Nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi



Download 29,13 Kb.
bet6/10
Sana31.12.2021
Hajmi29,13 Kb.
#223408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro

2-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi

9. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi “biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” — davlat xizmatini tanlaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi belgilangan ariza shakllari bo‘yicha:

ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining (keyingi o‘rinlarda yakka tartibdagi tadbirkor deb ataladi);

ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning uni ko‘rsatishga so‘rovnomani (keyingi o‘rinlarda so‘rovnoma deb ataladi) shakllantiradi.

10. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ariza beruvchi so‘rovnomani so‘ralayotgan ma’lumotlarni kiritish va Tizim tomonidan umumiy ma’lumotnomadan taklif etilayotgan ma’lumotlarni tanlash yo‘li bilan shakllantiradi. Ariza beruvchi so‘rovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda to‘xtatish yoki davom ettirish huquqiga ega.

Davlat axborot resurslarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar, ariza beruvchining Yagona identifikatsiyalash tizimidan olingan haqiqiy shaxsiy ma’lumotlarini inobatga olgan holda Tizim tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Tizim har bir bosqichda so‘rovnomada shakllantirilgan ma’lumotlarni saqlab boradi.

11. Ariza beruvchi tomonidan firma nomini tanlash bir xilligining tekshirilishi Tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladigan, lotin alifbosidagi erkin firma nomlaridan so‘rovnoma shakllantirilganda amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi u tomonidan firma nomi tanlanayotganda O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek yuridik shaxslar nomlari to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etmaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

So‘rovnoma shakllantirilganda tanlangan firma nomi Tizim tomonidan 60 kalendar kuniga ariza beruvchi nomiga saqlanib turadi.

Agar ariza beruvchi shakllantirilgan so‘rovnomani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ushbu bandda ko‘rsatilgan muddat mobaynida jo‘natmagan bo‘lsa, ariza beruvchi tomonidan tanlangan firma nomining belgisi Tizim tomonidan bekor qilinadi. Bunda ariza beruvchi tomonidan shakllantirilgan boshqa ma’lumotlar ularni ochib ko‘rish, o‘zgartirish va so‘rovnomani shakllantirishni davom ettirish imkoniyati bilan Tizim tomonidan tegishlicha foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”da saqlanib turadi.

Firma nomini qayta tanlash ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

12. Tizim vositasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishlicha so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;

topshirish dalolatnomasi — qo‘shib yuborilganda;

taqsimlash balansi — bo‘lishda va ajratib chiqarishda.

Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar bo‘yicha, huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak — qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun.

Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo bo‘lgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.

Ariza beruvchi ta’sis hujjatlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda namunaviy shakllar asosida yoki boshqa shakllarda rasmiylashtirish huquqiga ega.

13. So‘rovnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar elektron hujjat shaklida bo‘lishi kerak.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga so‘rovnomani qog‘ozda rasmiylashtirilgan hujjatlarning “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari shaklida ilova qilgan holda jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) uchun yuborilgan so‘rovnomalar:

ikki va undan ortiq muassislari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarda muassisning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va uning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning muassislar tarkibiga kiritilganligiga roziligi mavjud bo‘lishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno;

muassislari tarkibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ko‘rsatilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarda majburiy tartibda ko‘rsatilgan shaxslarning elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) bilan imzolanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuborilayotgan har bir alohida hujjat barcha autentik belgilari haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida so‘rovnomaga ilova qilinishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi kerak.




Download 29,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish