O’quvchilar mehrini qozongan ustoz
Zubayda Muhammedova Axmatova 1979-yil 24-yanvarda tug’ulgan, millati o’zbek ma’lumoti oliy, 2000-yilda Buxoro Davlat universiteti matematika fani o’qituvchisi mutaxassisligi bo’yicha tugatgan.
Zubayda Muhamedova Axmatovna o’z kasbining mutaxasisi, o’z kasbiga sodiq pedagog, o’quvchilarning barchasiga birdek mehribon, talabchan, ustoz. U o’zining ish faoliyati davomida bilimdonligi, o’z kasbiga mehri, maktab jamoasi va ota-onalar, o’quvchilar o’rtasida hurmatga sazovor bo’lgan. U shunday deb hisoblaydi: “O’qituvchining bosh vazifasi bolalarda mustaqil va erkin fikr yaratish bilim olish, darslik bilan ishlash, kerakli axborotlarni yig’ish ko’nikmalarini hosil qilish hamda ularning ijodiy qobilyatini rivojlantirishdan iboratdir” - deydi.
T a’lim-tarbiya ikki tomonlama jarayon bo’lib, uning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun faqat o’qituvchining samarali ishlashi yetarli emas, o’quvchi ham faol ishtirok etishi, bilimlarni o’zlashtirishga xohishi, qiziqishi kuchayishi, o’qituvchi uni to’g’ri yo’naltirishi lozim. Matematika hayotning barcha sohalarida muhim fan hisoblanadi. O’quvchi yoshlarning ushbu fandan bilimlarini boyitish uchun darslarda matematika o’qitishning zamonaviy metodlardan foydalanish talab etiladi. Shuning uchun o’qituvchi darslarda o’quvchilarga tushuntirishda ilg’or pedagogik texnologiyalar “Klaster”, “Zinama-zina”, “Zanjir” metodi, “Blis so’rov”, “Muammoli-mantiqiy metod”, “Aqliy hujum”, “Hamkorlik metodi”, “O’xshashini top”, “Davom ettir”, “Matematik diktant”, “Beshinchisi ortiqcha” usullaridan unumli foydalanadi.
Tumanda, viloyatda o’tkazilgan fan olimpiadalarida o’quvchilari faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda. 2019-yil dekabr oyida Buxoro Davlat Universiteti tashabbusi bilan o’tkazilgan matematika fanidan “Ochiq olimpiada” da 9-sinf o’quvchisi Shavqiddinov Firdavs maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
2019-yil maktablarni milliy reytingini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan Respublika inspeksiyasi nazoratida 27-umumiy o’rta ta’lim maktabi faxrli I-o’rinni egalladi. O’qtuvchi dars berayotgan 9-A sinf o’quvchilarining yozgan yozma ishi 91% va bilim sifati 100 % tashkil etdi. 2020-yilda % tumanda bo’lib o’tgan fan olimpiadasida 9-sinf o’quvchisi faxrli II-o’rinni egallab viloyat bosqichiga yo’llanma oldi. O’qituvchi tumanda bo’lib o’tadigan turli tadbir va tanlovlarda ishtirok etib yuqori natijalarga erishgan.
Muhammedova Zubayda Axmatovna o’quvchilarga samarali dars berish bilan birgalikda maktab jamoasida ham hurmatga sazovor ustozlardan biri. Jamoat ishlarida faol ishtirok etib kasbdoshlari orasida hurmat qozonib kelmoqda. Matematika va informatika metod birlashma rahbari sifatida yosh o’qituvchilarga o’z tajribalaridan samarali o’qitish metodlarini o’rgatib, fikr almashib kelmoqda.
Maktabda bunday tajribali istozlardan bir nechtasini sanash mumkin.Ularga misol qilib O.Jumayeva, Sh.Mo’minova, N.Oropova, M.Rasulova, M.Muhammedova, S.Hojiqulovlarni tajribali ustoz desak adashmaymiz.
Бухоро вилоят
Do'stlaringiz bilan baham: |