Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

-
 
oʻquv dasturining sifatli shakllantirilganligi; 
-
 
kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari; 
-
 
shaxsning kompyuter imkoniyatlaridan oʻzlashtirib olish malakalarining 
shakllanishi 
Ta‘lim 
jarayonida 
axborot 
– kommunikatsion texnologiyalardan 
foydalanishda quyidagi bosqichlarga e‘tibor qaratish kerak: 
-
 
ta‘lim oluvchilarda oʻquv materiallarini taqdim etish va tushuntirish 
bosqichi,
-
 
Kompyuter bilan oʻzaro muloqot jarayonida oʻquv materiallarini 
oʻzlashtirish bosqichi; 
-
 
Oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalarni takrorlash hamda 
mustahkamlash bosqichi; 
-
 
Erishilgan yutuq va natijalarini oʻzini – oʻzi tekshirish orqali nazorat 
qilish bosqichi; 
-
 
Nazorat bosqichi; 
-
 
Oʻzini – oʻzi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga koʻra 
oʻquv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini 
korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi.
7
Ta‘limda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tashkil 
etilgan darslardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. 
Uning oʻquv-tarbiyaviy jihatlari: 
- oʻqituvchi oʻquvchi bilimining hajmi va toʻg‗riligini emas, balki 
anglanganlik darajasini hisobga oladi; 
- hozirjavobligi va bilimni amaliyotga tatbiq qila olish darajasini tekshirish; 
7
J.Yo‗ldoshev, F.Yo‗ldosheva, G.Yo‗ldosheva. Interfaol ta'lim sifat kafolati. –T.: 2008-yil, 82-84-betlar. 


43 
- oʻquvchi javoblariga uning ijobiy va salbiy tomonlarini koʻrsatib taqriz 
berish; 
- ayrim oʻquvchilarning bilimini tekshirishda butun sinfning faol ishtiroki. 
- kompyuter vositalarini qoʻllashning yana bir muhim jihati jamoaviy 
tadqiqot xarakgeriga ega boʻlgan innovatsion metodlardan foydalanishdir. Bu 
metodlar oʻquvchining mustaqil ijodiy faoliyatida muammolar еchimini izlash va 
mustaqil qaror qabul qilishga yoʻnaltirilgan boʻladi. 
Bunday darslarda oʻquvchilarga «ijodiy ish» berish mumkin. Bu ularning 
bilimni chuqur egallaganliklarini namoyish etish imkonini beradi. Bunda 
oʻqituvchi va oʻquvchilarga multimedia yordamga keladi. Bu vazifani bajarishda 
musiqa, video, rasmlardan foydalanish ularning oʻtilgan mavzuni qanday eshitish 
va koʻrishlarini namoyon etadi. 
Oʻquv jarayonida oʻqitishning texnik vositalaridan faol foydalanilishiga 
qaramasdan, ular yordamchi didaktik vosita hisoblanadi. An‘anaviy ta‘limda 
oʻqituvchi bilim beruvchi sifatida asosiy rol oʻynaydi. Oʻqituvchining oʻquvchilar 
bilan muloqoti axborot uzatishning asosi hisoblanadi. Oʻqitishning oʻqituvchi va 
oʻquvchining muloqotiga asoslangan an‘anaviy usullaridan foydalanish texnika 
qanchalik mukammal boʻlmasin, faoliyat toʻg‗ri tashkil etilmasa yaxshi natija 
bermaydi. Albatta, bunday muloqotning axborot bilan toʻyinganligi va pedagogik-
psixologik jihatdan oʻquvchiga mosligi jarayonda ishlatilayotgan texnik vositalar 
darajasiga bog‗liq.
Kompyuter oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida vositachi boʻlib xizmat qilish 
bilan birga, oʻquv jarayonining bir qismini oʻz zimmasiga oladi. Bunda 
ma‘lumotlarni saqlash uchun uning xotirasi va qayta ishlash uchun multimedia 
vositalari bor. Shu bilan birga, turli ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyati 
mavjud. Shu sababli oʻquvchi tarmoq orqali istagan ma‘lumotini olishi mumkin. 
Oʻquv materiallarining gipermatnli strukturaga ega ekanligi jadal oʻqitishga 
imkon yaratadi.


44 
Eng avvalo, bu oʻquvchilarning mustaqil ishlashlari hisobiga oʻquv 
jarayonini optimallashtirish, uning sifati va samarasini oshirish imkoniyatining 
paydo boʻlishi bilan bog‗liq. Oʻqish jarayonida kompyuter vositalaridan 
foydalanish natijasida oʻquvchi birlamchi ma‘lumotni oʻqituvchidan emas, balki 
kompyuter vositalaridan oladi. Oʻquvchi u yoki bu predmetni shu yoʻl bilan 
oʻrganishi mumkin. Bunda oʻquvchining bilim olishiga juda keng imkoniyatlar 
ochiladi. Mustaqil oʻrganish jarayonida u cheklanmagan hajmda axborot olishi va 
doimo turli axborot manbalari bilan maslahatlashib turishi mumkin. Bundan 
tashqari, kompyuter oʻz-oʻzini sinash imkoniyatini yaratadi, bu oʻquvchining 
ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. Oʻquv jarayonida kompyuter 
vositalaridan foydalanish ushbu jarayonning jadallashuvining asosi hamdir. 
Shunday qilib, kompyuter vositalari yordamida olib boriladigan dars 
an‘anaviy darsdan oʻquv jarayonini tashkil etish va unda ishlatiladigan metodlar 
bilan ham farqlanadi. Oʻqish jarayoni oʻquvchining mustaqil bilim olishiga 
asoslanadi. Bu tamoyil oʻqitish jarayonida ishtirok etuvchi sub‘ektlarning 
munosabatini va oʻqituvchining jarayondagi rolini aniqlaydi. 
Axborot texnalogiyalari, kompyuterli darslarning qulayligi shundaki, unda 
oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket 
kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak xollarda tuzatishlar kiritib borishga 
imkoniyat yaratiladi. 
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari, kompyuter asosida darslarda 
qiziqish, oʻzini-oʻzi boshqarish, yangi bilimlarni oʻzlashtirib borishga intilish dars 
oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda oʻquvchining bilim olish 
motivatsiyasi oshib boradi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki,
 
Oʻqitish jarayoni pedagog, talim oluvchi va 
oʻqitish vositalarining oʻzoro ta‘siridan iborat boʻlib, hozirgi zamon axborot 
texnologiyalari imkoiyatlari oʻqitish vositalariga oʻqituvchi va ta‘lim oluvchi 
vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi 


45 
Axborot-kommnunikatsiya texnologiyalari qoʻllaniladigan darslarning 
qulayligi shundaki, unda oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirib 
olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak 
holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.
Ta‘limda 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarini 
qoʻllash 
orqali 
oʻqitishning va bilimlarni oʻzlashtirishrishning nutq, soʻz, tovush bilan bog‗langan 
usullari ikkinchi navbatga oʻtib, oʻqitishning tasavvurlar, shakllar, rang, tasviriy 
koʻrsatuvlar bilan bog‗liq usullari birinchi oʻringa oʻta boshlaydi.
1.
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, 
oʻzini - oʻz boshqarish, yangi bilimlarni oʻzlashtirib borishga intilish dars 
oxirigacha saqlanib qoladi.
2.
Axborot texnologiyalaridan foydalanishda axborotlarning jamlanganligi, 
koʻrgazmaliligi, ya‘ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, 
animatsiyalardan foydalanish, ta‘lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik 
xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish oʻquvchilarda bilim olishga 
boʻlgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda o‗quvchilarning faqatgina insoniyat tomonidan to‗plangan 
bilimlar va tajribalarni o‗zlashtirishlari bilan cheklanmaslik, o‗quvchida doimiy 
mustaqil ta‘lim olish ehtiyojini tarbiyalash, mustaqillik, faollik, sub‘ektivlik kabi 
shaxs sifatlarini shakllantirishga imkon beradigan o‗qitishning yangi shakllari va 
metodlarini ta‘lim jarayoniga tadbiq etish zarur. Bu vazifa boshlang‗ich ta‘lim 
bosqichidanoq qo‗yiladi, chunki o‗qituvchilarning boshlang‗ich ta‘limda 
shakllantiriladigan ko‗nikma va malakalari butun hayot davomida foydalaniladi. 
Boshlang‗ich sinfda bola ilk bor ta‘limda mustaqillikni namoyon eta 
boshlaydi. Bu umumta‘lim bosqichidagi ta‘limning muvaffaqiyatiga bog‗liq 
bo‗ladi. Mazkur muammoni hal etishni ko‗pgina tadqiqotchilar yangi axborot 
texnologiyalaridan ta‘limda keng foydalanishda, ya‘ni o‗quv-tarbiya jarayonini eng 
yangi texnologik vositalar, birinchi navbatda axborot texnologiyalari va ular 


46 
yordamida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish bilan tashkil etishda 
ko‗radilar. 
Psixologlarning fikrlariga ko‗ra, insonning birinchi tajribasi uning tashkiliy 
identifikatsiyasining asosi hisoblanadi. Ilk taassurotlar hal etuvchi bo‗ladi, doimiy 
idrok etishga ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun axborot jamiyati sharoitlarida bolaga 
imkon qadar ertaroq kompyuter – uning umr bo‗yi hamkori ekanligini his qilishini 
ta‘minlash imkonini berish kerak. 
Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib o‗quv jarayonini tashkil etishning 
samaradorligi asosan ikki omillar bilan belgilanadi: 
- pedagogik dasturiy vositalarning sifati bilan, 
- o‗qituvchiga mazkur vositalarning sifatini va uning kasbiy faoliyati 
doirasidagi muayyan aniq vaziyatda ularning qo‗llanilishini baholashga imkon 
beruvchi o‗qituvchining maxsus axborot kompetentligi bilan.
Ma‘lumki, kasbiy faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi 
o‗qituvchilar mazkur texnologiyalardan foydalanish bilan darslarni o‗tkazish o‗quv 
jarayonini takomillashtirish va faollashtirishga; o‗quvchilarda aqliy va amaliy 
hatti-harakatlarni bajarishga ijobiy motivatsiyani yaratishga; turli analizatorlarga 
ta‘sir etish hisobiga bilimlarni o‗zlashtirish jarayoni samaradorligini oshirishga; 
qo‗lning mayda motorikasini, diqqatni va xotirani rivojlantirishga; darsda vaqtdan 
optimal foydalanishga erishadilar. 
Amaliyotning ko‗rsatishicha, axborot kompetentlikka ega o‗qituvchi 
tomonidan darsda sifatli pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishi boshlang‗ich 
ta‘limda o‗qish jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. 
Tadqiqotchilar pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish bilan o‗qish 
jarayonining samaradorligini oshirishning quyidagi tashkil etuvchilarini ajratadilar: 
- doimiy qayta aloqani tashkil etish. 
O‗quvchilarda zaruriy bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirish 
jarayonini muvaffaqiyatli boshqarish uchun o‗qituvchi pedagogik ta‘sir 
ko‗rsatishning natijalari qandayligi to‗g‗risidagi ma‘lumotga ega bo‗lishi, ya‘ni 


47 
doimiy qayta aloqaga ega bo‗lishi kerak. Qayta aloqali tizim o‗z ichiga bevosita 
aloqa, qayta aloqa va bevosita aloqani korreksiyalashni kiritadi. Аn‘anaviy 
o‗qitishda qayta aloqa nafaqat zaif hisoblanadi, balki tez ta‘sir etish va 
ishonchlilikning yetishmasligi bilan ifodalanishi va buning oqibatida bilimlarda 
bo‗shliqlar yuzaga kelishiga sabab bo‗ladi. 
Har bir darsda qayta aloqa joriy nazorat shaklida amalga oshiriladi. Undan 
tizimli foydalanish o‗qituvchiga avvalgi material qanday o‗zlashtirilganligini, 
bolalar 
dars 
davomida 
o‗quv 
materialining 
mazmunini 
qanday 
o‗zlashtirayotganliklarini tekshirish, o‗quvchilarning bilimlaridagi bo‗shliqlarni 
aniqlash va mazkur bo‗shliqlarni bartaraf etish yoki kamaytirishga qaratilgan 
tegishli korreksiyani amalga oshirish imkonini beradi. 
Ammo sinf bilan ishlashda o‗qituvchi har bir o‗quvchining o‗quv 
faoliyatining alohida doimiy operativ nazoratini amalga oshirish imkoniga ega 
bo‗lmaydi. Bu ayniqsa boshlang‗ich ta‘limda o‗tkir muammoli masala hisoblanadi. 
kichik yoshdagi o‗quvchilar o‗qishda yetarli tajribaga va bilimlarga ega bo‗lmay, 
mazmunida va bajarish metodlarida ko‗pgina xatoliklarga yo‗l qo‗yishlari mumkin. 
Vaqtida to‗g‗rilanmagan xatoliklar esa bartaraf etish qiyin bo‗ladigan 
o‗zlashtiriladigan bilimlar sohasidagi noto‗g‗ri tasavvurlarni mustahkamlaydilar. 
Boshlang‗ich ta‘limda nazoratning eng keng tarqalgan shakli so‗rov 
hisoblanadi. Аgar so‗rov tezkor sur‘atda amalga oshirilsa, fikrlashning sustlashgan 
turiga ega o‗quvchilar o‗qituvchining bergan savollarini anglashga ulgurmaydilar 
va o‗zlarini passiv tutib, darsda yuz berayotganlarga qiziqishlarini yo‗qotadilar. 
Agar so‗rov sust ta‘sirlanishga ega o‗quvchilarga yo‗naltirilgan bo‗lsa, unda faol 
ta‘sirli o‗quvchilarning darsga qiziqishlari yo‗qoladi. Og‗zaki so‗rovning mazkur 
kamchiliklarini yozma ishlar ahamiyatli darajada bartaraf etadi. Ammo bunda ham 
o‗z kamchiliklari mavjuddir. Masalan, nazoratning ob‘ektivligi darajasini tashqi 
yordam pasaytiradi. Shunga ko‗ra, ommaviy amaliyotda o‗qituvchi tomonidan 
uning boshqaruvchi ta‘sirlarining natijalari to‗g‗risida axborotni operativ olishi 
sodir bo‗lmaydi. 


48 
Boshlang‗ich ta‘limda axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan o‗qitishni 
tashkil etish doimiy to‗liq nazoratni amalga oshirishga imkon beradi va bunda 
nafaqat o‗zlashtirish natijalarini, balki jarayonning o‗zini nazorat qilish mumkin 
bo‗ladi. O‗quvchi bajariladigan topshiriqlarning natijasini va yo‗l qo‗yilgan 
xatolarning sonini axborot texnologiyalari bilan ishlash vaqtida va ish yakunlanishi 
bilan yakuniy natijani ko‗radi. Qayta aloqani bunday qurish ma‘lumotni 
o‗zlashtirishning to‗g‗riligini ta‘minlaydi, ta‘lim oluvchiga u amalga oshiradigan 
faoliyatning har bir bosqichini anglashga imkon beradi, kichik maktab yoshidagi 
bolalarda shakllanganlik darajasi yetarli bo‗lmagan, uning o‗z-o‗zini nazorat 
qilishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga ishonchini hosil qiladi. Bolada 
refleksiya – o‗z faoliyati usullari, hatti-harakatlari prinsiplarini anglash 
shakllanadi. 
Kompyuter o‗quvchilarning javoblari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni jamlab 
borishi mumkinligi sababli, o‗qituvchi har bir o‗quvchining materialni 
o‗zlashtirishining barcha bosqichlarining nazoratini amalga oshirish imkoniga ega 
bo‗ladi. Dasturning nafaqat xatoni, balki uning xususiyatini ham aniqlashi, 
o‗quvchi duch keladigan qiyinchiliklarni yanada aniqroq belgilashga va eng erta 
bosqichlardan korreksion ishlarni yanada to‗g‗ri o‗tkazishga imkon beradi. Qayta 
aloqaning bunday xususiyati o‗qituvchiga ta‘lim oluvchiga individual yondashuv 
bo‗yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga, ta‘lim oluvchilarning faoliyatlariga 
tuzatishlar kiritishga sharoit yaratadi. Bunda o‗qituvchining yozma ishlarga 
sarflanadigan ko‗pgina vaqti tejaladi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, boshlang‗ich ta‘lim o‗quv jarayonida 
kompyuterlardan foydalanish o‗qish motivatsiyasini rivojlantiradi bundan tashqari, 
ta‘lim olishning intensivligini oshadi, zaruriy o‗quv materiallari hajmini 
ko‗paytirish imkoni paydo bo‗ladi, o‗quvchilarda diqqat topshiriqlarning 
mohiyatiga jamlanadi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish