Nizomiy nimidagi TDPU huzuridagi OTM PKQT va MO Tarmoq markazi “Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi tinglovchisi Egamnazarov Murod Yusupovichning “Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnalogiyalari orqali talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini shakillantirish texnalogiyasi “ modulini o’qitishda muammoli ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish mavzusidagi bitiruv ishiga
TAQRIZ.
O’zbek xalqi ta’lim tarbiya sohasida o’ziga xos dorilfunun yaratgan. Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Ovrupa pedagogikasini asos qilib oldik va o’rgandik. Mustaqillikdan keyin o’z qadryatlarimizni, o’zligimizni anglash va madaniyatimizni tiklash asosiy vazifa qilib qo’ydi. Bugungi kunda shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnalogiyalari va usullari keng qamrovli ustuvor vazifa sifatida o’rganilib kelinmoqda.
Bugungi jamiyatda shaxs qobiliyatini aniqlash va shu asosida o’qitishning turli xil usullari va yo’llarini aniqlash xususan kommunikativ qobiliyatlar orqali shaxsning muloqatchanlik holatlarini to’g’ri shakillantirish yetakchi masalaga aylanib qolmoqda.
Shu sababli “Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnalogiyalari orqali talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini shakillantirish texnalogiyasi ““ modulini o’qitishda muammoli ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish masalasini o’rganish dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Tinglovchi M Y Egamnazarov tamonidan tanlangan mavzu bitiruv ishining amaliy qiymatini belgiladi.
Ish tarkibiy tuzilishga ko’ra ikki bob, olti paragrifdan , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati asosida shakillangan.
Asosiy boblarning yoritilishida “Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnalogiyalari orqali talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishning ilmiy nazariy asoslari” mavzusini o’qitishning nazariy masalalarining yoritilganligi shuningdek “Zamonaviy darslarda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnalogiyalarini tadbiq etish tamoyillari mexanizmlari” modulini o’qitishga doir nazariy mashxulot uchun ma’ruza matni, amaliy mashxulot ishlanmasi, keyslar, darajali testlar, glossariy, taqdimot, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatining berilganligi e’tiborga loyiq.
Yuqorida qayd etilgan holatlarni inobatga olib, bitiruv ishini himoyaga tavsiya etaman.
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Kushvaqtov N.H
Nizomiy nimidagi TDPU huzuridagi OTM PKQT va MO Tarmoq markazi “Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi tinglovchisi Egamnazarov Murod Yusupovichning “Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnalogiyalari orqali talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini shakillantirish texnalogiyasi “ modulini o’qitishda muammoli ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish mavzusidagi bitiruv ishiga
XULOSASI
Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy kompitentligi uning talabalar jamoasi, ota onalar, hamkasblar u bilan muloqatga kirishishning samarali mexanizmlarini tadbiq etishning meyoriy asoslari yaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prizidentining O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Pedagogik kadrlarning kasbiy mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish”
Do'stlaringiz bilan baham: |