6SO2 + 6N2O S6N12O6 + 6O2
Fotosintez - erkin energiyaning tashqi manba hisobiga to’planishiga olib keladigan, o’simliklar va barcha geterotrof organizmlar mavjudligini ta’minlovchi yagona biologik jarayondir. Fotosintez natijasida, o’simliklar har yili 4*107 t organik modda sintezlab, 200 mlrd tonna erkin O2 ajralib chiqadi. Fotosintez atmosferada SO2 kontsentratsiyasining oshib “parnik effektini” keltirib chiqarishiga to’sqinlik qiladi. Fotosintez maxsulotlarida mujassamlangan erkin energiya, insoniyatning energiyaga bo’lgan extiyojini ta’minlovchi asosiy manbadir. Fotosintezda boshlang’ich fotofizikaviy hamda fotokimyoviy bosqichlarning yuksak (taxminan 95%) effektivligiga qaramay, quyosh energiyasining hosilga o’tadigan qismi 1-2 % dan oshmaydi. Bunday past effektivlik- yorug’likning to’la yutilmasligi hamda biokimyoviy va fiziologik darajalarda mavjud cheklanishlar bilan shartlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |