Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

Savol va topshiriqlar 
1.
Boshlang‗ich sinflarda kompyuter 
texnologiyalaridan 
muntazam 
foydalanishning qanday jihatlari mavjud? 
2. Boshlangʻich sinflarda kompyuter oʻziga xos oʻquv vositasi boʻlib, u 
qanday muhim vazifalarni amalga oshiradi? 
24 - §. AXBOROT TURLARI, MATNLI VA SONLI AXBOROTLAR.
Tayanch so’z va iboralar: 
axborot turlari, matnli va sonli axborotlar. 
Axborot voqea va hodisalar haqidagi ma‘lumotlarni beradi. Hodisa, voqealar 
mazmun – mohiyatini ochib beradi. Axborot termini kishilik jamiyatining barcha 
jabhalarida qoʻllaniladi va ular asosida ta‘lim – tarbiya jarayoni olib boriladi 
hamda pedagogik faoliyat boshqariladi. 


207 
Axborot – fanning eng umumiy tushunchalaridan biri. Axborot qandaydir 
ma‘lumot, ba‘zi bir dalillar, bilimlar va h.k. lar mohiyatini anglatadi. Hozirga 
qadar axborotning yagona ta‘rifi ishlab chiqilmagan. Eng koʻp qoʻllanayotgan 
ta‘riflari quyidagicha ifodalanadi: axborot tashqi muhitga moslashish jarayonida 
undan olingan ma‘lumot. 
Demak axborot degan savolga qisqacha javob berishimiz uchun ikkita 
ob‘ektga: manba va iste‘molchi orasidagi bog‗lanishga murojaat qilishimiz zarur. 
Axborot manbaiga tabiiy ob‘ektlar - sayyoralar, yulduzlar, insonlar
hayvonlar, 
oʻsimliklar, maydon, oʻrmonlar hamda fan va texnikani 
rivojlantirishdagi ilmiy tajribalar, mashinalar, texnologik jarayonlar kiradi. 
Axborot iste‘molchilari roʻyxati xam katta boʻlib unga, insonlar, hayvonlar, 
oʻsimliklar, turli xil oʻlchov asboblari kiradi. 
Shuning uchun axborot keng doiradagi tushuncha boʻlib, jamiki ob‘ektlar, 
mavjudodlar, jarayonlar haqidagi ma‘lumotlarni oʻz ichiga oladi. 
Boshlang‗ich sinf oʻquvchilariga axborot atrof-muhit ob‘ektlari va hodisalari, 
ularning oʻlchamlari, xosiyatlari va holatlari toʻg‗risidagi ma‘lumotlar sifatida 
tushuntiriladi. 
Axborotning mavjud boʻlishi, saqlanishi, uzatilishi uchun biror-bir material - 
ob‘ekt boʻlishi zarur. Bunday ob‘ektlar juda koʻp boʻlib va ularning soni taraqqiyot 
natijasida oʻsib bormoqda. Axborot manbalari va iste‘molchilarining har xilligi 
axborot shaklining turli koʻrinishda boʻlishiga olib keldi: 
– belgili (sonli) – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror 
voqea-hodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi; 
– matnli – harf, raqam va belgilar toʻplarnidan tarkib topgan ma‘lum ma‘noni 
anglatuvchi soʻzlardan iborat axborot; 
– grafik – tasvirlardan iborat boʻlgan tasavvur koʻrinishidagi axborotlar. 
Quyida matn va tasvir koʻrinishidagi axborotlarni umumlashtirishni 
oʻrgatishga doir masalani keltiramiz: 


208 
Masala: «Tarvuz 8 kg. Qovunning massasi undan 3 kg farq qiladi. Qovun 
necha kg?» 
1-variant: Tarvuzning massasi 8 kg, qovunning massasi tarvuzning 
massasidan 3 kg og‗ir boʻlsa, u holda qovun 11 kg. 
2-variant: Tarvuzning massasi 8 kg, qovunning massasi tarvuzning 
massasidan 3 kg еngil boʻlsa, u holda qovun 5 kg. 
Masalani еchish davomida jismlar massasiga oid axborotlar (jism og‗irligi, 
massa oʻlchov birliklari) ustida ishlanadi. Oʻquvchilar «og‗ir», «og‗irroq», «engil» 
va «engilroq» atamalarini qoʻllashni ham oʻzlashtirib boradi.
Tasvir va matn koʻrinishiga axborotlar ustida oʻzaro bog‗liqlikda ishlanishi 
bilan birga, tasvir koʻrinishdagi axborotlar ham oʻzaro solishtiriladi (tasvirni 
koʻrinishiga qarab solishtirish: tarvuz tasviri namoyish etiladi va 1-variantdagi 
javobni hosil qilish yoki isbotlash uchun koʻrinishi tarvuzning massasidan kattaroq 
qovun tasviri namoyish etiladi va solishtiriladi. 2-variantdagi javobni hosil qilish 
yoki isbotlash uchun koʻrinishi tarvuz tasviriga nisbatan kichikroq qovun tasviri 
namoyish etiladi va solishtiriladi). 
Tasvirlar va ular toʻg‗risidagi axborotlarni oʻzaro solishtirish va natijalarni 
umumlashtirishga doir quyidagi masalani ham keltirish mumkin: : «Kesmalar 
uzunligini oʻlchang. «AB kesma CD kesmadan necha sm qisqa? CD kesma AB 
kesmadan necha sm uzun». Yechish: AB=6 sm, CD=8sm boʻlsa, 8sm-6sm=2sm. 
Javob: AB kesma CD kesmadan 2 sm qisqa yoki, CD kesma AB kesmadan 2 sm 
uzun.
Sharti (berilishi) bitta ammo, еchimi turli variantlarda beriladigan masalalar 
bir turdagi axborotni ikkinchi axborot bilan solishtirish imkonini beradi va bunday 
koʻrinishdagi masala javoblarini umumlashtirilgan koʻrinishga keltirishga yordam 
beradi. 
Masala: «Axmadjonda 4 ta katakli daftari bor. Ukasidagi qalamlar 
Axmadjonnikidan 2 ta farq qiladi. Ukasida nechta qalam bor?» 
Javoblar quyidagicha koʻrinishda boʻlishi mumkin: 


209 
1-variant: Axmadjonning daftari 4 ta, ukasining daftari unikidan 2 ta farq 
bilan kam boʻlsa, u holda ukasida 2 ta daftar bor. 
2-variant: Axmadjonning daftari 4 ta, ukasining daftari unikidan 2 ta farq 
bilan koʻp boʻlsa, u holda ukasida 6 ta daftar bor. 
Masalani еchish davomida vaziyatlarni baholash (quyidagicha vaziyat 
yaratiladi: 4 ta daftar olinadi. 1-variantdagi javobni hosil qilish yoki isbotlash 
uchun 4 ta daftardan ikkitasi ajratilib olinadi. 2-variantdagi javobni hosil qilish 
yoki isbotlash uchun 4 ta daftarga yana ikkita daftar qoʻshiladi.), toʻla anglash, 
vaziyatlarni solishtirish, barcha ehtimollarni koʻrib chiqish, zarur axborotlarni 
saralab olish va qabul qilishga oʻrgatiladi. Ushbu vaziyat va axborotlarni oʻziga 
xosligini bildiruvchi «ta orttirish» va «ta kamaytirish» atamalari ham oʻzlashtirilib 
boriladi. 
Xulosa qilib aytish lozimki, boshlang‗ich sinflarda oʻrganilayotgan 
axborotlarning turli koʻrinishlari fanning hayotiy-amaliy ahamiyatini namoyish 
etishga imkon berishi lozim. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish