O’zlikni anglash ibratlari
1.2. Komillik tarbiyasida – hayot hikmati.
- Qarilik ibratlari
Havas ayla mudom umri uzoqlar umrini bek-Botoshiy
Osharsan to’qsonu yuzdan keluvchi yosh omon bo’lsa.
Yigitlikda yig’ ilmning mahzani,
Qarilik chog’i xarj qil ani.
A.Navoiy
***
Ilmning navi ko’p, qaybirini tanlash senga havola.
***
Yoshlikda nafsing boshlagan yo’ldan yurgan bo’lsang, qarilikda endi afsus – nadomat chekishingdan nima foyda?
A.Navoiy
***
Rostlikka - zavol yo’qdir, biling
(Dilshod)
***
Qarilik dardi bedarmondir oxir.
A.Navoiy
***
Ishki yo’qdir bil go’yo samonxona.
***
Bilki, qari kishining dardikam emas. Yuz sog’lom bo’lganda ham qariligining o’zi unga yetarli darddir.
A.Navoiy
Ilmingga qilmasang amal mevasiz daraxtsan.
(V.Koshifiy)
Ichi g’amga to’lganning hayoti qisqaradi, g’ami ozning umri uzun bo’ladi.
Xonadan sultoni, soyabon, pushti panohi mehri bir olam, buyuk odam, ota, omon bo’l otam.
(bek Botoshiy)
O’zini xushqomat qilib ko’rsatishga uringan qari kishi balog’atga yetmagan bolaga o’xshaydi.
Hayot bobida – odamiylikning ming bir ma’nosin, o’rgatuvchi avvalo alloma ustoz ham ota, ota jigarband.
(Botoshiy)
Agar hikmatga bo’lsa iltifoting,
Ki bo’lsun Nuh umricha hayoting.
A.Navoiy
Ishq tufayli jon tirikdir to abad.
1.3. Haqqa sarhushlik – qariya uchun farz ham qarz.
Hikmatlar
Kimda aql bo’lsa, u asl odam bo’lur.
Yusuf Xos Hojib
Yoshlikni havas qilib soqolingni bo’yama, oqargan maysa qayta ko’karmaydi.
A.Navoiy
Lazzati bir damcha yo’q yuz yil umr ko’rganda ham, er bilan xotin shirin oila qadrin bilmasa.
(Botoshiy)
Ey Navoiy, umr shamoldek o’tadi, shamolga esa har qancha yugurib, ham yetib bo’lmaydi. Shundan ekan, vaqtingni hush o’tkaz.
Solma ko’z kimsa bo’lsa nomaxram.
(Bek Botoshiy)
Xazon silohig’a, ey bog’bon, emas mone,
Bu bog’ devoriga gar ignadin tikan qilg’il.
A.Navoiy
Hayot – bu olamga sayohat, 85 yoshlik sayohatchiman.
Rostlik to’nni tanla, qo’yib yolg’onni.
(Chag’oniy)
Bu dunyoda mangu qolish mumkin emas,
Ammo yahshi nom qoldirish ulug’ saodatdir.
A.Navoiy
Hayotda o’zlikni bilish, bilmay ketgandan yaxshiroq.
(Botoshiy)
Hayotda to’g’rilik to’nni kiy, qo’yib egrilikni.
(Bek Botoshiy)
Haqqa sarxush qariya pokiza bir hayot tarziga sohibdir. Zohirda keksadir, ammo haqiqatda boladir. Nabiy va valiylar ana shundaydirlar, ko’rinishda zaif bo’lsalar-da, ruhan va ma’nan kuchlidirlar.
Professor Mexmet Demirja
Mehrsiz qarindoshdan – mehrli begonalar yaqin.
Xushyor bo’l avlod! Iymon-e’tiqodsiz –fohisha maskaniga o’xshaydi.
(Bek Botoshiy)
Ketdi – kelmas,
Keldi – ketmas.
Turk topishmog’i
Javob: yoshlik, qarilik.
Duo bilan el ko’karar,
Yomg’ir bilan yer ko’karar.
(Noma’lum)
Do'stlaringiz bilan baham: |