-
oʻquv dasturining sifatli shakllantirilganligi;
-
kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari;
-
shaxsning kompyuter imkoniyatlaridan oʻzlashtirib olish malakalarining
shakllanishi
Ta‘lim
jarayonida
axborot
– kommunikatsion texnologiyalardan
foydalanishda quyidagi bosqichlarga e‘tibor qaratish kerak:
-
ta‘lim oluvchilarda oʻquv materiallarini taqdim etish va tushuntirish
bosqichi,
-
Kompyuter bilan oʻzaro muloqot jarayonida oʻquv materiallarini
oʻzlashtirish bosqichi;
-
Oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalarni takrorlash hamda
mustahkamlash bosqichi;
-
Erishilgan yutuq va natijalarini oʻzini – oʻzi tekshirish orqali nazorat
qilish bosqichi;
-
Nazorat bosqichi;
-
Oʻzini – oʻzi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga koʻra
oʻquv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini
korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi.
7
Ta‘limda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tashkil
etilgan darslardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari mavjud.
Uning oʻquv-tarbiyaviy jihatlari:
- oʻqituvchi oʻquvchi bilimining hajmi va toʻg‗riligini emas, balki
anglanganlik darajasini hisobga oladi;
- hozirjavobligi va bilimni amaliyotga tatbiq qila olish darajasini tekshirish;
7
J.Yo‗ldoshev, F.Yo‗ldosheva, G.Yo‗ldosheva. Interfaol ta'lim sifat kafolati. –T.: 2008-yil, 82-84-betlar.
43
- oʻquvchi javoblariga uning ijobiy va salbiy tomonlarini koʻrsatib taqriz
berish;
- ayrim oʻquvchilarning bilimini tekshirishda butun sinfning faol ishtiroki.
- kompyuter vositalarini qoʻllashning yana bir muhim jihati jamoaviy
tadqiqot xarakgeriga ega boʻlgan innovatsion metodlardan foydalanishdir. Bu
metodlar oʻquvchining mustaqil ijodiy faoliyatida muammolar еchimini izlash va
mustaqil qaror qabul qilishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Bunday darslarda oʻquvchilarga «ijodiy ish» berish mumkin. Bu ularning
bilimni chuqur egallaganliklarini namoyish etish imkonini beradi. Bunda
oʻqituvchi va oʻquvchilarga multimedia yordamga keladi. Bu vazifani bajarishda
musiqa, video, rasmlardan foydalanish ularning oʻtilgan mavzuni qanday eshitish
va koʻrishlarini namoyon etadi.
Oʻquv jarayonida oʻqitishning texnik vositalaridan faol foydalanilishiga
qaramasdan, ular yordamchi didaktik vosita hisoblanadi. An‘anaviy ta‘limda
oʻqituvchi bilim beruvchi sifatida asosiy rol oʻynaydi. Oʻqituvchining oʻquvchilar
bilan muloqoti axborot uzatishning asosi hisoblanadi. Oʻqitishning oʻqituvchi va
oʻquvchining muloqotiga asoslangan an‘anaviy usullaridan foydalanish texnika
qanchalik mukammal boʻlmasin, faoliyat toʻg‗ri tashkil etilmasa yaxshi natija
bermaydi. Albatta, bunday muloqotning axborot bilan toʻyinganligi va pedagogik-
psixologik jihatdan oʻquvchiga mosligi jarayonda ishlatilayotgan texnik vositalar
darajasiga bog‗liq.
Kompyuter oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida vositachi boʻlib xizmat qilish
bilan birga, oʻquv jarayonining bir qismini oʻz zimmasiga oladi. Bunda
ma‘lumotlarni saqlash uchun uning xotirasi va qayta ishlash uchun multimedia
vositalari bor. Shu bilan birga, turli ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyati
mavjud. Shu sababli oʻquvchi tarmoq orqali istagan ma‘lumotini olishi mumkin.
Oʻquv materiallarining gipermatnli strukturaga ega ekanligi jadal oʻqitishga
imkon yaratadi.
44
Eng avvalo, bu oʻquvchilarning mustaqil ishlashlari hisobiga oʻquv
jarayonini optimallashtirish, uning sifati va samarasini oshirish imkoniyatining
paydo boʻlishi bilan bog‗liq. Oʻqish jarayonida kompyuter vositalaridan
foydalanish natijasida oʻquvchi birlamchi ma‘lumotni oʻqituvchidan emas, balki
kompyuter vositalaridan oladi. Oʻquvchi u yoki bu predmetni shu yoʻl bilan
oʻrganishi mumkin. Bunda oʻquvchining bilim olishiga juda keng imkoniyatlar
ochiladi. Mustaqil oʻrganish jarayonida u cheklanmagan hajmda axborot olishi va
doimo turli axborot manbalari bilan maslahatlashib turishi mumkin. Bundan
tashqari, kompyuter oʻz-oʻzini sinash imkoniyatini yaratadi, bu oʻquvchining
ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. Oʻquv jarayonida kompyuter
vositalaridan foydalanish ushbu jarayonning jadallashuvining asosi hamdir.
Shunday qilib, kompyuter vositalari yordamida olib boriladigan dars
an‘anaviy darsdan oʻquv jarayonini tashkil etish va unda ishlatiladigan metodlar
bilan ham farqlanadi. Oʻqish jarayoni oʻquvchining mustaqil bilim olishiga
asoslanadi. Bu tamoyil oʻqitish jarayonida ishtirok etuvchi sub‘ektlarning
munosabatini va oʻqituvchining jarayondagi rolini aniqlaydi.
Axborot texnalogiyalari, kompyuterli darslarning qulayligi shundaki, unda
oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket
kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak xollarda tuzatishlar kiritib borishga
imkoniyat yaratiladi.
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari, kompyuter asosida darslarda
qiziqish, oʻzini-oʻzi boshqarish, yangi bilimlarni oʻzlashtirib borishga intilish dars
oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda oʻquvchining bilim olish
motivatsiyasi oshib boradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki,
Oʻqitish jarayoni pedagog, talim oluvchi va
oʻqitish vositalarining oʻzoro ta‘siridan iborat boʻlib, hozirgi zamon axborot
texnologiyalari imkoiyatlari oʻqitish vositalariga oʻqituvchi va ta‘lim oluvchi
vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi
45
Axborot-kommnunikatsiya texnologiyalari qoʻllaniladigan darslarning
qulayligi shundaki, unda oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirib
olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak
holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.
Ta‘limda
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarini
qoʻllash
orqali
oʻqitishning va bilimlarni oʻzlashtirishrishning nutq, soʻz, tovush bilan bog‗langan
usullari ikkinchi navbatga oʻtib, oʻqitishning tasavvurlar, shakllar, rang, tasviriy
koʻrsatuvlar bilan bog‗liq usullari birinchi oʻringa oʻta boshlaydi.
1.
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish,
oʻzini - oʻz boshqarish, yangi bilimlarni oʻzlashtirib borishga intilish dars
oxirigacha saqlanib qoladi.
2.
Axborot texnologiyalaridan foydalanishda axborotlarning jamlanganligi,
koʻrgazmaliligi, ya‘ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi,
animatsiyalardan foydalanish, ta‘lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik
xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish oʻquvchilarda bilim olishga
boʻlgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda o‗quvchilarning faqatgina insoniyat tomonidan to‗plangan
bilimlar va tajribalarni o‗zlashtirishlari bilan cheklanmaslik, o‗quvchida doimiy
mustaqil ta‘lim olish ehtiyojini tarbiyalash, mustaqillik, faollik, sub‘ektivlik kabi
shaxs sifatlarini shakllantirishga imkon beradigan o‗qitishning yangi shakllari va
metodlarini ta‘lim jarayoniga tadbiq etish zarur. Bu vazifa boshlang‗ich ta‘lim
bosqichidanoq qo‗yiladi, chunki o‗qituvchilarning boshlang‗ich ta‘limda
shakllantiriladigan ko‗nikma va malakalari butun hayot davomida foydalaniladi.
Boshlang‗ich sinfda bola ilk bor ta‘limda mustaqillikni namoyon eta
boshlaydi. Bu umumta‘lim bosqichidagi ta‘limning muvaffaqiyatiga bog‗liq
bo‗ladi. Mazkur muammoni hal etishni ko‗pgina tadqiqotchilar yangi axborot
texnologiyalaridan ta‘limda keng foydalanishda, ya‘ni o‗quv-tarbiya jarayonini eng
yangi texnologik vositalar, birinchi navbatda axborot texnologiyalari va ular
46
yordamida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish bilan tashkil etishda
ko‗radilar.
Psixologlarning fikrlariga ko‗ra, insonning birinchi tajribasi uning tashkiliy
identifikatsiyasining asosi hisoblanadi. Ilk taassurotlar hal etuvchi bo‗ladi, doimiy
idrok etishga ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun axborot jamiyati sharoitlarida bolaga
imkon qadar ertaroq kompyuter – uning umr bo‗yi hamkori ekanligini his qilishini
ta‘minlash imkonini berish kerak.
Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib o‗quv jarayonini tashkil etishning
samaradorligi asosan ikki omillar bilan belgilanadi:
- pedagogik dasturiy vositalarning sifati bilan,
- o‗qituvchiga mazkur vositalarning sifatini va uning kasbiy faoliyati
doirasidagi muayyan aniq vaziyatda ularning qo‗llanilishini baholashga imkon
beruvchi o‗qituvchining maxsus axborot kompetentligi bilan.
Ma‘lumki, kasbiy faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi
o‗qituvchilar mazkur texnologiyalardan foydalanish bilan darslarni o‗tkazish o‗quv
jarayonini takomillashtirish va faollashtirishga; o‗quvchilarda aqliy va amaliy
hatti-harakatlarni bajarishga ijobiy motivatsiyani yaratishga; turli analizatorlarga
ta‘sir etish hisobiga bilimlarni o‗zlashtirish jarayoni samaradorligini oshirishga;
qo‗lning mayda motorikasini, diqqatni va xotirani rivojlantirishga; darsda vaqtdan
optimal foydalanishga erishadilar.
Amaliyotning ko‗rsatishicha, axborot kompetentlikka ega o‗qituvchi
tomonidan darsda sifatli pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishi boshlang‗ich
ta‘limda o‗qish jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Tadqiqotchilar pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish bilan o‗qish
jarayonining samaradorligini oshirishning quyidagi tashkil etuvchilarini ajratadilar:
- doimiy qayta aloqani tashkil etish.
O‗quvchilarda zaruriy bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirish
jarayonini muvaffaqiyatli boshqarish uchun o‗qituvchi pedagogik ta‘sir
ko‗rsatishning natijalari qandayligi to‗g‗risidagi ma‘lumotga ega bo‗lishi, ya‘ni
47
doimiy qayta aloqaga ega bo‗lishi kerak. Qayta aloqali tizim o‗z ichiga bevosita
aloqa, qayta aloqa va bevosita aloqani korreksiyalashni kiritadi. Аn‘anaviy
o‗qitishda qayta aloqa nafaqat zaif hisoblanadi, balki tez ta‘sir etish va
ishonchlilikning yetishmasligi bilan ifodalanishi va buning oqibatida bilimlarda
bo‗shliqlar yuzaga kelishiga sabab bo‗ladi.
Har bir darsda qayta aloqa joriy nazorat shaklida amalga oshiriladi. Undan
tizimli foydalanish o‗qituvchiga avvalgi material qanday o‗zlashtirilganligini,
bolalar
dars
davomida
o‗quv
materialining
mazmunini
qanday
o‗zlashtirayotganliklarini tekshirish, o‗quvchilarning bilimlaridagi bo‗shliqlarni
aniqlash va mazkur bo‗shliqlarni bartaraf etish yoki kamaytirishga qaratilgan
tegishli korreksiyani amalga oshirish imkonini beradi.
Ammo sinf bilan ishlashda o‗qituvchi har bir o‗quvchining o‗quv
faoliyatining alohida doimiy operativ nazoratini amalga oshirish imkoniga ega
bo‗lmaydi. Bu ayniqsa boshlang‗ich ta‘limda o‗tkir muammoli masala hisoblanadi.
kichik yoshdagi o‗quvchilar o‗qishda yetarli tajribaga va bilimlarga ega bo‗lmay,
mazmunida va bajarish metodlarida ko‗pgina xatoliklarga yo‗l qo‗yishlari mumkin.
Vaqtida to‗g‗rilanmagan xatoliklar esa bartaraf etish qiyin bo‗ladigan
o‗zlashtiriladigan bilimlar sohasidagi noto‗g‗ri tasavvurlarni mustahkamlaydilar.
Boshlang‗ich ta‘limda nazoratning eng keng tarqalgan shakli so‗rov
hisoblanadi. Аgar so‗rov tezkor sur‘atda amalga oshirilsa, fikrlashning sustlashgan
turiga ega o‗quvchilar o‗qituvchining bergan savollarini anglashga ulgurmaydilar
va o‗zlarini passiv tutib, darsda yuz berayotganlarga qiziqishlarini yo‗qotadilar.
Agar so‗rov sust ta‘sirlanishga ega o‗quvchilarga yo‗naltirilgan bo‗lsa, unda faol
ta‘sirli o‗quvchilarning darsga qiziqishlari yo‗qoladi. Og‗zaki so‗rovning mazkur
kamchiliklarini yozma ishlar ahamiyatli darajada bartaraf etadi. Ammo bunda ham
o‗z kamchiliklari mavjuddir. Masalan, nazoratning ob‘ektivligi darajasini tashqi
yordam pasaytiradi. Shunga ko‗ra, ommaviy amaliyotda o‗qituvchi tomonidan
uning boshqaruvchi ta‘sirlarining natijalari to‗g‗risida axborotni operativ olishi
sodir bo‗lmaydi.
48
Boshlang‗ich ta‘limda axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan o‗qitishni
tashkil etish doimiy to‗liq nazoratni amalga oshirishga imkon beradi va bunda
nafaqat o‗zlashtirish natijalarini, balki jarayonning o‗zini nazorat qilish mumkin
bo‗ladi. O‗quvchi bajariladigan topshiriqlarning natijasini va yo‗l qo‗yilgan
xatolarning sonini axborot texnologiyalari bilan ishlash vaqtida va ish yakunlanishi
bilan yakuniy natijani ko‗radi. Qayta aloqani bunday qurish ma‘lumotni
o‗zlashtirishning to‗g‗riligini ta‘minlaydi, ta‘lim oluvchiga u amalga oshiradigan
faoliyatning har bir bosqichini anglashga imkon beradi, kichik maktab yoshidagi
bolalarda shakllanganlik darajasi yetarli bo‗lmagan, uning o‗z-o‗zini nazorat
qilishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga ishonchini hosil qiladi. Bolada
refleksiya – o‗z faoliyati usullari, hatti-harakatlari prinsiplarini anglash
shakllanadi.
Kompyuter o‗quvchilarning javoblari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni jamlab
borishi mumkinligi sababli, o‗qituvchi har bir o‗quvchining materialni
o‗zlashtirishining barcha bosqichlarining nazoratini amalga oshirish imkoniga ega
bo‗ladi. Dasturning nafaqat xatoni, balki uning xususiyatini ham aniqlashi,
o‗quvchi duch keladigan qiyinchiliklarni yanada aniqroq belgilashga va eng erta
bosqichlardan korreksion ishlarni yanada to‗g‗ri o‗tkazishga imkon beradi. Qayta
aloqaning bunday xususiyati o‗qituvchiga ta‘lim oluvchiga individual yondashuv
bo‗yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga, ta‘lim oluvchilarning faoliyatlariga
tuzatishlar kiritishga sharoit yaratadi. Bunda o‗qituvchining yozma ishlarga
sarflanadigan ko‗pgina vaqti tejaladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, boshlang‗ich ta‘lim o‗quv jarayonida
kompyuterlardan foydalanish o‗qish motivatsiyasini rivojlantiradi bundan tashqari,
ta‘lim olishning intensivligini oshadi, zaruriy o‗quv materiallari hajmini
ko‗paytirish imkoni paydo bo‗ladi, o‗quvchilarda diqqat topshiriqlarning
mohiyatiga jamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |