Shundan so‘ng rimliklar hushyor tortishdi. Vaziyat juda qaltis ekanligini anglab, shumlik yo‘liga o‘tishdi. Sotqin qullar yordamida ikki yo‘lboshchi o‘rtasida o‘zaro qutqu solishga harakt qilashadi. Shundan so‘ng voqealar rivoji yalangoyoq qullarning jahonning eng qudratli imperiyasini yo‘q qilishdek orzusini chippakka chiqardi. Noma’lum sabablarga ko‘ra, qullar armiyasi ikkiga ajraldi. Uning bir qismiga Spartak, ikkinchisiga esa Kriks rahbarlik qila boshladi. Plutarxning fikricha, Kriksning o‘z kuchiga ortiqcha baho berishi va Spartakning maslahatlariga quloq solmasdan harakat qilishi ikki do‘st orasiga dushmanlik qutqusini solgan. Taxminlarga ko‘ra, Kriks o‘z kam sonli qo‘shini bilan Rimga yurish qilishni mo‘ljallagan ekan. Boshqa bir tarixchilarning fikricha, qo‘zg‘olonchilarning ikkiga bo‘linishiga rimliklar sabab bo‘lgan. Ular bundan foydalanib Kriksning 30 ming kishilik qo‘shinini tor-mor keltirdi. Kriksning o‘zi Gargan tog‘lari yaqinidagi jangda halok bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |