Retikulyar va qon yaratuvchi to’qimalar o’smasi ko‘pincha qon yaratilishining
buzilishidan leykozlar, limfosarkoma, retikulosarkoma, myeloma, xloroma va
limfagranulematoz paydo bo‘ladi.
Limfosarkoma va retikulosarkoma- limfa tugunlaridan o‘sadi. Bulardan
retikulosarkoma limfa tugunlarining follikulalaridan , limfosarkoma esa limfotsit
tipidagi hujayralardan o‘sadi.
O‘smalar tez o‘sib, qo‘shni to‘qimalarga metastaz beradi.
Mieloma- suyak ko‘migidan o‘sib va suyak to‘qimalarini yemirib, ularni
mo‘rtlashtirib sinuvchan qiladi. Mieloma kasalligida oqsil almashinuvi buziladi.
Xloroma-mieloid to‘qimaning o‘sishidan paydo bo‘ladi. Xloroma yashil tusda
bo‘lib, yosh bolalar va o‘smirlarda uchraydi. Xloroma ko‘proq kalla , ko‘krak va
chanoq bo‘shlig‘iga ancha tugunlar orqali metastaz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |