1929-1933 yillar – Buyuk depressiya. Fond bozorining sinishi va Amerika kompaniyalari aktsiyalari narxining jadal ravishda tushib borishi AQShni inqiroz yoqasiga olib kelgan. Ishlab chiqarishning qisqarishi oqibatida amerikaliklar nafaqat ish joylaridan, balki kun kechirish imkoniyatidan ham mahrum bo’lishgan. Natijada 1929 – yilning kuzida AQSHda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bu inqiroz boshqa davlatlarga ham keng yoyildi va u jahon iqtisodiy inqiroziga aylandi. Inqirozga ortiqcha ishlab chiqarish sabab bo’ldi. Iqtisodiy inqiroz AQSH uchun eng ko’p talofat keltirdi. Shuning uchun ham u “Buyuk depressiya” deb nom oldi. Chunonchi, inqiroz tufayliAQSHda sanoat ishlab chiqarish deyarli 50 foizga qisqardi. 10 ming bank sindi. 130 mingga yaqin savdo va sanoat firmalari bankrot bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |