Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri- o‘z kasbiga sadoqat, g’oyaviy e’tiqod, o‘z kasbini sevish o‘qituvchini boshqa kasblardan ajratib turadi. Shunday ekan kimyo fanini o‘quvchilarga sodda va tushunarli yetkazib berish o‘qituvchilarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ishning maqsadi.
1. Ta‘limiy maqsad- O‘quvchilarga boshlang‘ich kimyoviy tushunchaarni tushuntirish.
2.Rivojlantiruvchi maqsad-o‘quvchilarni mustaqil fikirlashga o‘rgatish dunyoqarashini kengaytirish.
3.,,Kimyoning asosiy tushunchalariga oid hisoblashlar‘‘ mavzusi bo‘yicha nazariy bilimlarni shakllantirish.
Ishning vazifalari.Kurs ishining asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish uchun belgilab oldik:
-Kimyo ta‘limining tashkiliy shakli bo‘lgan darslarga oid masalalar va o‘quv adabiyotlarini tahlilini amalga oshirish;
-Kimyoning boshlang‘ich masalalarini soda usullarini ko‘rib chiqish.
Kimyo o‘quv fanining vazifalari. Kimyo ta ‘limini amalga oshirishda kimyo darsligi eng muhim o‘qitish vositasi hisoblanadi. Shuning uchun kimyo darsligini jamiyat oldidagi ma‘suliyatini his etib mukammal yozish eng muhim vazifalardan biridir. Kimyo darsligining vazifasi, shalkllanishi va uning mazmuniga bo‘lgan didaktik talablar, o‘quv materiallari hajmi va murakkabligining me‘yori hamda kimyo ta‘limi didaktik birliklarni o‘zida mujassamlashtirgan kimyo bilimlarining poydevori bo‘lgan maktab kimyo kurslarining va ta‘lim bosqichlaridagi kimyo fanlarining mazmunini yaratish masalalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Kimyo o‘quv fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarning kimyo fani asoslari va metodlarini ongli ravishda o‘zlashtirishni ta‘minlash;
2. O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
3. O‘qitiladigan mavzularga oid Respublikadagi kimyoviy tabiiy zahiralar va ulardan mahsulotlarni ishlab chiqarishni bayon etish orqali o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini vujudga keltirish;
4.Bilimlarni egallashdagi o‘quvchilarning faolligini va kimyoviy tafakkurini rivojlantirish.
Mamlakatimizda kimyo fani va sanoatni jadal rivojlantirish, xususan kimyo korxonalarining quvvatini yanada oshirish, kimyo yutuqlaridan amaliy foydalanish vazifalari turad. Hozirgi kunda mamlakatimiz dars tizimiga alohida e‘tibor berilmoqda. O‘qituvchilarga darslarni to‘g‘ri tashkil qilish, darslarda o‘quvchilar faol qatnashishlari uchun turli metodlardan foydalanilgan holda ularning alohida va sodda usullarda tushunishlarini ham alohida inobatga olishlari, yosh xususiyatlarini ham albatta bilishlari kerak bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan vazifalar o‘qituvchilarga alohida topshiriq qilib beriladi. Darslarni to‘g‘ri tashkil qilish uchun ularni turlari, qo‘llanilishi va xususiyatlarini o‘rganish ham muhim hisoblanadi.