Nizom 1-bob. Umumiy qoidalar



Download 21,6 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi21,6 Kb.
#471318
  1   2
Bog'liq
Танлов низом


O‘zbekiston yoshlari fan-texnika taraqqiyoti asrida” onlayn ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom “O‘zbekiston yoshlari fan-texnika taraqqiyoti asrida” bolalar onlayn ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda ko‘rik-tanlov) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu ko‘rik-tanlov respublika miqyosida maktab o`quchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
2-bob. Ko‘rik-tanlovning maqsadi va vazifalari
3. Ko‘rik-tanlovning maqsadi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular ongiga mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki o‘quv va ko‘nikmalarini singdirish hamda ular o‘rtasida fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga muvofiq texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini o‘rganishni tashkil etish hamda ular o‘rtasida texnik ijodkorlikni rivojlantirishdir.
4. Ko‘rik-tanlovning vazifasi o‘quvchilar o‘rtasida iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.
3-bob. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tartibi
5. Ko‘rik-tanlov onlayn tartibda uch bosqichda o‘tkaziladi:
a) birinchi bosqich: maktab bosqichi – barcha maktablar tomonidan 2022-yil 15-fevralga qadar o‘tkaziladi.
b) ikkinchi bosqich: hududiy bosqichi – hududiy maktablar tomonidan 2022-yil 1-martga qadar o‘tkaziladi.
d) uchinchi bosqich: respublika bosqichi - onlayn ko‘rik-tanlovning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan belgilangan manzilda 2022-yil mart oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
6. Ko‘rik-tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
a) robototexnika yo‘nalishi;
b) elektronika yo‘nalishi.
7. Ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar (o‘tkazish vaqti, joyi, ishchi guruh, hakamlar hay’ati tarkibi) tasdiqlanadi.
8. Ko‘rik-tanlovning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha 1 nafardan (jami 2 nafar) g‘olib ishtirokchilar ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etadi.
9. Ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning hujjatlari va ularning ijodiy ishlari 2022-yilning 23-fevraliga qadar tuman (shahar) tashkiliy qo‘mitalari tomonidan hududiy tashkiliy qo‘mitalarga taqdim etilishi lozim.
Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadigan ishtirokchilarning barcha hujjatlari hududiy tashkiliy qo‘mitalar tomonidan 2022-yil 5-martga qadar respublika tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etilishi lozim.
Ishtirokchilar keyingi bosqichda ishtirok etishi uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
g‘olib ishtirokchilarning ro‘yxati;
ko‘rik-tanlov o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumot (ma’lumotda g‘olib o‘quvchilarning F.I.Sh, yoshi, maktabi, sinfi, tumani hamda har bir bosqichda jami qatnashgan o‘quvchilar soni aniq ko‘rsatilishi shart);
hakamlar hay’atining yakuniy qarori.
4-bob. Ko‘rik-tanlovning shartlari va baholash mezoni
10. Ko‘rik-tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:
Ishtirokchilar tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 donadan ijodiy ishni
5 daqiqadan oshmagan videorolikda ixtironing barcha funksiyalarini ko‘rsatgan holda ishtirokchining shaxsan o‘zi tomonidan ijodiy ish taqdimoti va yozma ma’lumoti taqdim etiladi.
robototexnika yo‘nalishida:
ijodiy ishga ishlatilgan hom ashyosi ro‘yxati bo‘lishi;
ijodiy ish dizayn asosida yaratilgan bo‘lishi;
ijodiy ishning eskizi chizilgan bo‘lishi;
bajarilgan ijodiy ish maketining eskizga mos bo‘lishi;
ijodiy ishni yaratish sxemasi bo‘lishi;
yaratilgan ijodiy ish biror funksiyani bajaradigan bo‘lishi lozim.
elektronika yo‘nalishida:

ijodiy ishga ishlatilgan hom ashyosi ro‘yxati bo‘lishi;


ijodiy ish dizayn asosida tayyorlangan bo‘lishi;
ijodiy ishning eskizi chizilgan bo‘lishi;
bajarilgan ijodiy ish maketining eskizga mos bo‘lishi;
ijodiy ishni tayyorlash sxemasi bo‘lishi;
ijodiy ish davlat va jamiyat uchun foydalish bo‘lishi lozim.
11. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari har bir yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislardan tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi.
12. Ishtirokchilarning ijodiy ishlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
robototexnika yo‘nalishida:
ijodiy ishda ushbu Nizom talablariga amal qilinganligi – 10 balgacha;
ijodiy ish dizayn asosida yaratilganligi – 20 balgacha;
ijodiy ish eskizining mavjudligi va uning sifati – 20 balgacha;
bajarilgan ijodiy ish maketining eskizga mosligi – 10 balgacha;
yaratilgan ijodiy ishning biror funksiyani bajarishi – 20 balgacha;
ishtirokchi tomonidan ijodiy ishning sifatli taqdimot qilinishi – 20 balgacha.
elektronika yo‘naishida:
ijodiy ishda ushbu Nizom talablariga amal qilinganligi - 10 balgacha;
ijodiy ish dizayn asosida yaratilganligi - 10 balgacha;
ijodiy ish eskizining mavjudligi va uning sifati - 10 balgacha;
bajarilgan elektron qurilmaning jamiyat va davlat manafaatlariga xizmat qilishi - 30 balgacha;
elektronika bo‘yicha yangi va zamonaviy inshootlar, zavod yoki
fabrikalaming kelajak avlodlarini ko‘rsatib bera olinganligi - 30 balgacha;
ishtirokchi tomonidan ijodiy ishning sifatli taqdimot qilinishi - 10 balgacha.

Download 21,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish