Kurs ishining maqsadi: Yoshlarning kasbiy o’z-o’zini anglashida ijtimoiy pedagogika fanining o’rnini o‘rganish;
Kurs ishining vazifalari:
1) SHaxs rivojlanishini o‘rganish;
2) Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash masalalarini ko’rib chiqish;
Kurs ishining ob`ekti: Kasbiy o’zlikni anglashda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish.
Kurs ishining predmeti: Shaxs va kasb hamkorligining pedagogik xususiyatlari.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rtta paragrf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB Shaxs rivojlanishi haqida umumiy tushunchalar.
1.1-§ SHaxsning individual rivojlanishi.
Pedagogikada “shaxs” va “shaxsning rivojlanishi” tushunchalari ham tayanch tushunchalardan biri sanaladi. Go’dak tug’ilganidan ma’lum yoshga qadar, ya’ni borliqni eng oddiy tarzda anglaguniga qadar individ sanaladi. Bu davrda ham bola atrofdagi turli kishilar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi, istaklarini xatti-harakatlari, ovozi yordamida ifodalashga intiladi. Biroq, uning bu harakatlari ongli tarzda emas, balki shartli reflekslar yordamida tashkil etiladi. Demak, biologik mavjudot sanaladigan individ shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini anglashi, shuningdek, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.
Har bir shaxs o’zgalardan farq qiladi. SHaxsni o’zgalardan farqlovchi jihatlar individuallik sanaladi. Individuallik shaxsning o’ziga xos xususiyatlarning aks etishi sanaladi. Tarbiya jarayonini tashkil etishda bola shaxsini puxta o’rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo’lish va uning individual xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. Individual yondashuv o’quvchining aqliy qobiliyati, bilishga bo’lgan qiziqishi va iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bolaning harakatlari uning ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ongli ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Bu ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishida irsiyat, ijtimoiy muhit va tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ta’siridagina individ shaxs sifatida rivojlanib boradi.
Rivojlanishning o’zi nima? Rivojlanish manbai qarama-qarashliklar o’rtasidagi kurash sanaladi. Bola shaxsining rivojlanishi shaxs ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik biologik mavjudot hamdir.
SHaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik (tabiiy) va ijtimoiy qonuniyatlar birgadek ta’sir etadi, shu bois ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. SHaxsning rivojlanishiga uning faoliyati, hayot tarzi, yoshi, bilimi, turmush tajribasi, hatto fojiali vaziyatlar, turli kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson hayoti davomida doimo o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. Zero, rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. SHu sababli shaxsga xos fazilatlarni to’g’ri va ob’ektiv baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. SHaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar va shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiya jarayonida uning shaxs rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsata olishi uchun ta’lim oluvchining o’sishi va rivojlanishiga xos xususiyatlardan xabardor bo’lish va inobatga olish maqsadga muvofiq. Binobarin, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Pedagogika, psixologiya va faosafa fanlarida individning shaxs sifatida rivojlanishiga irsiyat (biologik omillar), muhit (ijtimoiy omillar) hamda tarbiya kabi omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etadi. Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo’ladimi yoki biologik (tabiiy) omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir?
O’z davrida ulug’ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ilk bor ilgari inson kamolatida uch narsa – irsiyat, muhit hamda tarbiya muhim rol o’ynaydi degan qarashni ilgari surgan bo’lsa, Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma xususiyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari shaxs rivojlanishini ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, ruhiy rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
SHaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa shaxsni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. SHaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs va jamiyat o’rtasida uzviy aloqa mavjud. SHunday qilib, shaxsning jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi; inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
SHaxs rivojlanishini ta’minlashda ijtimoiy muhit tomonidan ko’rsatiladigan ta’siri tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni: 1) tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi; 2) tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga yetadi; 3) tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin; 4) tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
SHaxsning shakllanishida quyidagi omillarning ta’sir katta:
Demak, tarbiya bilan rivojlanish o’zaro aloqador bo’lib, shaxsning rivojlanishida tarbiya doimiy va uzluksiz xarakter kasb etadi. Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi.
Faoliyat o’zi nima? Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri tashkil etish lozim. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi.
SHaxsni shakllantirishda faoliyat samaradorligiga erishish uchun mazkur jarayonini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish talab etiladi. Faoliyat faol va sust (passiv) bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi. Ta’lim jarayonida faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |