Bog'liq Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal
Boshqaruvchi faoliyatida psixologik motivlar.Shaxs va uning faolligijamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘zini-o‘zi anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo‘lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha«actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:Tashqi faollik va ichki faollik (jismoniy va aqliy).
Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarabfarqlanadi masalan, aqliy harakatlar. Aqliy harakatlar- shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir.
-perseptiv– ya’ni, bo‘lar shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
-mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
-fikrlash faoliyati- aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat;
-imajitiv -(«image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga o’tish jarayonini interiorizatsiya deb ataladi.
Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog’liqdir.
Ichki, psixik faoliyatni tashqi jismoniy harakatga o’tish jarayoniga psixik faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvi deb ataladi.
Kishida faoliyatning har xil turini paydo bo’lishi va rivojlanishi murakkab va uzoq davom etgan jarayondir. Odamda 3 ta asosiy faoliyat turini ajratish mumkin: o’yin, ta’lim va mehnat. Ular oxirgi natijasi bilan, tashkil etilishi bilan, motivatsiyaning xususiyatlari bilan farqlanadilar. Bolaning faolligi faqat asta – sekinlik bilan, rivojlanish jarayonida, tarbiya va ta’lim ostidagina ongli ravishda maqsadga yo’naltirilgan faoliyat shaklini kasb etadi.
O’yin – shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma – xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha kattalar, xatti – harakatlarining ma’no mohiyatini anglab etolmaydilar.
O’qishfaoliyat ham shaxs kamolotida muhim rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faolliki, uning jarayonida bilimlar, malaka va ko’nikmalar o’zlashtiriladi.
Mehnat eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi, albatta, biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishdir.
Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi boshqaruv jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Faoliyat termini faqatgina insonlarga nisbatan qo’llaniladi. Chunki faoliyat kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir.
«Motivatsiya» tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’noga va mazmunga ega.
«Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir.
Motivatsiya - psixologik lug’atda biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan, motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U insonlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir.