Ko’krak bezi saratoni nima degani?
Ko’krak bezi saratoni (KBS) ko’p faktorlik kasallik bo’lib, uning rivojlanishi
tashqi muhit va gormonlar ta’siri natijasida ko’krak bezi hujayralaridagi genom
o’zgarishiga bo’gliq bo’ladi. Bu kasallikka asosan ayollar moyil bo’lib, erkaklarda u
1foizdan kam hollarda uchraydi.Ko’krak bezi saratoni bilan kasallanish xavfini
ko’plab faktorlar belgilaydi bularga;
Gormonal faktorlar;
1) Endogen (hayz ko’rishni erta boshlanishi, kechki menopauza (hayz
ko’rishni tugatish), tug’maslik yoki juda kech tug’ish.
2) Ekzogen-o’rinbosuvchi gormonli terapiya, oral kontraseptsiya vositalarini
noto’g’ri qabul qilish.
3) Turmush tarzi va tashqi muhit.
4) Radiatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |