91.NAFAS FIZIOLOGIYASINI TAVSIFLAB BERING.
Nafas quyidagi bir biriga bog’liq qismlardan iborat:tashqi muhit va o’pka alveolalari orasidagi gazlar almashinuvi, havo bilan qon kapilarlari orasidagi gazlar almashinuvi, qon tomonidan kislorod va karbonat angidrid tashilishi.
92.O’PKANING TIRIKLIK SIG’IMI.
O’pkaning tiriklik sig’imi nafas olish havosi,qo’shimcha va rezerv havo yig’indisi. O’rtacha 3500 ml ga teng. U kishining yoshiga, jinsiga,kasbiga va sog’ligiga qarab o’zgarib turadi.
93.NAFASNING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI.
Nafas olish bilan o’pkaning tiriklik sig’imi belgilanadi. U insonning yoshiga qarab har xil bo’ladi . Bola katta bo’lgan sari o’pkaning tiriklik sig’imi ortib boradi.
94.NAFAS OLISHNING BOSHQARILISHI.
Nafas olish nerv va gumoral yo’l bilan boshqariladi.Uzunchoq miya-dagi nafas olish markazidan har 4-5 s da ritmik ravishda nerv im-pulslari diafragma va qovurg’alararo muskullar harakatini boshqa-ruvchi nerv markazlariga ta’sir qilib ,ularni qo’zg’atadi.Bu qo’zg’a-lish nerv tolalari orqali diafragma va qovurg’alararo muskullarni harakatlantiradi. Natijada nafas olish va chiqarish jarayoni avtoma-tik nerv sistemasi orqali boshqariladi. Nafas olishni boshqaruvchi oliy nerv markazi bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’ida joy-lashgan. Qon tarkibidagi karbonat angidrid miqdorining ko’payishi yoki kamayishi gumaral yo’l bilan nafas markaziga ta’sir etib ,nafas olishning boshqarilishida ishtirok etadi.
95.NAFAS OLISH GIGIYENASI.
Nafas olish organlarining normal rivojlanishi,ularni kasalliklardan himoya qilishda gigiyena qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega.Organizmni turli sharoitda chiniqtirish,sovuq suvda yuvinish va ochiq havoda sayr qilish kabilar nafas organlari kasalliklarining oldi-ni olishga yordam beradi.Burundan nafas olish va chiqarish nafas olish organlari gigiyenasining birinchi sharti hisoblanadi.Bu orqali o’pkaning tiriklik sig’imi ham ortadi.
96.SINF VA O’QUV XONALARNING SHAMOLLATILISHINI GIGIYENIK BAHOLASH.
Sinf va o’quv xonalarini shamollatish o’quvchilarning salomatligini saqlashda,dars o’zlashtirishining pasasaymasligida muhim ahami-yatga ega.Sinf xonalari xonada karbonat angidrid miqdori oshib ketmasligi uchun har soatda 5-10 daq shamollatilishi kerak. Shamol-latish derazalar orqali amalga oshiriladi.
97.SINF XONASINING HAVO TARKIBI VA MIKROIQLIM.
Sinf xonasining havosi tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,07-0,1 %dan oshmasligi kerak.Narmal havo tarkibida 0.03,0.04 % bo’ladi. Havo derazalar orqali har bir soatda 5-10 daqiqa shamollati-lishi lozim. Sinf xonasidagi havo xuddi atmosfera havosidek toza bo’lishi tavsiya etiladi.
98.BUYRAKLAR VA ULARNING MIKROSKOPIK TUZILISHI.
Buyrak juft organ bo’lib( o’ng va chap buyrak) ,qorin bo’shlig’ining bel qismida ya’ni bel umurtqasining ikki yonida joylashgan.U loviya shakliga o’xshash.Buyrak murakkab tuzilgan.Uning ichki tomoni bo-tiqroq bo’lib,buyrak darvozasi deyiladi.Buyrak darvozasi orqali buy-rakka arteriya qon tomiri kirib ,vena qon tomiri chiqadi.Har bir buyrakning og’irligi katta odamda 150 g.Buyrak to’qimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega bo’lib,nefronlardan tashkil topgan.Har bir buyrakda 1 mln atrofida nefron bor.Buyrak nifronlarida arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib ,buyrak kapsulasiga o’tadi va siydik hosil bo’ladi.
99.SIYDIK YO’LI VA SIYDIK PUFAGINING TUZILISHI VA VAZIFALARI.
Siydik yo’li buyrak jomidan boshlanib, qorinning orqa devori bo’y-lab pastga tushadi va siydik pufagiga tutashadi.Uning uzunligi katta yoshli odamda o’rtacha 30 sm.Buyrakda filtirlanib hosil bo’lgan siy-dik ,siydik yo’li orqali siydik pufagiga uzluksiz quyilib turadi.Siydik pufagi qorinning pastki qismida chanoq sohasida joylashgan bo’lib, uning hajmi katta odamda 500-700 ml bo’ladi.U siydikni to’lash funksiyasini bajaradi.
100.BUYRAKLARDA SIYDIK HOSIL BO’LISHI.
Buyrakda siydik hosil bo’lishi 2 davr(faza)ga bo’linadi.1-davr – filtratsiya,u birlamchi siydik hosil bo’lishidan iborat.2-davr- reabsorbtsiya jarayoni deyiladi.Bunda birlamchi siydik tarkibidagi qand,aminakislatalar,suv va mineral tuzlar vena tomirlariga qayta so’riladi.
101.BUYRAKLAR FUNKSIYASINING BOSHQARILISHI.
Buyraklar nerv va gumoral yo’l bilan boshqariladi.Simpatik nerv to-lalari siydik ajralishini kamaytiradi,parasimpatik nerv tolalari ko’-paytiradi.Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada joylashgan. Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni esa siydik aj-ralishini ko’paytiradi.
102.SIYDIK AYIRISHNING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI.
Siydik ayirish jarayoni 5 yoshgacha bo’lgan davrda ixtiyorsiz peshob ajratishi mumkin . Lekin bu kasallik emas. Bu hol keksalikning ma’lum davrlaridan ham boshlanadi.Bunisi esa kasallik hisoblanadi.
103.SIYDIK AYIRISH A’ZOLAR GIGIYENASI.
Siydik ayirish organlari sog’lom bo’lishi,o’z funksiyasini yaxshi baja-rishi uchun sho’r ovqatlar yemaslik ,bodamsimon bez yallig’lanishini oldini olish , tish kasalliklarini vaqtida davolash kerak.Vaqtida davolanmasa buyraklar yallig’lanish kasalliklari va boshqa kasallik-lar yuzaga kelishi mumkin.Siydik pufagida uni ko’p ushlamaslik kerak . Siydik tarkibidagi tuzlar to’planib tosh paydo bo’lishi mum-kin.
104.KECHASI SIYDIK TUTOLMASLIK YOKI ENUREZ.
Enurez uyqu va vaqtida ixiyorsiz peshob ajratish kasalligi. Enurez – ning klinik o’rni bolalar va o’smirlar o’rtasida katta. Bu kasallik 5 yoshli bolalarning 10%i, 10 yoshlilarning 5%ida ,14 yoshlilarning 2 foizida uchraydi. Enurezning tarqalishida jinsning ham ahamiyati bor.Kasallik qizlarga nisbatan o’g’il bolalarda 2 baravar ko’p uch-raydi. 5 yoshgacha bo’lgan davrda bu kasallik emas fiziologik holat-dir.5 yoshdan keyin esa uni albatta davolsh kerak.Enurez kelib chi-qishiga infeksiyalar,asab tizimi kasalliklari,peshob pufagi faoliyati buzilishi va boshqalar sabab bo’lishi mumkin.
105.KIYIM VA POYABZALGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR.
Kiyimlarga qo’yiladigan gigiyenik talablar quyidagilardan iborat: kiyim havo,suv,namlik, issiqlikni yaxshi o’tkazishi, tozalash tadbir-lari oson o’tkwzilishi kerak.Poyabzalga qo’yiladigan gigiyenik talab-lar quyidagicha: havo o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lishi,tovonda namlik saqlamasligi,poyabzal oyoqqa loyiq bo’lishi, yassi oyoqlikni yuzaga keltirmaydigan ,tashqi namlikni o’tkazmaydigan va hk bo’li-shi kerak.
106.QON VA UNING AHAMIYATI.
Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo’lib,uning miqdori tana massasining o’rtacha 7%ini tashkil qiladi.Qonning ahamiyati quyidagicha : qon barcha to’qima va organlar ishini baja-rishda ishtirok etadi, tana haroratining doimiyligini saqlaydi,oziq moddalarni hujayraga yetkazadi va ayniqsa organizmni himoya qiluvchi immunitet sifatida ahamiyati katta.
107.QONNING TARKIBI.
Qon tarkibi 2 qismga : qon plazmasi va qonning shaklli elementlari-ga ajraladi. Qon plazmasi tarkibiga oqsillar, yog’lar,uglevodlar, mineral tuzlar , gormonlar,fermentlar ,antitelalar kiradi.Shaklli ele-mentlariga eritrotsitlar,leykotsitlar,trombotsitlar kiradi.Ular qon-ning quyuq qismini tashkil etadi.
108.QON PLAZMASI VA UNING TARKIBI.
Qon plazmasi tarkibida oqsillar,yog’lar,uglevodlar,mineral tuzlar,gormonlar, fermentlar,antitelalar bo’ladi , o’rtacha 90-92% suv,7-8% oqsillar,0.9% tuzlar, 0.1% glukoza,0.8% yog’ bo’ladi.
109.ERITROTSITLAR VA ULARNING ORGANIZMDAGI AHAMIYATI.
Eritrotsitlar qizil qon tanachalari hisoblanadi.Ular suyaklarning ko’-mik qismida hosil bo’ladi ,qonga o’tgandan so’ng 120 kun yashaydi , so’ngra jigar va taloqda parchalanadi. Eritrotsitlarning organizmdagi ahamiyati shuki,ular barcha hujayralarni kislorod bilan ta’minlaydi . Bu funksiyani boshqa birorta shaklli elementlar bajarmaydi.
110.TROMBOTSITLAR VA ULARNING AHAMIYATI.
Trombotsitlar qonning plastinkalari bo’lib, suyaklarning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi,yadrosi bo’lmaydi. Organizmdagi ahamiyati shuki, ular qonning ivishini ta’minlaydi.Buni boshqa hech qaysi shaklli element bajarmaydi.
111.LEYKOTSITLAR VA ULARNING ORGANIZMDAGI AHAMIYATI.
Leykotsitlar oq qon tanachalari hisoblanadi.Leykotsitlar yadroli qon hujayralari bo’lib,donasiz va donador bo’ladi.Uning ,organizmdagi ahamiyati shuki,u mikroblar va zararlangan hujayralarni yutib ha-lok bo’ladi.Organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qiladi.
112.QON GURUHLARI VA QON QUYISH.
Qon eritrotsitlari tarkibidagi agglyutinogen ,plazmasidagi agglutinin moddalari bo’lishiga qarab, barcha odamlar qoni 4 guruhga bo’lina-di. Ko’p qon yo’qotgan bemorni davolash uchun qon quyish kerak bo’ladi.Bu o’ta mas’uliyatli ish hisoblanadi.1- qon guruhi barcha qon guruhlariga qon berishi,faqat 1-qon guruhidan olishi mumkin.2- qon guruhi 2-3- qon guruhlariga berishi,1-2- qon guruhlaridan olishi mumkin.3-qon guruhi 3-4- qon guruhiga berishi,1-3 -dan olishi mumkin.4-qon guruhi faqat 4-qon guruhiga berishi lekin barcha qon guruhlaridan olishi mumkin.
113.QON HOSIL QILUVCHI ORGANLAR VA ULARNING AHAMIYATI.
Qon hosil qiluvchi organlarga suyak ko’migi, limfa tugunlari,taloq va jigar kiradi. Ularning ahamiyati shundan ioratki, bu organlarda ishlab chiqariluvchi qon tana haroratini bir me’yorda ushlaydi.
114.REZUS FAKTOR VA UNING AHAMIYATI.
Rezus faktor bu antigen( oqsil) bo’lib, u qizil qon tanachalari eritrot-sitlarning ustida joylashgan.Rezus omili bo’lajak homiladorlikda va bola to’g’ri rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
115.QONNING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI.
Homiladorlikning 3- haftasidan embrion tanasida yurak va qon tomirlari shakllana boshlaydi. 4 oyligidan tush va umurtqa suyaklarida qon ishlab chiqarila boshlaydi. Yangi tug’ilgan bolada qonning yopishqoqligi yuqori bo’ladi.
116.QON AYLANISH VA UNING AHAMIYATI.
Qon aylanish sistemasiga yurak , arteriya ,kapillarlar,vena ,limfa tomirlari kiradi. Uning ahamiyatlaridan biri shuki , qon aylanishi natijasida tana harorati bir maromda bo’ladi.
117.KICHIK QON AYLANISH DOIRASI VA UNING XUSUSIYATLARI.
Kichik qon aylanish doirasi yurakning o’ng qorinchasidan-o’pka arteriyasi deb ataluvchi katta qon tomiridan boshlanib ,u o’ng va chap o’pka arteriyalari,kapillarlariga bo’linadi.Bu qon o’zidagi kar-bonat angidridni o’pka alveolalariga o’tkazib,ulardan kislorodni qabul qilib,arteriya qoniga aylanadi va 4 ta o’pka venalari orqali yurakning chap bo’lmasiga quyiladi.
118.KATTA QON AYLANISH ORGANLARI VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan aorta deb ataluvchi katta arteriya qon tomiridan boshlanib,yirik,o’rta va mayda arteriya tomirlari orqali tananing barcha to’qima va organ-larini arteriya qoni sifatida kislorod va oziq moddalar bilan ta’min-lab,vena qoniga aylanadi hamda yuqorigi va pastki kovak venalar orqali o’ng bo’lmachaga quyiladi.
119.YURAKNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI.
Yosh bolalar yuragi o’lchami ,hajmi, shakli ,joylashishi bilan katta-larnikidan farq qiladi. Balog’atga yetish davrida yurak tez o’sadi. Bolaning 1- yoshida yurakning qorincha va bo’lmachalari yaxshi o’smaydi. 2 yoshdan boshlab bir tekis o’sadi. Yosh ortishi bilan yurak hajmi ortib boradi.
120.YURAK FAOLIYATINING BOSHQARILISHI.
Yurak faoliyatining boshqarilishi asosan undagi muskullar ritmik ravishda qisqa-rib bo’shashganligidan yurak bo’lmalari va qorinchalarining torayi-shi va kengayishi natijasida amalga oshadi.
121.YURAK -QON TOMIR SISTEMASINING GIGIYENASI.
Kun tartibi yurak qon tomir tizimiga kuchli ta’sir etadi. Kun tartibi to’g’ri tashkil etilsa u yaxshi ishlaydi. Jismoniy ish va mashqlar kishi yoshiga mos bo’lishi kerak. Salbiy his hayajon, chekish, ichish yurak qon tomir sistemasini ishini buzadi. Poyabzal va kiyim o’lchami kichik bo’lishi kerak emas.Chunki qon yaxshi aylanmaydi.
122.AYIRISH ORGANLARI VA ULARNING VAZIFALARI.
Ayirish organlariga bir juft buyrak, 1 juft siydik yo’li, 1 ta siydik qopi, siydik chiqarish kanali kiradi.Buyrak darvozasidan siydik yo’li chiqa-di.Buyrak nefronlardan tuzilgan.Nefronlarda qonning suyuq qismi filtrlanib ,buyrak kapsulasiga o’tadi va siydik hosil bo’ladi.Siydik yo’li buyrak jomidan boshlanib , siydik pufagiga tutashadi.Buyrakda hosil bo’lgan siydik siydik qopiga uzluksiz quyilib turadi. Siydik qopi qorinning pastki qismida chanoq sohasida joylashgan ,unda siydik to’planadi.Siydik chiqarish kanali orqali tashqariga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |