213
N.A.Piontkovskaya, V.I.Varchenko, N.N.Bulgakov, T.Sergeeva, B.Sidiqov,
B.Xanter va boshqalarning ishlarida aks ettirilgan.
Boshlang‗ich sinf о‗quvchilari о‗quv-bilish faoliyatining
universal turlarini
(yozuv, xisob, rasm,...) о‗zlashtirishda kompyuter va axborot texnologiyalardan
vosita sifatida foydalanish N.D.Shetkina, Yu.Ivanov va boshqalarning ishlarida о‗z
aksini topgan.
Boshlang‗ich sinf о‗quvchilari bilan ishlashda kompyuterdan foyda-
lanishning psixololik xamda pedagogik jixatlari, shuningdek, psixolog va
pedagoglarning ta‘lim jarayonini kompyuter vositalaridan
foydalangan xolda
tashkil etish muammolariga bag‗ishlangan tadqiqotlar taxlili asosida chiqarilgan
xulosalar
G.G.Brusnitsina,
T.Yu.Ilina,
Ye.V.Kuznesov,
Ye.I.Mashbis,
S.V.Krapivka va boshqalarning ishlaridan о‗rin olgan.
Kompyuter texnikasi kо‗pgina davlatlarning boshlang‗ich ta‘lim tizimiga
о‗tgan asrning 80-yillar oxirida о‗qitish vositasi sifatida kirib keldi.
Buyuk Britaniyada, jaxonda ilk marotaba Angliya, Uels, Shotlandiya
maktablarida kompyuter darslarini kiritish davlat dasturlari ishlab chiqilgan edi.
Avstraliyada kabi bir qancha davlatlarda boshlang‗ich sinf о‗quvchilariga
kompyuter saboqlarini berish mahalliy ta‘lim tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan.
Sharqiy va Markaziy Yevropada joylashgan mamlakatlar (Chexiya,
Slovakiya, Vengriya, Polsha, Rossiya va boshq.) sо‗nggi besh yil ichida
kompyuter
texnikasi, dasturiy ta‘minotlarni sotib olish, texnik vositalarga xizmat kо‗rsatish va
maktablarni kompyuterlashtirishga xarajatlar xajmi sezilarli darajada oshgan.
Bularning barchasi ta‘lim jarayoniga, jumladan, boshlang‗ich ta‘lim
jarayoniga xam kompyuter texnikasini tatbiq etish yildan yilga kuchayganligini
kо‗rsatmoqda. Jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega
bо‗lgan kompyuter texnikasiga qiziqishning о‗ta kuchayishiga ikkita asosiy sabab
bor. Birinchisi, jahonning xar qanday davlati iqtisodining
xozirgi va kelajakdagi
rivojilanishida axborot ta‘minoti, shuningdek, axborot texnologiyalarning strategik
axamiyatida о‗z aksini topgan. Amerikalik mashxur pedagog Ant.Mallanning
214
ta‘kidlashicha, ikkinchisi, kompyuter ta‘lim tizimiga ta‘limni rivojlantirish vositasi
sifatida qarash kerak.
Bundan kelib chiqib G‗arb siyosatida ikkita jihatni kо‗rish mumkin:
kompyuterni axborot texnologiyalarning muhim bandi sifatida qarash va ommaviy
ravishda maktablarda kompyuterdan maktab dasturidagi turli о‗quv fanlarni
о‗qitishda vosita sifatida foydalanish.
Xorij davlatlar boshlang‗ich ta‘lim tizimida kompyuter texnikasidan
foydalanish tajribasining taxlili bu boradagi ishlar ikki yunalishda olib
borilganligidan dalolat beradi. Xususan, AKSh, Kanada, Angliya, Germaniya va
Daniya kabi davlatlarda kompyuter savodxonligi asoslari,
dasturlash tili
elementlariga ustuvor tarzda karapsa, ikkinchi yо‗nalishga mansub Fransiya,
Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreyada turli fanlarga doir о‗rgatuvchi dasturlar
ishlab chiqish va ulardan dars jarayonida keng foydalanish, internet tarmogi va
masofaviy ta‘lim xizmatidan keng foydalanishga alohida e‘tibor qaratilgan.
Bir qancha olimlar asosiy yondoshuvlar sifatida quyidagilarni kо‗rsatadi:
- О‗quvchilarning
kompyuter
imkoniyatlari
haqidagi
tasavvurlarini
kengaytirish, tafakkurini rivojlantirish, tizimli
va faol ijodiy salohiyatni
rivojlantirish;
- moddiy ta‘minot uchun sarflanuvchi xarajatlarni, laboratoriya jixozlari va
tajriba о‗tkazish uchun vaqtni tejash.
Xorij pedagog olimlari tomonidan qilingan tahlillar mazkur davlatlarda
kompyuter vositalarining ta‘lim rivojiga ta‘siri va uning istiqbollari haqida
quyidagi xulosalarga kelish imkonini berdi:
- kompyuterning maktab dasturiga kiritilgan turli fanlarni о‗qitishda
rivojlantiradigan vosita sifatida foydalanish tendensiyasi yaqqol kо‗rinadi;
- an‘anaviy о‗qitish vositalarini bosqichma-bosqich axborot texnologiyalari
bilan almashtirish (videomatnlar, videodisklar, о‗qitish
uchun interaktiv
multimedia dasturlari va b.).
215
Xorij va MDX, davlatlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish,
kompyuter imkoniyatlari, dasturiy ta‘minot va pedagogik maqsadlardan kelib
chiqqan xolda ta‘limning turli bosqichlarida qо‗llaniladi:
- informatikaning propedevtik kurslarida о‗rganish ob‘ekti sifatida;
- bolani rivojlantirish vositasi sifatida;
- turli fanlarni о‗qitish, darslarni va boshqa turdagi mashg‗ulotlarni qо‗llab-
quvvatlash vositasi sifatida;
- turli xil faoliyat turlarini amalga oshirish vositasi sifatida;
- turli fanlar bо‗yicha yangi integrallashgan kurslarni yaratishda,
axborot -
kommunikatsion predmet muhiti sifatida (о‗qitish texnologiyasi sifat jihatdan
о‗zgaradi, kurs materiallarini о‗rganishda kompyuter doimiy ravishda ishlatiladi).
Boshlang‗ich
ta‘limda
kompyuterdan
foydalanish
yо‗nalishlari
axborotlashtirish jarayonini xar tomonlama tavsiflaydi va bunday xolat ijobiy
jixatdan baholanadi. Bundan kelib chiqqan xolda, о‗ylaymizki о‗qituvchi doimiy
ravishda о‗z pedagogik faoliyatida yuqorida kо‗rib chiqilgan yunalishlarni amalga
oshirishga tayyor turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: