Pedagogik novatorlik
– pedagogik faoliyatda ilg‘or tamoyil yoki g‘oyani
asoslash, yangi yo‘l, usul yoki vositalarni tavsiya qilish, ularni amaliyotga tatbiq
etishga qaratilgan ijodiy yondashuv.
Pedagogik bilimdonlik
– pedagog tomonidan mutaxassislik bilimlarining puxta
egallanganligi; pedagogning bilag‘onligi.
Pedagogik faoliyat
– pedagog tomonidan kasbiy maqsadga muvofiq tashkil
etiladigan tizimli harakatlarning muayyan shakli.
Pedagogik texnika
– pedagogik faoliyatda orttirilgan ko‘nikma va malakalar
yig‘indisi bo‘lib, u pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlaydi.
Pedagogik tajriba
– kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida pedagog
tomonidan o‘zlashtirilgan orttirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui.
Tarkibiy qismlar
Pedagogik
odob
Pedagogik
qobiliyat
Pedagogik muloqot
madaniyati
Pedagogik
relaksatsiya
Pedagogik takt
(nazokat)
Pedagogik
texnika
Nutq
texnikasi
Kommunikativ ta’sir
ko‘rsatish qobiliyati
Pedagogik
madaniyat
Pedagogik
ijodkorlik
Do'stlaringiz bilan baham: |