Bu davrda jismoniy madaniyatning sinfiy harakteri birinchi navbatda jismoniy mashqlardan foydalanish maqsadlarida namoyon bo‘ldi. Dehqonlar jismoniy madaniyatdan mehnat va jangovor faoliyatiga tayyorlash va yuqori martabaga erishgan feodal aslzodalar esa o‘z qudratini mustahkamlash vositasi sifatida foydalandilar. Feodal aslzodalari faqat o‘z movqey, hokimligi bilangina emas, balki jismoniy kuch bilan ham halqdan ajarlib turishga harakat qilar edi. Buning uchun aslzodalarda halqqa nisbatan beqiyos darajada katta imkoniyatlar bor edi. Feodal aslzodalar o‘zlarining harbiy jismoniy madaniyat tizimlirini yaratishida xalqning jismoniy mashqlar va o‘yinlar sohasidagi ijodidan keng foydalandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |