RO2+RO2 qo’zg’algan mahsulot mahsulot xemilyuminestsentsiya kvanti.
3. Fotosintez
Fotosintez - yuksak o’simliklar, suv o’tlari va ba’zi bir bakteriyalar tomonidan, yorug’lik energiyasi ishtirokida, organik moddalarning hosil qilinishi jarayonidir.
Fotosintezning birlamchi bosqichi , energiya transformatsiyasining uch pog’onasini o’z ichiga oladi:
1) yorug’likning fotosintetik pigmentlar tomonidan yutilishi va elektronli-qo’zg’alish energiyasining fotosintez reaktsiya markaziga migratsiyalanishi,
2) reaktsiya markazida zaryadlarning dastlabki taqsimlanishi va energiya transformatsiyasi,
3) elektronning elektron-transport zanjiri bo’ylab tashilishi, SO2 fiksatsiyalanishi qorong’ulik bosqichlari va maxsulotlar sintezida ishlatiladigan barqaror maxsulotlar (NADF, ATF) ning paydo bo’lishi. Birlamchi fotosintetik jarayonlarning barchasi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasi tabiatiga ega bo’lib, bunda ye- donordan (N2O) aktseptorga (SO2 va boshqa) uzatiladi va qaytarilgan birikmalar (uglevodlar) hamda kislorod hosil bo’ladi. Fotosintezning umumiy yig’indi tenglama ko’rinishi quyidagicha ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |