Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana12.09.2021
Hajmi3,04 Mb.
#172240
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 

PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 

 

B.X.XODJAEV 



 

 

UMUMIY PEDAGOGIKA  



 

pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun 

darslik 

 

  



 

 

 



 

 

 



 

 

«Sano-standart» nashriyoti 



Toshkent – 2017 


UO’K: 37.013(075.8) 

KBK: 74.00 

 

     X 69 



 

 

B.X.XODJAEV 



Umumiy  pedagogika  Darslik.  –  T.:  «Sano-standart» 

nashriyoti, 2017-yil, 416 bet. 

 

Mazkur  darslik  pedagogika  ta’lim  sohasi  bakalavriat  ta’lim 



yo’nalishlari  uchun  mo’ljallangan  bo’lib,  u  o’z  ichiga 

pedagogikaning uchta – pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi 

va  pedagogik  mahorat  kurslarini  qamrab  olgan.  Darslik 

pedagogika  ta’li,  sohasining  bakalavriat  ta’lim  yo’nalishi  DTS, 

o’quv reja va o’quv dasturlari asosida yozilgan.

  

 



 

Taqrizchilar: 

 

U.I.Inoyatov, pedagogika fanlari doktori, professor    



                               

F.R.Yuzlikaev, pedagogika fanlari doktori, professor  

                                         

 

 



UO’K: 37.013(075.8) 

KBK: 74.00 

 

 

 



 

ISBN 978-9943-5002-3-5 

 

© B.X.XODJAEV, 2017  



© 

«Sano-standart» nashriyoti, 2017

  



SO’Z BOSHI 

 

“Umumiy  pedagogika”  nomli  darslik  pedagogikaning  uch 



mustaqil  sohalarini  o’zida  mujassamlashtirgan:  pedagogika 

nazariyasi, pedagogika tarixi va pedagogik mahorat. 

“Pedagogika  nazariyasi”  kursi  kadrlar  tayyorlash  milliy 

modeli  va  uning  tarkibiy  qismlari,  pedagogika  fanining 

shakllanishi  va  rivojlanishi,  maqsad  va  vazifalari,  predmeti, 

ilmiy-tadqiqot metodlari, shaxs rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi 

omillar,  yaxlit  pedagogik  jarayon  va  uning  mohiyati,  didaktika 

(ta’lim  nazariyasi),  ta’lim  jarayoni  qonuniyatlari  va  tamoyillari, 

ta’lim  mazmuni,  ta’lim  metodlari  va  vositalari,  ta’limni  tashkil 

etish  shakllari,  o’quvchilarning  bilim,  ko’nikma  va  malakalarini 

tashxis  etish,  tarbiya  jarayoni  mazmuni,  mohiyati,  qonuniyatlari, 

tamoyillari,  tarbiyaning  umumiy  metodlari,  tarbiya  turlari 

mazmuni,  mohiyati,  maqsad  va  vazifalari,  shakl,  metod  va 

vositalari, 

ta’lim 

muassasalarini 

boshqarish, 

korrektsion 

pedagogika asoslarini o’z ichiga qamrab olgan.   

“Pedagogika  tarixi”  kursi  pedagogikaning  alohida  sohasi 

sifatida  pedagogik  fikrlarning  paydo  bo’lishi  va  rivojlanishini 

o’rganish  orqali  yangi,  istiqbolda  hal  etilishi  lozim  bo’lgan 

vazifalarni  belgilab  beradi  hamda  uni  hal  etish  strategiyalarini 

ko’rsatib  beradi.  U  eng  qadimgi  davrlardan  O’zbekiston 

Respublikasi  mustaqilligi  e’lon  qilingandan  keyingi  davrda 

pedagogik  fikrlar  va  ta’lim  tizimining  rivojlanishi  hamda  eng 

qadimgi  davrlardan  hozirgi  kungacha  jahon  mamlakatlarida 

tarbiya,  ta’lim  va  pedagogik  fikrlar  rivojiga  doir  masalalarni 

o’zida aks ettirgan. 

   “Pedagogik  mahorat”  kursida  pedagogik  mahorat  va 

madaniyat,  ta’lim  amaliyoti  va  pedagogik  fikrlar  tarixida 

o’qituvchi mahorati masalasining aks etishi, pedagogik qobiliyat, 

o’qituvchining  kommunikativ  qobiliyati,  muloqot  psixologiyasi 

va  muloqot  madaniyati,  pedagogik  muloqot,  pedagogik  takt  va 

pedagogik etika, pedagogik texnika va uni egallash yo’llari, nutq 

madaniyati, 

o’qituvchining 

o’quv 


jarayonidagi 

mahorati, 




o’qituvchining tarbiyachilik mahorati, o’qituvchi mehnatini ilmiy 

asosda  tashkil  etish,  o’z-o’zini  tarbiyalash  va  o’z  ustida  ishlash, 

ilg’or  pedagogik  tajribani  ommalashtirish  kabi  masalalar  bayon 

etilgan.


 

 

 



 


I BO’LIM. PEDAGOGIKA NAZARIYASI 

 

I BOB. PEDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI 



 

 

1.1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI 



RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI 

 

 



Tayanch so’zlar: ta’lim tizimi, ta’lim islohotlari, Maktabgacha 

ta’lim  vazirligi,  11  yillik  umumiy  o’rta  ta’lim,  kasb-hunar  ta’limi, 

oliy  ta’lim,  oliy  o’quv  yurtidan  keying  talim,  kadrlarni  qayta 

tayyorlash va malakasini oshirish. 

 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi».  «Kadrlar  tayyorlash 



milliy dasturi» O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi 

qonunining  qoidalariga  muvofiq,  milliy  tajribaning  tahlili  va  ta’lim 

tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda 

yuksak  umumiy  va  kasb-hunar  madaniyatiga,  ijodiy  va  ijtimoiy 

faollikka,  ijtimoiy-siyosiy  hayotda  mustaqil  ravishda  mo’ljalni 

to’g’ri  ola  bilish  mahoratiga  ega  bo’lgan,  istiqbol  vazifalarini  ilgari 

surish  va  hal  etishga  qodir  kadrlarning  yangi  avlodini 

shakllantirishga yo’nal-tirilgandir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadning 



to’laqonli  ro’yobga  chiqarish  bir  qator  vazifalarning  ijobiy  hal 

qilinishini  nazarda  tutadi.  Dasturda  bu  boradagi  vazifalarning 

quyidagilardan iboratligi ko’rsatiladi: 

–  «Ta’lim  to’g’risida»gi  O’zbekiston  Respublikasi  qonuniga 

muvofiq  ta’lim  tizimini  isloh  qilish,  davlat  va  nodavlat  ta’lim 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning  maqsadi  –  ta’lim 

sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy 

qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik 

davlatlar  darajasida,  yuksak  ma’naviy  va  axloqiy  talablarga 

javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  Milliy 

tizimini yaratishdan iboratdir. 



muassasalari  hamda  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sohasida,  raqobat 

muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv, ilmiy-

ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; 

–  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  jamiyatda  amalga 

oshirayotgan  demokratik  huquqiy  davlat  qurilishi  jarayonlariga 

moslashtirish; 

–  kadrlar  tayyorlash  tizimi  muassasalarini  yuqori  malakali 

mutaxassislar  bilan  ta’minlash,  pedagogik  faoliyatining  nufuzi  va 

ijtimoiy maqomini ko’tarish; 

–  kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  mazmunini  mamlakatning 

ijtimoiy 

va 


iqtisodiy 

taraqqiyoti 

istiqbollaridan, 

jamiyat 


ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va  texnologiyaning 

zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; 

–  ta’lim  oluvchilarni  ma’naviy  axloqiy  tarbiyalashning  va 

ma’rifiy  ishlarning  samarali  shakllari  hamda  uslublarini  ishlab 

chiqish va joriy etish; 

–  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash,  ta’lim  muassasalarini 

attestatsiyadan  o’tkazish  va  akkreditatsiya  qilish  sifatiga  baho 

berishning xolis tizimini joriy qilish; 

–  yangi  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarda  ta’limning  talab 

qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda 

faoliyat  ko’rsatishi  va  barqaror  rivojlanishining  kafolatlarini, 

ustuvorligini  ta’minlovchi  normativ,  moddiy-texnika  va  axborot 

bazasini yaratish; 

–  ta’lim,  fan,  ishlab  chiqarish  samarali  integratsiyalashuvini 

ta’minlash,  tayyorlanayotgan  kadrlarning  miqdori  va  sifatiga 

nisbatan  davlatning  talablarini,  shuningdek,  nodavlat  tuzilmalari, 

korxonalar  va  tashkilotlarning  buyurtmalarini  shakllanti-rishning 

mexanizmlarini ishlab chiqish; 

–  uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimiga  byudjetdan 

tashqari  mablag’lar,  shu  jumladan,  chet  el  investitsiyalari  jalb 

etishning  real  mexanizmlarini  ishlab  chiqish  va  amaliyotga  joriy 

etish; 


–  kadrlar  tayyorlash  sohasida  o’zaro  manfaatli  xalqaro 

hamkorlikni rivojlantirish. 




Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy  qismlari 

quyidagilardan  iboratdir:  shaxs,  davlat  va  jamiyat,  uzluksiz  ta’lim, 




Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish