ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-394-399
Academic Research, Uzbekistan 398 www.ares.uz
Pedagoglar agarda o„zlarining kreativ o„qitish metod va strategiyalarini
qo„llash (ya‟ni keng ko„lamda o„ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da
katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni bo„lajak o„qituvchilar ongiga
singdirishlari va o„z vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim. Qolaversa, “kreativ
xarakterga ega muhitdagina bo„lajak o„qituvchilar o„rganayotgan mavzuning
mazmuni, o„quv axborotlar o„rtasidagi o„zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega
bo„ladi va bu haqida fikrlashni boshlashadi.
Muayyan omillar pedagoglarda kreativlik sifatlari, malakalarini rivojlantirishga
to„sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda pedagoglar ushbu omillarni
bartaraf etishga e‟tibor qaratishlari lozim. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni
rivojlantirishga to„sqinlik qiladi:
1) tavakkal qilishdan qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo„pollikka yo„l qo„yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo„lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o„ylash[5].
Kreativ muhitda pedagog bo„lajak o„qituvchilar diqqat-e‟tiborini jalb etish
maqsadida biror bir yangilikdan foydalanadi. Qiziquvchanlik va shubhani
uyg„otuvchi ma‟lumot, bo„lajak o„qituvchilarni o„ziga jalb etib, ularda o„qishga
bo„lgan intilishni kuchaytiradi.
Oliy ta‟lim muassasalarida ham pedagoglar bo„lajak o„qituvchilarda kreativ
fikrlash ko„nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ularning jamoa bo„lib, kichik
yoki katta guruhlarda ishlashlari uchun zarur shart-sharoitni yaratib bera olishlari
zarur. Zero, katta va kichik guruhlarda ishlash jarayonida bildirilgan har qanday
fikrni kreativ jihatdan rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi.
Pedagog kreativlik darslarida jamoa tuyg„usining ahamiyatini anglagan holda,
doimiy ravishda guruhlarni o„zgartirib, bo„lajak o„qituvchilarda jamoa bo„lib ishlash,
boshqalar qobiliyati va mahoratini hurmat qilish ko„nikmasini shakllantiradi.
Vaholanki, yakka tartibda ishlash ma‟lum vaziyatlarda samara bersa, kreativlik
darslarida kichik guruhlarda ishlash maqsadga muvofiqdir, chunki kreativlik
ko„nikmasi ijtimoiy fenomendir; A.J.Rouning fikriga ko„ra, kreativ qarashlar jamoa
bo„lib ishlash jarayonida va kreativ hamkorlik natijasida shakllanadi[6].
XULOSA
Xulosa o„rnida shuni aytish kerakki, oliy ta‟lim tizimiga kreativ kompetentli
yondashuvning joriy etilishi ta‟lim maqsadi, mazmuni, o„qitish shakli, o„qitish
Do'stlaringiz bilan baham: |