Nimadan boshlash zarur



Download 200,12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.02.2022
Hajmi200,12 Kb.
#447744
Bog'liq
стол-тенними 15




Nimadan boshlash zarur 
Har doim biror ish bilan mashg‘ul bo‘lishdan avval tabiiy savol tug‘iladi: 
nimadan boshlash kerak? 
Albatta avvalo sizga raketka kerak. Eng yaxshisini tanlashga intilasiz. 
Ammo shoshilmang. Stol tennisi bilan shug‘ullanish uchun raketkadan tashqari 
stol, to‘r, to‘p va albatta stol joylashtirish uchun joy(xona, zal yoki maydon) kerak 
bo‘ladi. 
O‘yin maydoni 
Stol tennisini to‘rtburchak stol o‘rnatish mumkin bulgan har qanday joyda 
o‘ynash mumkin. Uy sharoitidagi maydon uchun yashash xonasi, xoll, veranda, 
ochiq havoda - 7,5 x 4,5 m o‘lchamli er maydoni kifoya. Aynan shunday o‘lcham 
musobaqalar o‘tkazish uchun talab qilinadi. Ko‘pgina stollar qo‘yish imkoni 
bo‘lgan katta zallarda tennis stollari bir-biridan 2 metrdan kam bo‘lmagan 
masofada o‘rnatiladi. Stollar orasidagi masofaga o‘yin vaqtida to‘plar ikki stol 
o‘rtasida o‘tib ketmasligi uchun 75 sm balandlikda bo‘lgan to‘ssiqlar bilan 
yopilishi kerak. Zal poli esi yog‘ochdan bo‘lgani ma’qul – parket ayni muddao. 
Mashg‘ulotlar uchun zallar anchagina keng bo‘lishi va tabiiy va sn’iy havo 
almashinuviga ega bulishi kerak. Xonaning yoki zalning balandligi 4m dan kam 
bo‘lmasligi maqsadga muvofiq. Ammo xona sharoitida ham o‘ynash tavsiya 
etilaveradi. Sport gigienasiga ko‘ra havo almashinuvi majburiydir, agarda har bir 
inson uchun 20 m3 havo talab etilsa. 
Xonada yorug‘lik tabiiy (agarda oynalardan yorug‘lik ko‘zga to‘g‘ridan 
to‘g‘ri tushmasa) yoki sun’iy bo‘lishi mumkin. Sun’iy yorug‘lik manbayi ortiqcha 
yorug‘ bo‘lmagan lampalar bo‘lgani ma’qul. SHunday lampalarni 3 m dan kam 
bo‘lmagan balandlikka o‘rnatmoq lozim. Aks holda lapmadan tarqalayotgan 
yorug‘lik soya tashlab, o‘yinga halaqit berishi mumkin. YOrug‘lilik darajasi bu 
holatda 400 lyuksni tashkil etadi. 
Ochiq havoda o‘ynash uchun shuningdek qattiq tekis yuzaga ega bo‘lgan er 
maydoni zarur bo‘ladi. Asfaltda yoki boshqa o‘ta qattiq bo‘lgan yuzada o‘ynash 
tavsiya etilmaydi. Bunday qattiq yuzali maydonlar ayniqsa o‘rta va qari 
yoshdagilar, shuningdek umurtqa pog‘onasida muammolari bo‘lgan insonlar uchun 
ta’qiqlanadi. 
SHu 
bilan 
birgalikda 
ochiq 
havoda 
stol 
tennisi 
bilan 
shug‘ullanayotganingizda tentni bo‘lishiga e’tibor bering. Zero quyosh nuri ko‘zni 
olib o‘yinga halaqit berishi mumkin. Tent erdan 4m dan kam bo‘lmagan 
balandlikda bo‘lishi lozim. Agarda tent o‘rnatishning iloji bo‘lmasa, stol quyosh 


nuri ko‘zga tushmaydigan holatda joylashtiring. Maydonning atrofini to‘q rangli 
yuza egallab turishi maqsadga muvofiq. CHunki bunday fonda to‘p yaxshiroq 
ko‘rinadi. Fon vazifasini turlihil materiallar bajarishi mumkin. 
Zal va xonalarda ham devorlar to‘q rangda bo‘yaladi. Devor va fon uchun 
yashil rang tavsiya etiladi. CHunki yashil rang insonni tinchlantiradi, asab tizimiga 
salbiy ta’sir eimaydi. Aynan shunday xonani jixozlashga vaqtingizni ayamang. Stol 
tennisini xona sharoitida bo‘ladimi yoki erta baxor ochiq havoda o‘ynash 
bo‘ladimi, inmonga haqiqiy zavq bag‘ishlaydi. 
Stol 
Musobaqa qoidalariga ko‘ra stol tennisi uchun stol to‘rtburchak, 274 sm 
uzunlikka va 152,5 sm eniga ega bo‘lishi zarur. Balndligi esa 76 sm. Bu o‘lsamlar 
bizga Angliyadan kelgan. Ingliz o‘lchamlarida bu 9x6 fut hisoblanadi.Agar sizning 
kvartirangizda bunday stol uchun joy bo‘lmasa, hafa bo‘lmang. Ahir siz maroqli 
vaqt o‘tkazish uchun, sog‘liqni mutahkamlash uchun uchun tennis o‘ynaysiz. Uy 
sharoitida o‘ynash uchun ovqatlanadigan oddiy stol ham bo‘laveradi. Maktabgacha 
va boshlan0ich maktab yoshidagi bolalar uchun stol balandligini 60-70 sm ga 
pasaytirgan ma’qul. CHet mamlakatlarida bolalar uchun maxsus stollar ishlab 
chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan (8x4 fut yoki 244x122 sm). Bunday stollarni 
imkoniyati etarli bo‘lganlar o‘zlari ham yaratishgi mumkin. Bolalar o‘sib, voyaga 
etgandan so‘ng haqiqiy tennis stolida o‘ynashi mumkin bo‘ladi. O‘yin yuzasi 
qat’iyan ko‘ndalang bo‘lishi, silliq, to‘q rangda, ayniqsa yashil rangda bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. Stol yuzasiga qalinligi 2 sm bo‘lgan chiziq stol chekkalariga 


tushiriladi, o‘rtadagi chizig‘i esa 0,3 sm qilib chiziladi. Bunda o‘ratdagi chiziq 
yonfchiziqlarga parallel bo‘lishi darkor (1-rasm).
 
Stol tennisi uchun maxsus stollar magazinlarda sotiladi. Ammo ularni o‘z 
qo‘limiz bilan tayyorlasak ham bo‘ladi. Bunday stollar qalinligi 15 mm dan kam 
bo‘lmagan doska yoki yog‘och plitalardan yasaladi. Aynan yog‘och bo‘lishi shart 
emas. To‘p yaxshi aks sakrash beradigan boshqa materiallardan ham fogydalansa 
bo‘ladi. Eng asosiy kriteriy – bu to‘pning yuzadan qaytib sakrashi. Buni 
quyidagicha tekshiriladi: stolga 30,5 sm (1 fut) balandlikdan tashlangan to‘p, stol 
yuzasidan 23 sm dan kam bo‘lmagan balandlikka ko‘tarilishi lozim. Stol yaxlit 
yoki ikki qismdan iborat yig‘ma bo‘lishi mumkin. Eng muhimi, o‘z qo‘lingiz bilan 
stol yasayotganingizda uning yuzasida notekisliklar bo‘lmasligiga e’tibor bering. 

Download 200,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish