Bog'liq Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal
Samarali boshqaruvgato’sqinlik qiluvchi shaxs xislatlar.
Boshqaruv jarayoniga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi munosabatlarga asoslangan holda zamonaviy rahbarni tavsiflar ekanmiz, unga xos bo’lgan ijtimoiy-siyosiy jihatlar haqida ham gapirib o’tish lozim bo’ladi.
Axir, aynan, ichki poklik, samimiylik va inson tabiatining yaxlitligi o’zgaga ta’sir etishdagi asosiy kuch sifatida maydonga chiqadi. Rahbarni tayyorlash, uning malakasini oshirish bilan bog’liq har qanday tadbir oxir-oqibatda rahbar shaxsi, uning boshqaruv mahoratini takomillashtirish, o’zgalarga ta’sir etish ko’lamini kuchaytirish maqsadini qo’yadi.
Biznes boshqaruvi sohasidagi olimlar M.Vudkok va D.Frensis bir qancha menejerlar faoliyatini o’rganib va quyidagi ichki to’siqlar menejer faoliyatining samarasini pasaytiradi, deb hisoblaydilar:
1.O’z-o’zini boshqara olmaslik. Rahbar hayoti hayajon va zo’riqishlarga to’la. Bunday sharoitda xulqda aniq maqsadning yo’qligi nafaqat jamoa faoliyatiga, balki rahbarning sog’ligiga ham salbiy ta’sir etadi.
2.Shaxsiy qadriyatlarning shakllanmaganligi. Rahbar doim qaror qabul qilish vaziyatida bo’ladi. Vaholanki, qaror samarasi shaxsiy qadriyatlar, kasbiy va hayotiy tamoyillarga asoslanadi, ularning shakllanganligi rahbar faoliyatining mazmunini tashkil etadi.
3.Shaxsiy maqsadning aniq ifodalanmaganligi. Zamonaviy rahbar muhimni nomuhimdan ajrata olishi, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay bilishi kerak.
4.Kamolotga intilishning yo’qligi. O’z ustida ishlashdan bosh tortgan rahbar qaltis vaziyatdan o’zini olib qochadi, o’z imkoniyat va qobiliyatini rivojlantirish ustida ishlamaydi, tavakkalga bormaydi va eski, odat tusiga kirgan xatti-harakatlari dorasidan chiqolmaydi.
5.Muammoni yecha olmaslik. Ayrim rahbar muammo ustida sifatli, muntazam va aql-zakovat bilan ishlay olmaydi.
6.Ijodiy yondoshuvning yetishmasligi. Ixtiroga moyilligi bo’lmagan rahbar yangi g’oyalarni taklif etolmaydi, o’zgalarda mehnatga bo’lgan ijodiy yondoshuvni uyg’ota olmaydi
7.Itoatidagi xodimlarga ta’sir etolmaslik. Rahbar o’z qo’li ostidagi xodimlarga ta’sir etishi lozim.
8.Boshqaruv faoliyati xususiyatini yaxshi bilmaslik. Boshqaruv faoliyati samarasi haqida ma’lumotga ega bo’lmas ekan, rahbar o’z malakasini shakllantira olmaydi.
9.Boshqaruv malakasining sustligi. Tashkilotdagi xodim va rusurslarni boshqarish uchun ko’pgina ko’nikmalar zarur bo’lib, ularni rahbarlik qobiliyatlari deyish ham mumkin..
10.Itoatidagi xodimlarda mehnat malakasini shakllantira olmaslik. Har bir rahbar vaqti-vaqti bilan ustoz sifatida xodimga ish xususiyatini o’rgatadi.
11.Jamoa tashkil etishdagi sust qobiliyat. Maqsadga erishish uchun rahbar, xodimlar bilan birlashishi va ularning malakasidan foydalanishi lozim.