Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o’rin olgan
«Urush va tinchlik» (1863-69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda
ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. YOzuvchi «Urush
va tinchlik» romani bilan o’z davrida ro’y bergan va o’zi
shaxsan
guvoh bo’lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u
Napoleonning 1805-1807 va 1812-1814 yillardagi harbiy yurishlari
mavzuiga murojaat etib, ko’plab qahramonlar ishtirok etgan epik
voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta
mahorat bilan uyg’unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki,
19-asr o’rtalarida epik asarlar davri o’tdi, degan fikrlar keng
tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy
ziddiyat va kurashlar esa «Urush va tinchlik»dek epopeyaning
maydonga kelishi uchun unumli zamin bo’la olmas edi. 1812
yillarda Rossiyaning Napoleon qo’shinlari tomonidan bosib olinishi
mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan
turli tabaka va sinflarni
dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus
xalqi ongidagi ana shu uyg’onishga murojaat etishi «Urush va
tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin
vazifasini o’tadi.
Tolstoyning 70-yillar ijodida «Anna Karenina» romani alohida
mavqega ega. «Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar
bo’lgan davrda Tolstoyning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va
adolat to’g’risidagi orzu umidlari ro’yobga chiqmadi. 60-yillardagi
islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda
Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar
haqidagi iztirobli o’ylari aks etdi. Romanda Kareninlar,
Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3
oilaning bir-biri bilan
chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig’iga ega bo’lgan tarixi
tasvir etilgan. Tolstoy aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga
katta e’tiqod qo’ygan, hayotda ro’y berayotgan voqealarga va
kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan
yondashgan.
70-yillarda ruhiy iztirob iqlimida yashagan Tolstoy o’z hayot
yo’lini qayta nazardan o’tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib
chiqishi, tarbiyasi va hayot yo’li bilan bog’liq
jamiyat qatlamining
ma’naviy asoslari yolg’onga asoslangan, degan xulosaga keldi.
Uning bunday qarashlari «Iqrornoma» (1880) va «E’tiqodim
nimada?» (1884) asarlarida o’z ifodasini topdi. T.ning shu davrda
yozgan asarlari orasida «Ivan Ilichning ulimi» (1886), «Kreytser
sonatasi» (1889) qissalari, ayniqea, e’tiborga loyiq.
Tolstoy 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib,
«Zulmat hokimiyati» (1886) dramasi va «Ma’rifat mevalari» (1890)
komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar
madaniyatining qishloqqa ko’rsatayotgan salbiy ta’siri katta badiiy
kuch bilan tasvirlangan.
Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib
borayotgan ziddiyatlar
uning so’nggi yirik asarlaridan biri — «Tirilish» romani (1889—
99)da o’z aksini topdi. Hayotda bo’lib o’tgan oddiy voqea — bir sud
jarayoni asosida yaratilgan bu asarda Tolstoy ijtimoiy adolatsizlikka
asoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib tashlaydi.
Tolstoy hayotining Yasnaya Polyanadagi so’nggi kunlari ruhiy
iztiroblar po’rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to’qigan ig’vo va
fasod to’ridan qochib, 1910 yilda Yasnaya Polyanadan bosh olib
chiqib ketadi va yo’lda shamollab, vafot etadi.
O’zbekistonda Tolstoy ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq
boshlangan. Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni
ko’rsa ham tezda ayta olmaydi» maqolalari 1887-1902 yillarda
«Turkiston viloyatining gazeti»da o’zbek tilida nashr etilgan.
Tolstoy haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi»
degan maqola esa 1889 yilda shu gazetada taniqli ma’rifatparvar
Sattorxon Abdug’afforov tarjimasida bosilgan. Tolstoyning bolalar
uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval»,
1902), Aliasqar Kalinin («Muallimi soniy», 1903), Abdulla Avloniy
(«Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi muallim», 1912) singari jadid
ma’rifatparvarlarining o’quv qo’llanmalari va darsliklarida e’lon
qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o’qitilgan.
Tolstoy
nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va
xalqparvar inson sifatida ham o’zbek jadidlarining e’tiborini o’ziga
jalb etgan. Birinchi o’zbek advokati Ubaydulla Xo’jayev 1909 yilda
Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik
haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o’sha yilning 5
iyunida undan javob olgan. Islom dinining taniqli arboblaridan biri
Abduvohid Qoriev esa 1910 yilda Yasnaya Polyanaga maxsus borib,
Tolstoy bilan bir necha marta muloqotda bo’lgan.
Tolstoy 1859-1862 yillarda krestyan bolalari uchun maktab
ochadi. Tosltoyning pedagogik kontseptsiyasi asosini “erkin tarbiya”
g’oyasi tashkil etadi. Tolstoyning fikricha, ideal maktab – bu erkin
hamkorlikka asoslangan, ya’ni o’qituvchi
bilimlarni taqdim etadi,
o’quvchilar uni erkin tarzda idrok etishadi. Bunday maktabning
asosiy funktsiyasi – erkin ta’lim berishdir. Tolstoy pedagogik
kontseptsiyasidagi yetakchi tamoyil bolalarning o’ziga xosligini
hisobga olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: