Darsning shiori:
Maqsadimiz bittadir
Diqqat bilan quloq solish
Ustoz so`zin anglab olib
Kamolotga yetib borish
Darsning oltin qoidasi:
Ona tilim jon tilim
Bobolardan meros tilim
Shunday tildan tonar bo`lsam
Qiyma-qiyma bo`sin tilim
Dars jarayoni va texnologiyasi:
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
Darslikni tashkil etish. O`quvchilar davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorligini tekshiriladi.
|
Suhbat
|
2-minut
|
2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash
|
O`quvchilarning ehtiyojlari aniqlanib, mavzuga oid savol-javob olib boriladi.
|
Savol-javob, mustaqil ish
|
2-minut
|
3-bosqich. O`tilgan mavzuni mustahkamlash
|
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
Test
|
6-minut
|
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzu bayoni. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar haqida tushuncha berib tanishtirish.
|
Suhbat, savol-javob
|
8-minut
|
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
188-mashqni bajarish.
189-mashqni bajarish.
190-mashqni bajarish.
|
Muammoli izlanish, ko`chirib yozish. Muammoli izlanish.
|
18-minut
|
5-bosqich Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Bo`sh kataklarni (doiralarni) to`ldir. So`z o`yini
|
Muammoli izlanish.
|
6-minut
|
|
1.O`quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e’lon qilinadi.
2. Dars yakunlanadi.
|
Muammoli izlanish.
|
1-minut
1-minut
|
7-bosqich. Uyga vazifa.
|
191-mashq.
|
Og`zaki tushuntirish.
|
1-minut
|
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qisim:
Darsni tashkil etish
O`quvchilar bilan salomlashish.
Davomadni aniqlash.
Sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish.
2-bosqich. Ehtiyojlarni aniqlash.
Ko`rgazmali qurollarni magnit doskaga yozish.
O`quvchilarni guruhlarga bo`lish.
Har bir guruhga test savollarini tarqatish.
Darsni tabiat tashqi olam atrof bilan bog`lash.
Mana aziz o`quvchilar dars uchun kerakli bo`lgan ehtiyojlardan kelib chiqib sharoitlarni yaratdik.
3-bosqich. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida ikki guruhga “Donalar” va “Bilimdonlar” guruhiga test savollarni tarqataman va ularni baholashda o`z- o`zni baholash usulidan foydalanaman
1.Kishilarni nima deb ataymiz ?
A)Shaxs B)Narsa D) Hech narsa
2.Shaxs (kishilar)ga qanday so`roq beramiz ?
A)Nima ? B)Kim ? D)Qayerda ?
3.Narsalarga qanday so`roq beriladi ?
A)Kim ? B) Nima ? D)Kim ? Nima ?
4.Kishilarning ismi familiyasi va hayvonlarga qo`yilgan nom qanday harf bilan yoziladi ?
A)Bosh harf bilan B) Kichik harf bilan D)Ikkalasi ham to`g`ri
5.Shaharlarga qo`yilgan nom qanday harf bilan yoziladi ?
A) Bosh harf bilan B) Kichik harf bilan D) Ikkalasi ham to`g`ri
4-bosqich Yangi mavzu bayoni.
Mana o`quvchilar o`tilgan mavzuni mustahkamlash orqali shahs va narsa haqidagi tushunchaga yana bir bor ongli ravishda ega bo`ldik. Shundan kelib chiqqan holda yangi mavzuni bemalol o`tsak ham bo`ladi.
Biz bilamizki so`z shaxs va narsaning nomini, belgisini, harakatini, sanog`ini bildiradi deb o`tganmiz. Masalan daraxt so`zida buni birgalikda tadbiq qilamiz. Nomi-nima? – Daraxt
Belgisi-qanday?
Katta
Harakati nima qiladi?
O`sadi.
Soni nechta?
Bitta.
To`g`ri javob berdingiz bolajonlar.
Bugun biz shular ichidan harakatni o`rganamiz. Har bir shaxs yoki narsa bajarayotgan ishiga, holatiga qarab biror harakatni o`zida ifoda etadi.
- O`quvchilar nima qiladi?
- yozadi, chizadi, o`qiydi.
- eshik nima qildi?
- ochildi.
Quyidagi rasmga qarab avval narsalarni bildiruvchi so`zlarni topamiz.
Bolalar aytadi. Daraxt, quyosh, suv, o`tlar.
To`g`ri aytdingiz. Ana endi biz shu so`zlarni harakatni bildiruvchi so`zlar bilan birgalikda aytamiz.
- Daraxt nima qiladi?
- Daraxt o`sadi.
- Quyosh nima qiladi?
- Quyosh chiqadi.
- Suv nima qiladi?
- Suv oqadi.
- O`tlar nima qiladi?
- O`tlar o`sadi.
To`g`ri aytdingiz bolajonlar.
Endi 2-rasmda narsalarning nomlarini aytgan holda harakatlantiramiz. Rasmlarni ko`rsatgan holda. Ulardan javob olamiz.
Bolalar aytadi.
Baliq suzadi. Kapalak uchadi. Qaldirg`och uchadi. Ko`z ko`radi.
To`g`ri javob berdingiz bolalar. Bundan kelib chiqqan holda yangi mavzuni bemalol o`tsak bo`ladi.
Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar Nima qildi ?Nima qiladi ? Nima qilayapdi ? kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Nima qildi ?-uchdi, oqdi.Nima qiladi ?-uchadi, oqadi, Nima qilayapdi ?-uchyapdi, oqyapdi.
Mavzuni yana bir bor mustahkamlab mashqni bajarishga o`tamiz.
188-mashq.
Mashqni bajarishdan oldin, mashqdagi rasmga qarab oldin olgan bilimlaringizga tayanib bolalarga ism qo`ygan holda kim? va nima? So`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarni topishni birinchi “Donolar” guruhiga topshiraman. Buni bajarishda klasser usulidan foydalanamiz. Qani boshladik bolajonlar.
Ular yozadilar.
Bolarga esa ism qo`ygan holda shaxs yoki narsalar harakatini bildiruvchi so`zlarni to`g`ri topishni ikkinchi guruh “Bilimdonlar” guruhiga topshiraman . Ular kelishgan holda “baliq skeleti” usulida narsa va shaxsning harakatini bildirgan so`zlarni gaplar orqali yozadilar.
Guruhlar topshiriqni bajarib bo`lgach. 188-mashqdagi qishda matnini darslikdan birgalikda o`qiymiz.
Qishda.
Qor ko`p yog`di. Kun sovidi. Yer muzladi. Bolalar sevindilar va tepalikka
yugurdilar.Ana,Vazira, Qorbobo yasayapdi. Latofat chana uchyapdi. Vahob konki uchyapdi.Qish ham maza !
- Bolalar qishda kun qanday bo`lishini, qish faslining nima uchun bolalarga yoqishini bildik-a?
- Ha.
Mana endi har bir o`quvchi o`tirgan holda ko`chirib yozish, chiroyli yozish, hat boshiga e’tibor bergan holda mashqni ko`chiramiz.
Bolalar mashqni ko`chiradilar.
189-mashq
Mashqni bajarishda o`quvchilarni uch guruhga bo`lib.
188-mashqdagi matndan harakatni bildiruvchi so`zlarni berilgan savollardan kelib chiqib o`z o`rniga topib yozishlarini aytaman. Qani boshladik.
1-guruh 2-guruh
3-guruh
Guruhlar o`z ishini bajargach bir-birlarining ishlarini to`g`ri yoki to`g`ri emasligini aytadilar. Bu orqali har bir guruh ishini o`zlashtiradi.
190-mashq.
Topishmoqni birgalikda o`qib javobini topamiz.
Loy bo`lib suyuladi.
Qolipda quyuladi.
Xumdon pechda pishadi.
Mashinaga tushadi.
Qurilishga ketadi.
Topishmoqni javobi nima ekan bolalar?
To`g`ri topdingiz.
Mashqni bajarishda topishmoqni o`qib, anglab nima qiladi? So`roqlariga javob bo`lib, harakatni bildiruvchi so`zlarni topib so`roqlari bilan birgalikda yozadilar. Buni har bir o`quvchi alohida mustaqil ravishda bajaradilar.
Nima qiladi ? Suyuladi, quyuladi, pishadi, tushadi, ketadi.
5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Bo`sh doirachalarni to`ldir. So`z o`yini.
Birinchi guruh “Donolar” guruhi bo`sh doirachalarni uy hayvonlarining harakatini ifodalovchi gaplar orqali to`ldiradi.
Ikkinchi guruh esa kishilarning kasbi orqali harakatni bildiruvchi so`zlarni gaplarni orqali ifodalaydi.
6-bosqich. Baholash.
Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilarni baholab, rag`batlantiraman.
7-bosqich. Uyga vazifa. 191-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |