, regeneratsiya jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi. Kurtaklanib ko‘payish g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqali chuvalchanglarda kuzatiladi. Zamburug‘lar (qalpoqchali zamburug‘lar), suvo‘tlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar sporalari orqali ko‘payish xususiyatiga ega. Yengilsporalar o‘simliklarni tabiatda keng tarqalishiga imkon beradi. Gidroid polipning kurtaklanishi Bir tuxumdan rivojlanadigan egizaklar Oq planariyaning tana bo‘laklari orqali ko‘payishi Zamburug‘ning sporadan ko‘payishi. Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo‘linib, har bir fragmentdan yangi organizm rivojlanadi. Bu hodisa poliembrioniya deyiladi. Odamlarda bir tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham buning yaqqol misolidir. Tabiatda o‘simliklarning vegetativ organlari – ildizi, poyasi va bargi orqali vegetativ ko‘payishi keng tarqalgan.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish