Rodopsin metarodopsin II o’tishi amalga oshishi bilan sitoplazmatik membrananing natriy ionlariga o’tkazuvchanligi keskin kamayadi va kaliy ionlariga bo’lgan o’tkazuvchanligi ortib, membrana potentsiali kaliy ionlari tomonidan belgilanadi va membrana qutbliligi o’zgaradi.
Tayoqcha disklaridagi rodopsinning yorug’likdan rangsizlanishi xaqidagi informatsiya, sitoplazmatik membranadagi natriy kanallariga mediator vositasida yetkaziladi. Yorug’likdan faollangan rodopsin G - oqsil transdutsinni aktivlaydi. Transdutsin o’z navbatida fosfodiesterazani faollab, s - GMF ning gidrolizlanishini kuchaytiradi. Natriy-kaltsiy kanallari yopilib, elektr signal vujudga keladi va sinaptik uchlardan neyromediator ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |