Onalik urug‘chiligi sharaoitida asl mehnat va mudofaa faoliyatida ayollar erkaklar bilan bab-baravar qatnashar edi. Mavjud etnografik materallardan ma’lum bo‘lishicha o‘sha vaqtlarda mushtlashish, kurashish, yugurish, tayoqbozlik, nayza irg‘itish, yoy otish yuzasida va boshqa shu kabi sohalarda ayollarning maxsus musobaqasi, ayollar bilan erkaklar musobaqasi o‘tqazilar edi. Ba’zi bir ma’lumolarga qaraganda, ayollarning Bunday mashqlari masalan; skiflarda, o‘zbek xalqining qadimiy ajdodlarida, shuningdek patriarxat tuzumi sharoitidagi ayrim boshqa uruglar orasida saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |