PATOGENEZI - Likvorodinamikaning buzilishi natijasida kelib chiqadigan oʼzgarishlar.
- Bosh miyaning fizik-ximik va bioximik xossalarining buzilishlari natijasida kelib chiqadigan oʼzgarishlar. Miya toʼqimasi va hujayralarida kolloid muvozanatning oʼzgarishi, modda almashinuvining buzilishi.
- Funksional asinapsiyaning kelib chiqishi (terminal va preterminal ipchalarning uzilishi va shikastlanishi, hujayralar oraligʼida (perisellyulyar) parchalangan donachalarning paydo boʼlishi, argirofil moddalarda asinapsiya va boʼkish jarayonlari, neyronlar orasidagi bogʼliqlikning funksional buzilishi.
- Neyrodinamik omillar (bosh miya har xil qismlari orasidagi bogʼliqlikning va retikulyar formatsiya faoliyatining buzilishlari, poʼstloq qismi hujayralarining tormozlanishi, bosh miya yuqori assotsiatsiya faoliyatining buzilishi (hush, xotira, orientirovka va boshq.).
Do'stlaringiz bilan baham: |