Nigora Erkaboyeva pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma) Toshkent


-rasm. Pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlari



Download 1,21 Mb.
bet5/102
Sana17.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#815525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
fayl 775 20210505

1-rasm. Pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlari


“Pedagogik mahorat” fani ham o‘zining muhim kategoriyalariga ega. Fanning muhim kategoriyalari quyidagilardir:


Mahorat – muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui.
Pedagogik mahorat – pedagog tomonidan kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalar majmui.
Pedagogik ijod – pedagogning kasbiy jarayonni samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan yaratuvchanlik faoliyati.
Pedagogik novatorlik – pedagogik faoliyatda ilg‘or tamoyil yoki g‘oyani asoslash, yangi yo‘l, usul yoki vositalarni tavsiya qilish, ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ijodiy yondashuv.
Pedagogik bilimdonlik – pedagog tomonidan mutaxassislik bilimlarining puxta egallanganligi; pedagogning bilag‘onligi.
Pedagogik faoliyat – pedagog tomonidan kasbiy maqsadga muvofiq tashkil etiladigan tizimli harakatlarning muayyan shakli.
Pedagogik texnika – pedagogik faoliyatda orttirilgan ko‘nikma va malakalar yig‘indisi bo‘lib, u pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlaydi.
Pedagogik tajriba – kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida pedagog tomonidan o‘zlashtirilgan orttirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui.
Pedagogik madaniyat – pedagogning shaxs va mutaxassis sifatida muayyan xulq-atvor, odob, muomala va xatti-harakat ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish darajasi.



    1. O‘qituvchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Barcha kasbiy faoliyatda bo‘lgani kabi o‘qituvchining faoliyatida ham bir qator yo‘nalishlar ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir (2-rasm):




2-rasm. Pedagogik faoliyatning asosiy yo‘nalishlar





  1. Metodologik yo‘nalish – ta’lim va tarbiya qonuniyatlarini, shaxsning yosh va psixologik xususiyatlarini bilish.

  2. Ta’limiy yo‘nalish – ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim shakli, metod va vositalarini to‘g‘ri tanlay olish, ta’lim maqsadini aniq belgilash.

  3. Tarbiyaviy yo‘nalish – tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim shakli, metod va vositalarini to‘g‘ri tanlay olish, tarbiya maqsadini aniq belgilash.

  4. Metodik yo‘nalish – ta’lim va tarbiya jarayonlarini amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkillashtirish, maqsadning natijalanishiga erishish.

  5. Texnologik yo‘nalish – ta’lim va tarbiya jarayonlarini ularning tarkibiy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro izchillik asosida mohirona tashkil etish.

  6. Ijodiy yo‘nalish – har bir dars va muayyan tarbiya jarayoniga o‘ziga xos yondashish, orginal loyihalarni yaratish.

  7. Tadqiqotchilik yo‘nalishi – mavjud pedagogik muammolarning yechimini topishga intilish, ular yuzasidan o‘ziga xos yechimlarni tavsiya etish.

Demak, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tizimli tashkil etish yo‘lga qo‘yilgandan boshlab, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga xos sifatlarga ega bo‘lishiga nisbatan ehtiyoj sezilgan. Bu ehtiyojning qondirilishi o‘qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etishga imkon beradigan sifatlar majmuiga, ya’ni pedagogik mahoratga ega bo‘lishi hisobiga qondirilgan. Bugungi kunda pedagogik mahoratga ega bo‘lish talabi faqatgina o‘qituvchilarga emas, shu bilan birga jamoa bilan, ijtimoiy sub’ektlar bilan ishlaydigan har qanday mutaxassislarga ham qo‘yilmoqda. Binobarin, tirik mavjud bo‘lgan shaxslarga ta’sir ko‘rsatish, ularni boshqarish oson kechmaydi. Bu esa oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning muayyan darajada pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari zarurligi taqozo etmoqda.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish