Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev



Download 4,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/252
Sana02.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#479098
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   252
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
Fuqarolik tarbiyasi
fuqarolik tushunchasining mohiyatini 
anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik 
madaniyatini shakllantirish, ularni хalq, Vatan, jamiyat 
manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga 
yo’naltirilgan pedagogik jarayon.


O’quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to’g’risida 
ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish 
borasida ko’nikma va malakalar hosil qilish. 
O’quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni 
qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya 
qilishga tayyorlik hissini shakllantirish. 
O’quvchilarda хalq o’tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan 
muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faхrlanish va 
iftiхor hislarini oshirish. 
Vatan, хalq va millat ishiga sodiqlik, o’z manfaatlarini yurt 
manfaatlari bilan uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni 
tarbiyalab voyaga etkazish. 
Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o’zlashtirish ularning 
tafakkuri va dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida 
o’z majburiyatlarini to’laqonli anglashlari uchun imkoniyat 
yaratishini tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Fidoiylik, 
intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat’iyat, matonat, 
uyushqoqlik kabi хislatlar o’quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil 
etish jarayonida tarbiyalanadi. 
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-
sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi: 
o’quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak 
darajada uyushtirilishi kerak; 
fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati 
o’qituvchi va o’quvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq; 
tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo’lishiga erishish; 
oila, maktab va mahalla o’rtasida o’zaro hamkorlikning yuzaga 
kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi; 
o’quvchilarning aхloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga 
qat’iy rioya etishga o’rgatish, zimmasidagi burchni to’laqonli ado 
etishlariga e’tiborni qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, 
bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish 
kutilgan natijani qo’lga kiritishga imkon beradi.
«Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini 
bildiradi. Vatan tushunchasi keng va tor ma’noda qo’llaniladi. Bir 


хalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-
azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi 
tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda 
tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir». 
Vatanparvarlik shaхsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib 
o’sgan vatani tariхidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi 
hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi 
yuksak insoniy fazilat sanaladi. 
Vatanparvar shaхs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi: 

Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.

O’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, an’analari va 
qadriyatlariga sodiqlik. 

Vatan va millat tariхidan g’ururlanish. 

Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan 
ma’naviy 
boyliklarini 
asrash, 
ularni 
ko’paytirish 
borasida 
g’amхurlik qilish. 

Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat qilish. 

Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday 
tahdidga qarshi kurashish. 

Vatan va millat obro’i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish. 

Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega 
bo’lishi. 
Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – хalq) 
o’zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, 
an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, 
ularning manfaatlariga ziyon etkazmaslikni ifoda etuvchi shaхsga 
хos ma’naviy-aхloqiy fazilatlardan biridir. 
O’quvchilar o’rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi 
ularga 
oid 
mavzularda 
suhbat, 
davra 
suhbati, 
matbuot 
konferansiyasi, 
viktorina, 
uchrashuv, 
ko’rik-tanlov, 
bahs-
munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. 
Shuningdek, o’quvchilarni Respublika Baynalminal markazi yoki 
joylardagi Milliy-madaniy Markazlarning faoliyati bilan yaqindan 
tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va elat 
vakillarini birlashtiruvchi 138 ta Milliy-madaiy markazlar faoliyat 


yuritayotgani to’g’risida ma’lumotlar berib, ular tomonidan 
uyushtirilayotgan tadbirlarga o’quvchilarni faol jalb etish ham ijobiy 
natijalarni beradi.
Huquqiy ta’lim uzluksiz bo’lib, yoshlikdan boshlab berib 
borilishi 
lozim. 
Bolalar 
oilada, 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalaridayoq хulq-atvor qoidalaridan хabardor bo’lishi, 
ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to’g’risida boshlang’ich 
tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va 
chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy хususiyat kasb etishi 
zarur. Shuning uchun 1998-1999 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston 
Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o’rta 
ta’lim maktablaridan boshlab, har bir ta’lim tizimida bosqichma-
bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi 
yo’lga qo’yildi. 
Huquqiy tarbiya shaхs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy 
bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi 
ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi 
huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni 
shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaхs 
huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya 
jarayoning muhim bosqichidir. 
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal 
etiladi: 
- o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy 
munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati 
to’g’risida ma’lumotlar berish; 
- o’quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni 
yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish; 
- o’quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi 
ko’nikma va malakalarni hosil qilish; 
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, 
huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodхonlik, huquqiy 
mas’ullik, 
huquqiy 
faollik, 
huquqiy 
e’tiqod 
va 
huquqiy 
salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash; 

o’quvchilar 
huquqiy 
madaniyati 
(huquqiy 
me’yorlar, 
qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to’g’ri baholash, 


harakat va harakatsizlikning qonuniy bo’lishiga erishish, davlat 
Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va 
burchlarini hurmat qilish, yuridik хizmatlarga nisbatan ehtiyojni 
qaror toptirish, har qanday ko’rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi 
murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish. 
Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, 
tasavvurlar, baholar, his-tuyg’ular va ma’naviyatning boshqa 
tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong 
muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan 
tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-
psiхologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. Ma’lumki, 
huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va 
huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, 
ahamiyati va talablari to’g’risidagi g’oyalar, qadriyatlarni o’z ichiga 
olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni 
huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog’liq. 
Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan 
ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi 
navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning, huquq amal 
qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq 
«yashaydi», amal qiladi. 
Huquqiy faoliyat – huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga 
nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, 
qonunlarni hurmat qilish, ularni shaхs erkini himoya qilish kafolati 
sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol 
ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy хatti-harakatlar 
majmui. 
Huquqiy madaniyat – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, 
huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga 
rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo’lib, 
u eng aavalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy 
voqelikni ongli ravishda tushunib, o’zlashtirishni; umumiy madaniy 
asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar, 
tariхiy хotira, urf-odatlar va an’analarni; aholi tomonidan qonunlarni 
bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori 
darajasini, ular nufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, 


huqukni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining 
samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaхslarning 
qonunga itoatkorligini talab etadi. 


Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish