Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети Мактабгача таълим факультети 5111100-мусиқа таълим йўналиши 4-курс талабаларининг малакавий педагогик амалиёти ҳимоясини ташкил этиш бўйича



Download 21,5 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi21,5 Kb.
#553588
Bog'liq
2 5249193022104536635


Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети Мактабгача таълим факультети 5111100-мусиқа таълим йўналиши 4-курс талабаларининг малакавий педагогик амалиёти ҳимоясини ташкил этиш бўйича
ЙЎРИҚНОМА
5111100-Мусиқа таълими йўналиши 4-курс талабалари 8 семестрда ўтказган малакавий педагогик амалиёти бўйича 1-илова рўйхатида кўрсатиб ўтилган ҳужжатларни тайёрлаб, ушбу асосида тақдимот тайёрлайди. Тақдимотни кафедра мудирига электрон шаклда юборади. Кафедра мудири хужжатларни ўрганиб, уни масофавий ZOOM дастури асосида ҳимоя қилишга тавсия этади. Ҳимоя вақтида талаба томонидан малакавий педагогик амалиёт даврида амалга оширилган ишлар бўйича саволлар берилади.
Масофавий малакавий педагогик амалиётини ҳимоя қилиш муддати ўзаро келишув асосида 2020 йилнинг 20-25 апрел кунлари этиб белгиланади.


1-илова
Амалиётчиталабанингшахсийпортфолиосидагихужжатлартўплами
1.Титул варағи.
2.Ўқувчиларнингрўйхати.
3.Дарсжадвали.
4.Қўнғироқларжадвали.
5.Талабанингамалиёткундалиги.
6.Амалиётчиталабанингшахсийишрежаси.
7.Дарс таҳлилларидафтари.
8.Фан бўйичакалендар-тематик режа.
9.Конспектлардафтаривадарсишланмалари (10-15 та).
10.Очиқдарсишланмасифотосуратларибилан (1-2 та).
11.Синф раҳбарининг иш режаси.
12.Маънавий маърифий ва тарбиябий тадбирлар режаси ва бажарилган ишлар фото лавҳаларда.
13.Мураббийлик учун бириктирилган синфдаги 2 нафар ўқувчига психологик тавсифнома.
14. Ўтказган очиқ дарси тўғрисида маълумотлар
15.Малака амалиёти Низоми.
16.Талабаларнингмалакаамалиётиниўташиҳақидаги
университет ректоринингбуйруғиданнусха.
17.3- томонлама шартнома.
18.Амалиёт обекти раҳбари томонидан чиқарилган ички буйруқ (талабаларни ўқитувчиларга бириктириш ва амалиёт ўташ учун шароит яратилиши ҳақидаги).
19.Малака амалиёти дастури.
20. Амалиёт давомида амалиётчи-талаба томонидан амалга оширилган ишлар хисоботи 2 бет.

Hozirki kunda Respublika ta`lim tizimini mustahkamalash, uni zamon talablari bilan uyg`unlashtirishga katta ahamyat berilmoqda. Bunda mutaxasis kadrlarini tayorlash, ta`lim va bilim berish tizimini amalga oshirayotgan islohatlar bilan uzviy bog`liq bo`lishi talab etilmoqda. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta`lim standartlari asosida ta`lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Fanlar bo`yicha bilimlar majmuasini o`zlashtirish, nazariy va amaliy mashg`ulotlar uzviyligida malaka hamda ko`nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amalyotning o`rni beqiyos.


Men Ataboyeva Muxlisa Azimjon qizi 10 – fevral oyidan amalyotni boshladim va 8 – semester amalyotini yakunladim. Amalyot jarayonida ko`plab bilimlarga ega bo`ldim. Bundan tashqari nazariy, amaliy bilimlar, ko`nikma va malakarimizni shakllantrdik. Shu bilan birgalikda biz bolalarga yangi mavzularni tushuntirish jarayonida ko`rgazmali qurollar, o`yin metodlari, axborot resuslaridan unumli tarzda foidalanishni o`rgandik. Bolalarni qiziqishlarini inobatga olgan holatda qiziqarliroq dar otishga harakat qildik.
Men Mirobod tumani 328 – maktab ta`lim tashkilotida amalyot o`tadim. Bu ta`lim mutahasislari meni iliq kutib olishdi va yordam berishdi. Men tashkilotning ichki qoidalari bilan yaqindan tanishib chiqdim va ularni ish faoliyatlarini kuzatishga kirishdim. Ta`lim direktori 4 “B” sinfga biriktirdi. Bu sinfda 40 ta o`quvchi bo`lib, har birini ishtiyoqi juda kuchli. Sinf rahbari boshchiliga 4 – “B” sinf bilan birgalikda tadbirlar tashkil qildik. Alisher Navoiy bobomimiz tavvaludiga bag`ishlab , Zahiriddin Muhammad Bobur va 1 – mart Zulfiyaga bag`ishlab, 8 – mart “Xotin va qizlar” bayramiga bag`ishlab tadbirlar o`tkazildi. Men amalyot o`taydigan joyimda 2 ta o`quv rahabari dars jarayonini olib borishar ekan. Ibragimova Muhabbat va Mansurova Jamila. Ularni har ikkovlarining ham dars o`tish metodlari turlicha. Ibragimova Muhabbat assosan o`zbek sinflarga darsga kirar ekanlar. Mansurova Jamila esa yevro sinflarga kirar ekan. Men birinchi hafta jarayonda ularning dars faoliyatlarini kuzatish bilan birga boshlang`ich va o`rta sinflarga dars otdim va ko`plab ma`lumotlarga, metod va ko`nikmalarga ega bo`ldim. Ikkinchi haftadan musiqa dars yo`q kunlardan tashqari qolgan barcha kunlar musiqa fanidan dars o`ta boshladim. Dars jarayonini qiziq olib borishga harakat qildim va bu dars jarayonida har bir faoliyatda unumli foydalandim ish rejalar va jurnal, darsliklar bilan tanishdim. Birinchi haftada 10 – fevralda 2 – “A” sinfga darsga kirdim. Dars mavzusi “Yosh avlod qo`shig`i” Shermat Yormatov. Dastaval kompozitor Shermat Yormatov haqida ma`lumot berdim va qisqacha savol javob qilib oldim. “Alteratsiya” belgilarini o`tib berishim ham kerak edi. Men bu haqida qisqacha tushuntirish berdim va o`yin metodidan foydalandim. Masalan: Qo`limda uchta kartochka bo`lib ularda diyez, bimol va bekar belgilari bor edi. Bolalarga diyez belgisini korsatsam ornidan turishadi. Bimol belgisini korsatsam o`tirishadi. Bekar belgisini ko`rsatganimda osha joyda qotishadi. Bu o`yin metodi yordamida o`tilgan mavzu mustahkamlandi. Vaqtni to`g`ri taqsimlagan holda bolalarga “Yosh avlod” qo`shigini matnini o`qib tushuntirib, qo`shiqni eshitrdim so`ngra ular nima tushunishganini soradim va bolalar bilan birgalikda kuyladik. Dars tugashiga 5 minut qolganda uyga vazifa berdim va tushuntib kundaliklariga baho qo``yib berdim. Bu jarayonda juda katta ta`surot oldim va ko`p narsa o`rgandim. Ularni darsga ishtiyoqi va qiziqtiira olganimdan hursand boldim va ozimdan fahrlandim. Bundan tashqari 1 – sinf dan tortib 6 – sinfgacha bo`lgan o`quvchilarga dars o`tdim. Musiqa o`qituvchilari har haftada bir sinf bilan birgalikda muzeylarga va turli san`at arboblarining uy muzeylariga borishar ekan.

Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta’sir ko`rsatmoqda” - deb musiqa san’atining yosh avlodning ma’naviy barkamol bo`lib yetishishidagi muhim ahamiyatini alohida ta’kidlab o`tganlar. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o`tmish merosimiz va milliy musiqiy qadriyatlarimizni o`rganish alohida muhim o`rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan, maktabgacha tarbiya muassasalari uchun «Tayanch dastur», «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va Davlat ta’lim standartlari joriy etildi. Ushbu qonun va dasturlarning asosiy maqsadi yosh avlodni har tomonlama rivojlanishga ularni aqlan yetuk, jismonan baquvvat, ma’naviy pok qilib tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov bu noyob kasb egalarining imkoniyatlarini chuqur his qilgan holda, yosh avlodga musiqiy ta’lim berish zarurligiga alohida e’tibor qaratib, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish haqida maxsus farmon chiqardi. Unda ta’kidlangani-dek, «Bolalar musiqa va san’at maktablarini zamonaviy o‘quv va musiqa anjomlari bilan ta’minlash» bugungi kun talablaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Umumta’lim hamda M.T.T da musiqa fani bo‘yicha davlat o‘quv standartlari va dasturlarini, darslik va metodik, o‘quv qo‘llanmalarini zamonaviy mezonlar asosida takomillashtirish zarurligi ta’kidlanadi. Musiqiy ta’limning oliy maqsadi: yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok eta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat o‘z milliy an’analarini, balki boshqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an’ana, madaniyatlarini hurmat qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bunda nafosat tarbiyasining ahamiyati benihoya kattadir. Nafosat tarbiyasining mazmuni serqirra bo‘lib, musiqa tarbiya eng asosiy o‘rinni egallaydi.O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni, «Sog’lom avlod» dasturini va «Bolajon» tayanch dasturi asosida bilimlar berish. Maktabgacha ta’lim muassasalarining turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bo’yicha bilim berish metod va usullarini o’rgatish.Xalq pedagogikasi o‘sib, rivojlanib borayotgan bir davrda xalq musiqiy namunalarini o‘rganish atoqli san’atkorlar ijodidan dars jarayonida keng foydalanish musiqa o‘qituvchisi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta’kidlanadi. Mazkur tavsiyada mavjud pedagogik vazifalar saqlangan holda, O‘zbekistonga xos milliy qadriyatlar, an’analar, xalq ijodi, musiqani bolalarning idrok etish qobiliyati darajasiga bosqichma-bosqich tadbiq etish nazarda tutiladi.
Download 21,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish