Nigora Erkaboyeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/198
Sana12.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#336157
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   198
Bog'liq
fayl 775 20210505

I.  Tarbiyachi  mahorati. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalarida  o‘qituvchi 
tarbiyachi  sifatida  ham  faoliyat  olib  boradi. 
  Tarbiyachi
  ta’lim  muassasasida 
ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  tizimini  tashkil  etishga  mas’ul  pedagog  hamda  ota-onalar 
bilan  birgalikda  sinf  o‘quvchilarining  bilim  olishlari  va  ma’naviy-axloqiy  sifatlarni 
o‘zlashtirishlariga  javobgar  shaxs  hisoblanadi.  U  o‘ziga  biriktirilgan  sinf 
o‘quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.   
Tarbiyachi  tomonidan  tashkil  etiladigan  faoliyat  maqsadi  har  tomonlama 
barkamol  shaxs  (fuqaro)ni  sinf  o‘quvchilarining  qobiliyatlarini  to‘liq  namoyon 
etishlari  uchun  yetarli  pedagogik  sharoit  yaratishdir.  Bu  borada  ta’lim  muassasalari 
pedagogik va o‘quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har 
bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab yondoshishni yo‘lga qo‘yadi. 
 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadilar. 
5-9-sinflarda tarbiyachi tajribali o‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi ma’muriyati 
tomonidan tanlab olinib tayinlanadi. 
 Bir  o‘qituvchiga  faqatgina  bitta  sinf  rahbarligi  topshiriladi.  Tarbiyachilar 
faoliyatini  ma’naviy-ma’rifiy  tarbiya  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  nazorat 
qiladi va muvofiqlashtiradi. 
Sinf  o‘quvchilarining  ma’naviy  va  ma’rifiy  tarbiyasini  tashkil  etishda 
o‘qituvchilar, bolalar yetakchisi, psixolog, ota-onalar, shuningdek, ta’lim muassasasi 
rahbariyati orqali voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, mahalla, huquq-
targ‘ibot  idoralari,  homiylik  va  vasiylik  komissiyalari,  tegishli  davlat  va  nodavlat 
tashkilotlar, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ishni tashkil etadi. 
Tarbiyachi  o‘quvchilariga  mehribon bo‘lishi,  ularning o‘sib-o‘sishlarini 
pedagogik  kuzatish  asosida  nazorat  etishi,  yordamga  muhtoj  o‘quvchilarga  yakka 
holda  yondosha  olishi  lozim.  Shu  asosda ular  qalbida  milliy  g‘urur,  vatanparvarlik, 
mehr-muruvvat,  mas’uliyat,  tashabbuskorlik,  ishbilarmonlik  kabi  hislatlarni  uyg‘ota 
olishi  zarur.  Tarbiyachi  izlanuvchan  bo‘lishi,  o‘zining  g‘oyaviy-siyosiy  bilimini 
oshirib borishi zarur. Tarbiyachining ahloqiy obro‘si ana shundagina tarbiyaviy ta’sir 


kuchiga  ega  bo‘ladi.  Tarbiyachining  shaxsiy  fazilatlari,  ma’naviy  qiyofasi 
o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
 Pedagogik  faoliyat  nuqtai  nazaridan  tarbiyachi  uchun  kasbiy  malaka  va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak 
darajadagi  fuqarolik  fazilatlari  intizomi  va  odamiyligi,  axloqiy  sifatlari  bilan 
hamta’sir  o‘tkazadi.  Chunki  tarbiyachilik  talanti  juda  ko‘p  sifatlarni  chuqur  bilish, 
keng  fikr  doirasi,  ishga  jon  dildan  ko‘ngil  qo‘yishi,  bolalarga  bo‘lgan  cheksiz  o‘z 
kuchi  va  imkoniyatlariga  tayanadigan,  atrofida  sodir  bo‘layotgan  voqea-hodisalarga 
mustaqil  munosabat  bilan  yondoshadigan,  har  jihatdan  barkamol  insonni 
tarbiyalashga imkoniyat yaratadi. Tarbiyachi mehr-muhabbatli, muomalada nazokatli
serzavq, temperament, aqlli, axloqli, vazmin va kamtar bo‘lishi talab etiladi. Bunga 
yana  tarbiyachilik  tajribasi  qo‘shilsa,  ishda  muvaffaqiyat  ta’minlanishi  tabiiydir. 
Tarbiyachilik mahorati tarbiyachining asosiy qurolidir. 
 Tarbiyachidan  madaniyat  darajasining  kengligi,  pedagogik  odob  talablariga 
rioya qilish, har bir o‘quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan 
talabchanlikni  unutmaslik,  tashkilotchilik  malakalariga  ega  bo‘lishi,  o‘z  malakasini 
tinimsiz  oshirib  borishi  bilan  ishga  ijodiy  yondoshish  talab  qilinadi.  Muhimi 
shundaki,  tarbiyachining  o‘zi  bolalarni  tarbiyalamoqchi  bo‘lgan  g‘oyaviy-axloqiy 
g‘oyaga  mos  bo‘lishi  kerak.  Tarbiyadagi  xatolarning  ko‘pchiligiga  asosiy  sabab, 
o‘quvchining  oldiga  qo‘yilayotgan  talablar  tarbiyachi  xarakterida  hamisha  ham 
namoyon bo‘lavermasligidadir. 
 Tarbiyachining  faol  tashkilotchi  sifatida  hamisha  namuna  ko‘rsatishi  muhim 
ahamiyatga  ega.  Ayni  vaqtda  u  kommunikativ  (kattalar  bilan  ham,  kichiklar  bilan 
ham  tez  aloqa  o‘rnata  olish)  qobiliyatiga  ega  bo‘lishi,  ro‘y  berayotgan  dalil  va 
hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog‘lab baholashgina emas, balki ro‘y berishi 
sababiga  qarab,  hukm  ham  chiqarishi  pedagogik  optimizm  bilan  ijod  qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 
 Tarbiyachi  maktabdagi  eng  universal  pedagog  hisoblanib,  u  bajaradigan 
mehnatning  o‘lchovi,  chegarasi  yo‘q.  Uning  bilmagan  ishi,  uddasidan  chiqa 
olmaydigan sohasi bo‘lmaydi. 
Shu  bilan  bir  qatorda,  u  beg‘araz,  xolis  va  ta’masiz  shaxs  bo‘lib,  jamoatchilik 
asosida  ishlaydi.  Tarbiyachi,  pedagoglar,  ota  –onalar  va  o‘qituvchilarni  o‘zaro 
bog‘lovchi  shaxs  sifatida  barcha  tomonlarning  nuqtai  –nazarini  hisobga  olishi, 
harakatlarni  bir  markazga  birlashtirishi,  o‘zaro  aloqalarning  to‘g‘ri  bo‘lishiga  ta’sir 
o‘tkazishi va ayni vaqtda o‘zining fikrini ta’minlay olishi kerak. Bu esa donolikdir. 
 Mana  shu  fazilatlar tarbiyachining tarbiyaviy ishlar samaradorligini 
oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo‘ladi.  
Demak, tarbiyachi quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi zarur: 
1. O‘quvchilarga mehribon, hamkor, hamjihat va har bir o‘quvchiga individual 
yondasha olishi lozim. 
2. Izlanuvchan bo‘lishi, o‘zining g‘oyaviy-siyosiy bilimini oshirib borishi zarur.  
3. Kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim. 
4.  Tarbiyachi  mehr-muhabbatli,  muomalada  nazokatli,  serzavq,  temperament, 
aqlli, axloqli, vazmin va kamtar bo‘lishi talab etiladi. 


5.  Tolerant,  tashkilotchi,  izlanuvchan,  ijodkor,  g‘oyaviy-axloqiy  e’tiqodli 
bo‘lishi zarur. 
6. Kommunikativlik (kattalar va kichiklar bilan aloqa o‘rnata olish) qobiliyatiga,  
optimistik ruhga ega bo‘lishi lozim. 
7. Beg‘araz, xolis va ta’masiz shaxs bo‘lishi kerak. 
 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish