Ninachi va chumoli



Download 21,59 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi21,59 Kb.
#98007
Bog'liq
Dangasalik yomon odat


Dangasalik yomon odat.

“Ninachi va chumoli”



Maqsad: Qizlarga dangasalik yomon illt ekanligu haqida tushuncha berish. Dangasalik muhtojlikka olib kelishini izohlab berish, dangasa insonni hech kim yoqtirmasligi haqida tushuncha berish. Qizlarga yoshlikdan o’z-o’zini eplashga, uy-ro’zg’or ishlarida ota-onalariga yordam berishga odatlantirib borish.

Bolalarga yolg’onchilik yomon odatligi, yolg’on gap insonlarni ranjitishi, ishonch yo’qolishi, yolg’onchi degan nomni olishi haqida tushuncha berish. Yolg’onchilik va rostgo’ylik haqida maqollar yod oldirish.



Kerakli jihozlar: Ninachi va chumoli kiyimlari, chumoli uchun oziqa, uy qurish uchun kubiklar. She’r va durroj stol teatri.

To’garakning borishi: Bolajonlar bugun muassasamizda to’garaklar kuni. Hozir sizlar bilan Zumradoylar to’garagida faoliyat yuritamiz. Biz sizlar bilan zumradoylar to’garagida o’quv yili davomida turli xil mavzularda suhbatlashdik. “Salomlashish odobi”, “Mening allam”, “Mehmon kutish”, “Dasturxonda o’tirish”, “Kattalarni hurmat qilish, kichikni izzat qilish”, “Ko’chada yurish odobi” mavzularida suhbatlashib o’rganib kelmoqdamiz. Bugun sizlar bilan sahnalashtirish markazlarida “Ninachi va chumoli” ertagini sahnalashtiramiz. Siz dangasalik qanday oqibatlarga olib kelishini bilib olasiz.

Davraga ninachi musiqa sadolari ostida o’ynab kirib keladi.

Ninachi mening otim,

Doim yoyiq qanotim.

Sho’x-sho’x parvoz etaman,

Manzilimga yetaman.

Davraga chumolilar kirib kelishadi.

Bizlar qildik tin bilmas

Bizlar bir tan bir jonmiz.

Intizom hech buzilmas,

Tizilishgan marjonmiz.

Topsak hamki bir uvoq,

Talashmayin yeymiz biz.

Ahillik noni har choq,

Barakali deymiz biz.

Qo’llarida uy qurish uchun kubiklar va oziq-ovqatlar.

Bir guruh chumolilar uy quradilar, ikkinchi guruhi esa oziq g’amlaydilar.

Musiqada o’ynab ninachi kirib keladi.

Men ninachi, ninachi

Guldan-gulga qo’naman.

U yon – bu yon uchaman,

Sira mehnat qilmayman.



Ninachi oziqa yig’ayotgan chumolilar oldiga boradi.

  • Hoy chumolilar nima qilyapsizlar?

  • Chumolilar biz qish g’amini qishda yeb, oziqa yig’amiz, kel bizga yordam ber.

Ninachi: - ho-o-o, nega yordam berar ekanman, hozir o’ynab kulib qolish kerak. Qishga hali ancha bor. Qish kelsa bir gap bo’lar.

Ninachi uy qurayotgan chumolilar oldiga borib: - hoy chumolilar, nima qilyapsiz? Menga o’xshab mazza qilib o’ynab kulmaysizmi?

Chumoli: ertaga qish kelsa qayerda yashaymiz, kel bizga uy qurishda yordam ber.

Ninachi: - Ho-o-o, nega yordam berar ekanman, ertaga qish kelmaydi. Hali unga ancha bor. Hozir menga o’xshab o’ynab-o’ynab kulib qolish kerak. Qishga hali ancha bor. Qish kelsa bir gap bo’lar. Ninachi shunday deb yana o’ynab ketibdi. Mehnat qilmabdi.

Qishni eslatadigan kuy yangraydi.

Qish fasli kirib kelibdi.

Ninachi sahnaga sovqotib kirib keladi.



Ninachi: buncha sovuq, buncha izg’irin, qornim och, ustim yupun. Nima qilsam ekan. Kimdan yordam so’rasam ekan.

Ninachi chumoli inini ko’rib qoladi. Uya yoniga boribchumolilarni chaqiradi.



Ona chumoli chiqadi: - Hush kelibsiz ninachixon. Keeling sizga qanday yordam kerak?

Ninachi: - Assalomu alaykum, ona chumoli, menga yordam bering, qornim och , ustim yupun.

Ona chumoli: - Hozir men chumolilardan so’raychi. Chumolilar ninachiga yordam beramizmi?

Chumolilar: - Ho’p yordam beramiz, avval bizga ninachi va’da bersin.

Ninachi: - Ho’p, ho’p va’da beraman, qishda o’ynab kulmasdan mehnat qilaman.

Ona chumoli: -Ana chumolilar, ninachi o’z aybiga iqror bo’ldi.endi u ham yozda mehnat qiladi. Qani aytingchi, dangasalik yaxshi odat ekanmi?

Kim maqollar biladi?



  • Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar.

  • Daraxt yaprog’I bilan, odam mehnati bilan ko’rkam.

  • Bugungi ishni ertaga qoldirma.

  • Halol ishla, halol tishla.

  • Mehnat baxt keltirar.

  • Yozgi mehnat, qishgi rohat.

Ana ko’rdingizmi qizlarim dangasalikning ohiri voy. Ninachixon yozda mehnat qilganida, o’ziga oziq yig’ib, uy qurganida sovuqda qiynalmasdi. Hech kimga muhtoj bo’lmas edi. Dangasalar hech kimga yoqmaydi. Oilada ham ishyoqmas qizlar doim dakki eshitib yuradilar.

Bugun yana bir mavzu “Yolg’onchilik yomon odat” ekanligi haqida suhbatlashamiz. Yolg’on gapirgan bola hamma vaqt uyalaib qoladi. Ularga hech kim ishonmaydi. Hozir sizga Alisher Navoiy bobomizning “She’r bilan durroj” rivoyatini aytib beraman.



She’r bilan durroj” stol teatri.

  • Bolajonlar sizga ertak yoqdimi? Yolg’onchilik qanday yomon oqibatga olib kelishini bilib oldingiz-a?

  • Durroj to’g’ri ish qildimi? Yo’q albatta. Yolg’onchiligidan tuzoqqa tushib qoldi. Yolg’onchiligidan rost so’zi ham yolg’on bo’ldi. She’r ishonmadi. Siz yolg’onchilik haqida qanday maqollar bilasiz?

  • Uyalmayin desang, yolg’on gapirma.

  • Yolg’onning umri qisqa.

  • Yolg’on uyaltirar, rost suyuntirar.

  • Yolg’onchining rost so’zi ham yolg’on.

  • Boshingga qilich kelsa ham rost so’zla.

Rahmat qizlarim, mana bugun siz dangasalik va yolg’onchilik qanday oqibatlarga olib kelishini bilib oldingiz.keyingi mashg’ulotlarimizda “Tejamkorlik – yaxshi odat” mavzusida suhbatlashamiz.

Bolajonlar rag’batlantiriladi.
Download 21,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish