Jahondagi eng katta qullar qo‘zg‘olonlaridan biri qadim Rimdagi Spartak boshchilik qilgan gladiatorlar isyonidir. Bu haqda o‘nlab kitob va kinofilmlar ishlangan bo‘lsa-da, o‘sha davrdagi tarixchilarning fikrlari qanday bo‘lgan? Darhaqiqat, Spartakning yaqin hammaslagi Kriksning uzoqni ko‘ra bilmasligi tufayli ushbu isyon rimliklar tomonidan bostirilganini bilamiz. Gladiatorlar maktabi xo‘jayini Lentul Batiat Spartakning sotib olib Kapuya shahriga, gladiator maktabiga jo‘natayotganida qachondir kelib uning bu yangi quli jahondagi qochoq qullar isyonining namoyandasi bo‘lib qolishini tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |