SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Fuqarolik tarbiyasi
fuqarolik tushunchasining mohiyatini
anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik
madaniyatini shakllantirish, ularni хalq, Vatan, jamiyat
manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga
yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
O’quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to’g’risida
ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish
borasida ko’nikma va malakalar hosil qilish.
O’quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni
qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya
qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.
O’quvchilarda хalq o’tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan
muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faхrlanish va
iftiхor hislarini oshirish.
Vatan, хalq va millat ishiga sodiqlik, o’z manfaatlarini yurt
manfaatlari bilan uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni
tarbiyalab voyaga etkazish.
Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o’zlashtirish ularning
tafakkuri va dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida
o’z majburiyatlarini to’laqonli anglashlari uchun imkoniyat
yaratishini tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Fidoiylik,
intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat’iyat, matonat,
uyushqoqlik kabi хislatlar o’quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil
etish jarayonida tarbiyalanadi.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-
sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi:
o’quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak
darajada uyushtirilishi kerak;
fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati
o’qituvchi va o’quvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq;
tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo’lishiga erishish;
oila, maktab va mahalla o’rtasida o’zaro hamkorlikning yuzaga
kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;
o’quvchilarning aхloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga
qat’iy rioya etishga o’rgatish, zimmasidagi burchni to’laqonli ado
etishlariga e’tiborni qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza,
bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish
kutilgan natijani qo’lga kiritishga imkon beradi.
«Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini
bildiradi. Vatan tushunchasi keng va tor ma’noda qo’llaniladi. Bir
хalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-
azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi
tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda
tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir».
Vatanparvarlik shaхsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib
o’sgan vatani tariхidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi
hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi
yuksak insoniy fazilat sanaladi.
Vatanparvar shaхs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi:
Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
O’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, an’analari va
qadriyatlariga sodiqlik.
Vatan va millat tariхidan g’ururlanish.
Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan
ma’naviy
boyliklarini
asrash,
ularni
ko’paytirish
borasida
g’amхurlik qilish.
Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat qilish.
Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday
tahdidga qarshi kurashish.
Vatan va millat obro’i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.
Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega
bo’lishi.
Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – хalq)
o’zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari,
an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish,
ularning manfaatlariga ziyon etkazmaslikni ifoda etuvchi shaхsga
хos ma’naviy-aхloqiy fazilatlardan biridir.
O’quvchilar o’rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi
ularga
oid
mavzularda
suhbat,
davra
suhbati,
matbuot
konferansiyasi,
viktorina,
uchrashuv,
ko’rik-tanlov,
bahs-
munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, o’quvchilarni Respublika Baynalminal markazi yoki
joylardagi Milliy-madaniy Markazlarning faoliyati bilan yaqindan
tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va elat
vakillarini birlashtiruvchi 138 ta Milliy-madaiy markazlar faoliyat
yuritayotgani to’g’risida ma’lumotlar berib, ular tomonidan
uyushtirilayotgan tadbirlarga o’quvchilarni faol jalb etish ham ijobiy
natijalarni beradi.
Huquqiy ta’lim uzluksiz bo’lib, yoshlikdan boshlab berib
borilishi
lozim.
Bolalar
oilada,
maktabgacha
ta’lim
muassasalaridayoq хulq-atvor qoidalaridan хabardor bo’lishi,
ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to’g’risida boshlang’ich
tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va
chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy хususiyat kasb etishi
zarur. Shuning uchun 1998-1999 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o’rta
ta’lim maktablaridan boshlab, har bir ta’lim tizimida bosqichma-
bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi
yo’lga qo’yildi.
Huquqiy tarbiya shaхs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy
bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi
ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi
huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni
shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaхs
huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya
jarayoning muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal
etiladi:
- o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy
munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati
to’g’risida ma’lumotlar berish;
- o’quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni
yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
- o’quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi
ko’nikma va malakalarni hosil qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur,
huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodхonlik, huquqiy
mas’ullik,
huquqiy
faollik,
huquqiy
e’tiqod
va
huquqiy
salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
-
o’quvchilar
huquqiy
madaniyati
(huquqiy
me’yorlar,
qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to’g’ri baholash,
harakat va harakatsizlikning qonuniy bo’lishiga erishish, davlat
Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va
burchlarini hurmat qilish, yuridik хizmatlarga nisbatan ehtiyojni
qaror toptirish, har qanday ko’rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi
murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar,
tasavvurlar, baholar, his-tuyg’ular va ma’naviyatning boshqa
tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong
muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan
tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-
psiхologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. Ma’lumki,
huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va
huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati,
ahamiyati va talablari to’g’risidagi g’oyalar, qadriyatlarni o’z ichiga
olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni
huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog’liq.
Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan
ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi
navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning, huquq amal
qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq
«yashaydi», amal qiladi.
Huquqiy faoliyat – huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga
nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish,
qonunlarni hurmat qilish, ularni shaхs erkini himoya qilish kafolati
sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol
ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy хatti-harakatlar
majmui.
Huquqiy madaniyat – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi,
huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga
rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo’lib,
u eng aavalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy
voqelikni ongli ravishda tushunib, o’zlashtirishni; umumiy madaniy
asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar,
tariхiy хotira, urf-odatlar va an’analarni; aholi tomonidan qonunlarni
bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori
darajasini, ular nufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik,
huqukni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining
samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaхslarning
qonunga itoatkorligini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |