127
modellar, grafiklar, diagrammalar, grafiklar) va geometrik bilimlar (geometrik
figuralarni) ni tasviriy axborotlarsiz ya‘ni, tasvirlarsiz oʻrgatish mumkin emas.
Algebraik
materiallarni
oʻrgatishda axborot texnologiyalaridan
foydalanish.
Boshlang‗ich sinflar dasturida algebra materiali mustaqil boʻlim
sifatida
ajratilmagan. Boshlang‗ich matematika kursida algebra elementlarini oʻrganish
arifmetikani oʻrganish masalalari bilan uzviy bog‗likdir. Hozir amal qilinayotgan
dasturga muvofiq oʻquvchilar matematik ifodalar, sonli tengliklar va tenglamalar
haqida boshlang‗ich ma‘lumotlar
olishlari lozim, harfiy simvolika (belgilash),
oʻzgaruvchi bilan tanishishlari, eng sodda tenglama va tengsizliklarni еchishni
oʻrganishlari kerak.
Boshlang‗ich sinflarda oʻquvchilar bilan tenglik,
tengsizlik, tenglama kabi
matematik ifodalar (sonli ifoda va oʻzgaruvchili ifodalar) haqidagi tushunchalarni
shakllantirish boʻyicha rejali ish olib boriladi. Bu tushunchalarning hammasi
oʻzaro uzviy bog‗langandir. Masalan, harfiy simvolikani kiritish oʻquvchilarga
tengsizlik, tenglama va boshqa tushunchalar uchun propedevtik material sifatida
tanishtirish imkonini beradi. Harfdan oʻzgaruvchini
ifodalovchi simvol sifatida
foydalanish boshlang‗ich matematika kursida qaraladigan arifmetika nazariyasi
masalalarini ongli, chuqur va umumlashgan holda oʻzlashtirish maqsadlariga
xizmat qiladi, keyinchalik bolalarni oʻzgaruvchi funksiya tushunchalari bilan
tanishtirish uchun yaxshi tayyorgarlik boʻladi. Oʻquvchilarda tenglik va tengsizlik
tushunchalarini shakllantirish boʻyicha bajariladigan ishlar
tenglamalar еchish va
masalalarni tenglama tuzish yoʻli bilan еchishni kiritish uchun tayyorgarlik boʻlib
xizmat qiladi.
Sonli ifodalarning qiymatini topishga doir misol va masalalar birinchi sinfdan
boshlab oʻrganiladi. Abatta sonli ifodalarning qiymatini topish yuzasidan misollar
dastlab tasvirlar koʻrinishida tushuntiriladi. Tasvirlarni namoyish qilishda axborot
texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
128
Shuningdek masalalar еchimini topishga doir syujetli tasvirlar (video roliklar)
sonli ifodalarnning qiymatini topishga, shuningdek,
harfli ifodalar bilan
tanishtirishga ham yordam beradi.
«Ifoda», «Ifodaning qiymati» atamalari ikkinchi sinfda kiritiladi. Shu vaqtdan
boshlab topshiriqlar ushbu shaklda beriladi: «Ifodani yoz va uning qiymatini
hisobla», «Ifodalarni taqqosla», «Ifodani oʻqi», «Berilgan masala boʻyicha ifoda
tuz». «Berilgan ifoda boʻyicha masala tuz» va hokazo.
Bunday koʻrinishdagi topshiriqlarning bajarilishini jadval koʻrinishida
ifodalash mumkin. Masalan, agar s=16, 33, 48,
Do'stlaringiz bilan baham: