Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, XX asrning 30 yillarida ya’ni, 1929-1933 yillardagi “Buyuk depressiya” keltirib chiqargan natijalardan biri ishsizlik bo’lgan. Bu davr ichida AQSh da ishsizlik darajasi 8 barobar oshib ketib, mehnatga yaroqli aholining 25 % ini qamrab olgan. 1933 – yilning boshida mamlakatda ishsizlar soni 17 mln. Kishini tashkil etdi. Bu AQSH tarixida eng yuqori ko’rsatkich edi. Mamlakatda ishsizlikni sug’urtalash haqida qonun yo’q edi. Prezident Guver (1928 – 1932) hukumat korxonalari sinishining oldini olish maqsadida 3,5 mlrd. Dollarlik kapitalga ega bo’lgan moliyaviy qayta qurish korporatsiyasini tashkil etdi.Hukumat Federal fermer kengashiga 500 mln. Dollar mablag’ ajratdi. Uning maqsadi tovarlarning yetarli samara bermadi. 1932 – yilda AQSHda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovida demokratlar partiyasi nomzodi Franklin Delano Ruzvelt g’alaba qozondi.
Do'stlaringiz bilan baham: |