III. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
Shartnomani quyidagi hollarda bekor qilish mumkin:
- tomonlarning o’zaro roziligi bilan;
- talaba Universitet nizomiga muvofiq ma’muriyatning tashabbusiga ko’ra, talabalar safidan chiqarilganida;
- o’qish uchun to’lov belgilangan muddat ichida to’lanmasa, ta’lim muassasasi shartnomani bir tomonlama bekor qiladi; ta’lim oluvchini talabalar safidan chiqaradi;
- ta’lim oluvchining tashabbusiga ko’ra;
- qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa hollarda.
Mazkur shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklar taraflarning o’zaro kelishuvga erishishlari yo’li bilan hal etiladi, o’zaro bitimga erishilmagan taqdirda O’zbekiston Respublikasi fuqarolik, iqtisodiy va hakamlik sudlariga murojaat etish yo’li bilan ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |