Biofizikaning bo’limlari. Biofizika fani bir necha bo’limlarga bo’lib o’rganiladi, lekin bu bo’limlar bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liq va hech qanday chegara bilan ularni ajratish mumkin emas. Molekulyar biofizika, membranalar biofizikasi, hujayraviy jarayonlar biofizikasi, qisqaruvchan tizimlar biofizikasi, bioenergetika, fotobiologiya, radiobiologiya, biologik jarayonlar kinetikasi, murakkab tizimlar biofizikasi biofizikaning asosiy bo’limlari hisoblanadi.
Molekulyar biofizika biomolekulalarning fazoviy tuzilishi va xossalarini, ularning o’zaro ta’sir kuchlarini o’rganadi. Ayniqsa, makromolekulalarning tuzilishi va funktsiyasini o’rganishning ahamiyati katta bo’lib, oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va boshqa biopolimerlarning biologik tizimlarda tutgan o’rnini tushunishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |