Web-serverning ishchanligi.
Web-serverga bir vaqtning o‘zida ulanishlar soni ko‘payib ketib u turfa muxitli axborotlar bilan ishlashga oid uz vazifasini eplay olmay qolishi mumkin. SHuning uchun Web-serverning texnikaviy(apparat) ta’minoti uning yukiga mos kelishi kerak. Web- serverning ishchanligi uni tarmoqqa birlashtirish vositalariga va tarmoq aloqa kanallarining o‘tkaza olish qobiliyatiga xam bog‘lik. Web-serverning y haqida undagi o‘rtacha axborot oqimi tezligi asosida fikr yuritish mumkin.
Web-serverdan chiqishi talab etiladigan axborot oqimining tezligi v [bit/s] unga kundalik o‘rtacha ulanishlar soni U va har bir ulanishda uzatiladigan fayllarning o‘rtacha xajmi X [kilo bayt] orqali quyidagi ifodadan topiladi.
V = U*X*12/86400 Kbit/s
Bu erda "12" - bir baytdagi bitlar soni 8 ga ko‘shimcha 4 bit to‘g‘ri kelishini hisobga oladi. "86400"- bir sutkaning sekundlarda o‘lchangan davomiyligi.
Tarmoq kompyuterlari o‘rtasida funksiyalarni qanday bo‘linganligiga qarab, tarmoq OT va shu bilan tarmoqlarning o‘zi ham ikkita sinfga bo‘linadi: bir rangli va ikki rangli. Oxirgisini ko‘proq ajratilgan serverli tarmoqlar deb atashadi.
Agar kompyuter o‘zining resurslarini tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarga taqdim qilsa, unda u server rolini o‘ynaydi. Bunda boshqa mashina resurslariga murojaat qiluvchi kompyuter klient hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek tarmoqda ishlaydigan kompyuter yo klient funksiyasini, yo server
funksiyasini, yoki ikkalasining ham funksiyasini bajarishi mumkin.
Agar biror bir server funksiyalarining bajarilishi kompyuterning asosiy vazifasi bo‘lsa(masalan, fayllarni tarmoqdagi foydalanuvchilarga umumiy foydalanishga taqdim etish, faksdan umumiy foydalanishni tashkil qilish yoki tarmoqdagi foydalanuvchilarni o‘zining dasturlaridan foydalanishga ruxsat berish), unda bu kompyuter ajratilgan server deb ataladi. Serverning qaysi resursi ajratuvchi ekanligiga qarab, u fayl – server, faks – server, print – server, ilova server va h.k deb ataladi.
SHubhasiz, ajratilgan serverlarda shunaqa OT ni o‘rnatish maqsadga muvofiqki, ular u yoki bu server funksiyalarini optimal bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. SHuning
uchun ajratilgan serverli tarmoqlarda tarkibiga server qismlari imkoniyatlari bilan farq qiluvchi bir nechta variantli OTlari kiruvchi tarmoq operatsion tizimlari ishlatiladi. Masalan, Novell Net Ware tarmoq OTi fayl – server sifatida ishlaydigan serverli variantiga ega. OT larning boshqa misoli sifatida, tarmoqni ajratilgan serverli qurishga mo‘ljallangan OT Windows NT hisoblanadi. Net Ware dan farqli o‘laroq Windows NT ning ikkala varianti , Windows NT server(ajratilgan server uchun) va Windows NT Workstation(ishchi stansiyalar uchun) ham klient ham server funksiyalarini qo‘llab quvvatlaydi. Lekin Windows NT ning serverli varianti tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarga kompyuteridagi resurslarini ko‘rsatish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega, chunki u ancha keng funksiyalarni bajarishi mumkin, katta miqdordagi klientlarning bir vaqtda ulanishini qo‘llaydi, ancha keng himoya vositalariga ham egadir.
Ajratilgan serverni uning asosiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan oddiy masalarni yechish uchun ishlatiladigan kompyuter sifatida ishlatish mumkin emas, bu uning server sifatida ishlash unumdorligini kamaytiradi. SHularni hisobga olgan holda Novell Net Ware OT ining server qismida oddiy dasturlarni bajarish imkoniyatlari umuman ko‘zda tutilmagan, ya’ni klient qismi yo‘q, ishchi stansiyalarda esa server komponentlari mavjud emas. Biroq boshqa tarmoq OTlarda ajratilgan server klient qismining ishlashi bemalol mumkin. Masalan, Windows NT Server boshqaruvi ostida lokal foydalanuvchining tarmoqdagi boshqa kompyuterning resurslariga so‘rov tushishi bilan OT klient qismining funksiyalarini bajaradigan oddiy dasturlari yuklanishi mumkin. Bunda Windows NT Workstation OTi o‘rnatilgan ishchi stansiyalar ajratilmagan server funksiyalarini bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |